Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
682 subscribers
5.17K photos
336 videos
37 files
1.28K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

https://www.facebook.com/aoka.uz/

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir
🌐 Telegram | Facebook
#Ochiq_dars

💫Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fani o'qituvchisi Yuldasheva shahribonu tomonidan 5-a sinfda matematika darsida '' To'g'ri burchakli parallelepiped va kub ''mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi.

🖇 Darsda ''Sayyoralar'', ''Savollar zanjiri'', '' Random''metodlaridan foydalanildi. Bundan tashqari To'g'ri burchakli parallelepiped va kub haqida ma'lumotlar berildi.

⚜️ Guruhlarda loyiha ishi sifatida fazoviy jismlar yasalib ko'rgazma sifatida taqdim qilindi va ma'lumot sifatida sharhlab berildi

🌐 Telegram | Facebook | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidagi brifingda berilgan savollarga javoblar:

👉 00:18 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanaqa yoʻnalishlar tashkil etiladi va qaysi sinflarga necha nafar oʻquvchilar qabul qilinadi?

👉 00:48 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qachon va qanaqa hujjatlar topshiriladi?

👉 01:18 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshirish uchun oʻquvchining baholariga qanaqa talab qoʻyiladi?

👉 01:33 Oʻquvchi Respublikadagi xohlagan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshira oladimi?

👉 02:12 Kirish imtihonalarining natijalari qachon eʼlon qilinadi? 

👉 02:37 Qanday holatlarda hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?

👉 03:10 Kirish imtihonlari takroran o‘tkaziladimi?

Agentlik axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o‘tolmagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan ma’lumot berdi:

📑Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5 – 11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7 –11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi.

📈 Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.

📺 Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi.

👩🏻‍🏫 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

‼️Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

➡️ Boshqa qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi havolada batafsil tanishing
✍️✍️✍️✍️✍️

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Foydali

Bugungi kunda Xorazm viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi va 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari mavjud bo'lib, ushbu muassasalar faoliyati bilan tanishtirishda davom etamiz.

1. Xiva shahridagi Prezident maktabi - 2019 yilda tashkil topgan.
2. Ogahiy nomidagi ijod maktab-internati - 2019 yilda tashkil topgan.

10 ta Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasi esa 2022-yil sentabrdan o'z faoliyatlarini boshlagan:

1. Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
3. Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
4. Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
5. Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab
6. Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
7. Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
8. Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
9. Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
10. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

📌Ma'lumot uchun, 2023-2024-o'quv yilidan Agentlik tasarrufida yana bir ta'lim muassasasi - Xiva shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ham o'z faoliyatini boshlashi kutilmoqda, ushbu maktab-internat sobiq Xiva shahar Bolalar shaharchasi o'rnida tashkil qilinishi rejalashtirilgan.


⚡️⚡️⚡️⚡️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Lazgi_festivali

LAZGI FESTIVALIGA MARHABO

⚡️ Avvalgi xabarlarimizda Xiva shahridagi Prezident maktabi Xorazm viloyatidagi Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilarini "Lazgi festivali" ga taklif qilganini aytib o'tgan edik.

🎼 Shunisi ma'lumki, qadimgi ajdodlarmizdan meros bo'lib kelayotgan raqslarni o'rganish, o'rgatish va ijro qilish - ham barchamiz uchun birdek hordiq, ham an'analarimizga bo'lgan sodiqlikni namoyish qilishga xizmat qiladi.

⚜️Shunday ekan, barcha maktabimiz o'quvchi va o'qituvchilarimizni festivalimizga o'ziga xos iqtidor egalarini olqishlagani taklif qilamiz!

📍Ushbu festival Xiva shahridagi Prezident maktabida 26-aprel kuni soat 17:00da bo'lib o'tadi.

📌 Eslatib o'tamizki, ishtirokchilar o'z mahoratlarini quyidagi nominatsiyalardan birida sinab ko'radilar:
Eng yaxshi yakkaxon milliy raqs ijrosi
Eng yaxshi guruhiy raqs (milliy)


🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram
Facebook| You tube
Bugun 26-aprel - Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun.

