Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
685 subscribers
5.09K photos
334 videos
37 files
1.27K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
#Bugun

Bugun 17-aprel - haftaning dushanba kuni.

🔸Matematik va astranom Ali Qushchi tavallud topgan kun

🔸 Xalqaro sirk kuni

🔸Xalqaro qahva kuni

🔆 Boshlangan hafta omadli bo'lsin!

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Bizning_faxrimiz

♻️ Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Sapayev Feruzbek Ne'matjon o'g'li

Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha ko‘p bosqichli tuman( shahar), viloyat hamda Urganch davlat universiteti olimpiadasida II-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Olimpiada natijalariga ko'ra Sapayev Feruzbek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universitetiga imtihonsiz talabalikka qabul qilindi.

O'qituvchisi: Sadullayev Shoxrux Obdolniyoz o'gli

🎉 O'quvchimizning keyingi o'qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Ochiq_dars_haftaligi

💫 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fani o'qituvchisi Manzura Odilbekova tomonidan 6-b sinfda "O'rta arifmetik, moda, mediana, o'zgarish kengligi" mavzusida ochiq dars tashkillashtirildi.

📝 Dars kichik guruhlarda musobaqa tarzida tashkil qilindi va dinamo metodi, zinama - zina, aqliy hujum metodlaridan foydalanildi

🌐 Telegram | Facebook
#Ochiq_dars_haftaligi

💫 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fani o'qituvchisi Bobojonova Durposhsha tomonidan 6-a sinfda matematika darsidan "O'rta arifmetik, moda, mediana va o'zgarish kengligi'' mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi.

📝 Darsda "Omad lato" , "Svetafor'' metodlaridan foydalanildi. Bundan tashqari o'quvchilarni diqqatni jamlovchi tarqatmadan foydalanildi .

🌐 Telegram | Facebook
📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida joriy yilning 5-6-may kunlari Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo'lib o'tadi

⚡️Ushbu olimpiadada:
Olimpiadaning joriy yil yanvar oyida o'tkazilgan maktab bosqichi g'oliblari ishtirok etadi.
▶️ Shuningdek,
2022-2023-o'quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g'oliblari;
2021-2022-o'quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish huquqiga ega.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo'lib o'tadi.

Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish bo'yicha

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish
Laboratoriya ishi

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar olimpiadaning Agentlik bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun 20-aprel 2023-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Xitoy tili kuni (2010).

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇷🇺 Россия — Donorlar kuni
🇸🇱 Syerra-Leone — Respublika kuni
🇺🇾 Urugvay — O‘ttiz uchlar ekspeditsiyasi kuni
🇯🇵 Yaponiya - Pochta xizmati xodimlari kuni

👉 VOQEALAR:

- 1410 - Qizilravot mavzeyida Mirzo Ulug‘bek va Shayx Nuriddin boshchiligidagi ittifoqchilar qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.
- 1534 - Fransuz tadqiqotchisi Jak Kartyening Kanadaga birinchi ekspeditsiyasi boshlandi.
- 1653 - Oliver Kromvel Angliyada parlamentni tarqatib yubordi.
- 1656 - Rossiyada kumush pullar o‘rniga mis pullar paydo bo‘ldi.
- 1770 - Jeyms Kuk Yangi Janubiy Uelsni kashf qildi (Janubi-Sharqiy Avstraliya).
- 1794 - Parijda sobiq mer, astronom Jan de Saron gilotinada o‘ldirildi.
- 1809 - Avstriya qo‘shinlarining Abensberg yonidagi jangda Napoleon armiyasi tomonidan tor-mor qilinishi.
- 1832 - Peterburglik akusher Andrey Volf ilk bor Rossiyada qon quyishga muvaffaq bo‘ldi. Qon yo‘qotgan ayolga uning eri donorlik qildi.
- 1841 - Dunyodagi birinchi detektiv hikoya nashr etildi.
- 1862 - Lui Paster va Klod Bernar sterilizatsiya amaliyotini muvaffaqiyatli bajarishdi.
- 1865 - Xavfsiz gugurtlar paydo bo‘ldi.
- 1901 - Moskva konservatotiyasi Bolshoy zalining tantali ochilishi.
- 1902 - Er-xotin Pyer va Mariya Kyurelar sof radiyni olishga muvaffaq bo‘lishdi.
- 1910 - Galley kometasi Yerga juda yaqin keldi.
- 1920 - Belgiyada VII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
- 1924 - Turkiya Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1934 - “Chelyuskin” paroxodi ekipajini qutqarishgan yettita uchuvchiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
- 1940 - AQShda birinchi elektron mikroskop namoyish etildi.
- 1942 - Ulug‘ Vatan urushidagi Moskva jangi tugadi.
- 1949 - Xalqaro voleybol federatsiyasi tashkil etildi
- 1982 - Navoiy viloyati tashkil topdi.
- 1990 - Chexoslovakiyaning nomi Chexo-Slovakiya deb o‘zgartirildi.
- 1994 - MDH davlatlarining Toshkentdagi yig'ilishida "Kollektiv xavfsizlik to'g'risida" gi shartnoma imzolandi.
- 1999 - "Columbine" maktabidagi ommaviy qotillik.
- 2001 - Ingliz pop musiqasi tarixida birinchi marta musiqachi Pol Makkartni milliarder bo‘ldi.
- 2010 - Meksika ko'rfazida Deepwater Horizon neft platformasining portlashi sababli katta ekologik falokat yuz berdi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1633 - Imperator Go-Komyo (1654) - Yaponiyaning 110-imperatori (1643-1654).
- 1650 - Feliche Bozilli (1732) - italyan rassomi.
- 1808 - Napoleon III (1873) - Fransiya imperatori (1852-1870).
- 1889 - Adolf Gitler (1945) - 3-reyx rahbari.
- 1911 - Ahad Haydarov (1971) - xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968).
- 1918 - Kay Sigban (2007) - shved fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1981).
- 1923 - Oʻrozgul Davletova - aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1969).
- 1927 - Myuller Karl Aleksander - shveysariyalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1987).
- 1939 - Tuygʻun Shorahimov - teatr rassomi, Qoraqalpogʻiston (1973) va Oʻzbekiston (1983)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi.
- 1947 - Mark Fisher (2013) - taniqli ingliz me'mori.
- 1947 - Vyacheslav Gvozdkov - rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1950).
- 1949 - Jessica Lange - amerikalik kinoaktrisa.
- 1951 - Lyuter Vandross (2005) - xonanda, 8 karra Gremmi mukofoti sovrindori.
- 1954 - Dadaxon Yoqubov - jurnalist, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1990).
- 1958 - Vyacheslav Fetisov - Sovet va rus xokkeychisi, davlat arbobi.
- 1962 - Sigyurdyur Ingi Jouxannsson - Islandiyalik siyosatchi, Islandiya Bosh vaziri.(2016-2017).
- 1964 - Andrey Klement Serkis - buyuk britaniyalik aktyor, rejissor, produser va hikoyanavis.
- 1969 - Feliks Baumgartner - avstriyalik parashutchi, bir qator jahon rekordlarini oʻrnatgan.
- 1960 - Miguel Mario Díaz-Canel Bermúdez - Kubaning 19-chi va amaldagi prezidenti
- 1972 - Karmen Elektra - amerikalik kinoaktrisa, model, qo‘shiqchi, raqqosa
- 1972 - Svetlana Ishmurodova - rossiyalik biatlonchi, ikki marta Olimpiada, besh marta Jahon chempioni