🔰Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.

🔰O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi.

🔰Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda «O’zbekiston ovozi» gazetasida, O’zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi.

🔰Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi.

🔰 Xalq shoiri Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda dunyodan ko’z yumdi. Garchi u vafot etgan bo’lsada, lekin u odamlar yuragida mangu yashaydi, Muhammad Yusuf xalqning qalbida...
Bugun 26-aprel - Botir Zokirov tug‘ilgan kun.

🔹 Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov 1936-yil 26-aprelda tavallud topgan. 
🔹 Uning ijrosidagi qoʻshiqlar xalqning qalbidan chuqur joy olgan, qachon yangramasin kishiga oʻzgacha xush kayfiyat bagʻishlaydi. 
🔹 Botir Zokirov 1956-yil “Yoshlik” yoshlar ansamblini tashkil etib, katta shuhrat qozongan edi.
🔹 U kuylagan opera ariyalari, oʻzbek xalq qoʻshiqlari, xorij shlyagerlari oʻz davrida dunyo boʻylab tarqaldi.
🔹 Xonandaning repertuaridan milliy qoʻshiqlar bilan bir qatorda italyan, fransuz, ispan, rus, yunon tilidagi qoʻshiqlar ham joy olgan. 
🔹 Oʻzbek estrada sanʼatining rivoji Botir Zokirov ijodi bilan bogʻliqligini taʼkidlash oʻrinli.
🔹 Shuningdek, B.Zokirov tasviriy sanʼat, rejissura sanʼatlarida ham iqtidorli boʻlgan. 
🔹 Xonanda 1985-yil 23-yanvarda olamdan oʻtgan.
🔹 Botir Zokirov mustaqillik yillarida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Vatanim
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…

Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri -
Ilig`imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan, Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da`vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.

Sen Ho`jandsan, Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.

🌐 Telegram | Facebook
Bugun 26-aprel, Chorshanba.

🎊 BAYRAMLAR:

💡 Xalqaro intellektual mulk kuni
✈️ Butunjahon uchuvchilar kuni
🪖 Armanistonda chegara xizmati kuni
🤝 Tanzaniyada birdamlik kuni

🌎 VOQEALAR:

1921-yil — London ko‘chalarida ilk bor mototsiklda politsiya patrullari paydo bo‘ldi.
1966-yil — Toshkentda 8 ballik zilzila sodir bo'ldi.
1996-yil — “Amir Temur” ordeni ta'sis etildi.
1996-yil — O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashkil topdi.

TAVALLUDLAR:

1812-yil — Alfred Krupp — nemis sanoatchisi, “Krupp” metallurgiya va mashinasozlik konserni asoschisi.
1829-yil — Teodor Bilrot — nemis jarrohi, qorin jarrohligi amaliyoti asoschilaridan biri.
1936-yil — Botir Zokirov — O‘zbekiston xalq artisti.
1938-yil — Jamol Kamol — O‘zbekiston xalq shoiri.
1954-yil — Muhammad Yusuf — O‘zbekiston xalq shoiri.

🌐 Telegram | Facebook
#Brifing

🔴Brifing

● Mavzu:
Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qo‘shimcha ustamalar
● Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Аxborot xizmati rahbari

👉Brifingni jonli efirda kuzating.

📍Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo'lib o'tmoqda.
_______
❗️Shuningdek, brifingning to'liq matni bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ochiq_dars

♻️ Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oliy toifali kimyo fani o'qituvchisi Sodiqova Manzura tomonidan 8-a sinfida "Fosfor. Fosforning xossalari" mavzusida ochiq dars tashkillashtirildi.

❗️Dars davomida o'quvchilar 3 guruhga bo'linib "Bilimlar savatchasi" nomli faollashtiruvchi o'yindan foydalanildi.

🧪 Mavzuga doir slaydlar namoyish qilindi fosforning kimyoviy xossalariga xos tajribalar bajarib ko'rsatildi.

🌐 Telegram | Facebook | You tube