BIZ BILAN QOLING!
Ramazon hayiti munosabati bilan maktablar ham 4 kun dam oladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari 21-apreldan 24-aprelga qadar mamlakatimizdagi barcha umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari bo‘lmasligini, o‘quv jarayonlari joriy yilning 25-aprelidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

Dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan mavzular o‘quv yilining 4-choragi davomida tig‘izlashtirib o‘tilishi tavsiya etiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Sardor Bazarbaev
RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI

🌙 O‘zbekiston musulmonlari idorasi diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Shu sababdan 21-aprel Yangiariq tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mo‘ljallangan "Viloyat hokimi" olimpiadasining 5-turi may oyiga ko‘chiriladi.

➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from ЖАМШИД НАЗАРОВ
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩

Umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun Urganch davlat universiteti olimpiadasiga 25 aprel kuni start beriladi.

Olimpiada bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun 🌓 fizika, 📔 biologiya va 🧑‍🔬 kimyo fanlaridan o'tkaziladi.

⚠️ Olimpiadadaning birinchi bosqichi soat 10:00 dan 11:00 gacha kirish uchun platformada ✔️ochiq xolatda bo'ladi va birinchi bosqichni yechishga 90 daqiqa vaqt ajratilib 100 ballik tizimda baholanadi

➡️Birinchi saralash bosqichida Xorazm viloyatidagi barcha 1️⃣1️⃣-sinf o'quvchilari qatnashishi mumkin. Bunda 11-sinf bitirvchilari 2️⃣5️⃣-aprel kuni APro.uz platformasida maktabi tomonidan berilgan login parollar orqali kirib 25 ta test echishlari kerak bo'ladi. Har bir tuman (shahar)dan fanlar kesimida 1-, 2-, 3-o'rinni egallagan o'quvchilar keyingi viloyat bosqichiga yo'llanma olishadi.

➡️Ikkinchi viloyat bosqichiga yo'llanma olgan bitiruvchi o'quvchilar Urganch shahrida belgilangan maktabda 25 ta test topshiriqlarini bajarishi lozim va 1-, 2-, 3-o'rinni egallagan o'quvchilar UrDU binosida amaliy va nazariy topshiriqlarni bajarishi lozim.

⚡️Eng quvonarlisi, Universitet boqichida (fizika, kimyo va biologiya) 1-, 2-, 3-o'rinni egallagan bitiruvchilar Urganch davlat Unversitetiga tegishli fanlari bo'yicha IMTIHONSIZ o'qishga qabul qilinadi va Unversitet tomonidan birinchi o'quv yili shartnoma pullari qoplab beriladi.

@T_Nurmetov
#Ochiq_dars

💫Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fizika fani o'qituvchisi Bobojonova Tojigul tomonidan 7-a sinfda fizika darsida "Atmosfera bosimi" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi.

🖇 Darsda "Sehrli kubik", "Bumerang","Aqliy hujum", metodlaridan foydalandi. Bundan tashqari Torrichelli tajribasi namoyish qilindi.

🌐 Telegram | Facebook