Sirdaryo tumani hokimligi
5.55K subscribers
30.2K photos
4.7K videos
39 files
9.98K links
Sirdaryo tumani hokimligining telegram kanali
•Web-site: sirdarya.uz
•Facebook: fb.com/sirdaryotumanpress
•Instagram: instagram.com/sirdaryo_tumani_hokimligi
-YouTube: youtube.com/channel/UCgP76mJvnvh89EWs_R4j_mA
Download Telegram
😄Sirdaryo tumani hokimi Adolat mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

Aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish, fuqarolar munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida sektor rahbari tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun Sirdaryo tumani hokimi M.Xatamovning navbatdagi sayyor qabuli Adolat mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Unda fuqarolar tomonidan sog‘liqni tiklash,elektr va suv taʼminoti, kredit bilan bog‘liq murojaat bildirdi.

Bildirilgan har bir muammoning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, ijobiy yechimi bo‘yicha tegishli masʼullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😄Gulistonda O’zbekiston chempionatiga start berildi

15 may kunidan boshlab Alpomishmajmuasida sportning turon kurashi turi bo’yicha kichik o’smirlar o’rtasida respublika chempionatiga start berildi.

Musobaqada barcha viloyatlardan kelgan 200 nafardan ortiq sportchilar g’oliblik uchun belashishmoqda.


📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😄Sirdaryo tumanida “Gʻalla-2024” mavsumida qatnashadigan kombaynlarning mavsumga shayligi yuzasidan seminar o‘tkazildi

Joriy yilda Sirdaryo tumanida 7 ming gektar (shundan fermer xo‘jaliklarida 6932.5 ming gektar, “WHITE GOLD KLASTER TEX SERVIS” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 67.5 gektar) g‘alla parvarish qilinib, qisqa muddatda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan.

Tinchlik va osoyishtalik, navqiron va muazzam yurtimizga obodlik, xalqimizga farovonlik, joriy yilgi g‘alla xirmoni barakali bo‘lishi, qishloq xo‘jaligi hosildorligi doimgidanda serhosil kelishini tilab, duoi fotihalar qilindi. Shuningdek, mexanizatorlarga un va yog‘ mahsulotlari tarqatildi.

Maʼlumot o‘rnida qayd etish kerakki, g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini tizimli va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 17 ta o‘rim otryadi tashkil etilib, ularga 30 ta unumli don o‘rish kombaynlari, don tashish yuk avtomobillari, 4 ta ko‘chma ustaxonalar va 6 ta yoqilg‘i tashish texnikalari biriktirilgan.

Seminar davomida mavsumni uyushqoqlik bilan, betalafot o‘tkazish uchun barcha mas’ullarga belgilangan vazifalarga jiddiy yondashish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi hamda kombaynlar 10 kilometr masofada yurgizilib, sinov ko‘rigidan o‘tkazildi.

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

😄Sirdaryolik Azizbek Yoshlar ovozi tanlovining Respublika bosqichi g'olibiga aylandi.

🎶 BO‘ZATOV FEST — “Yoshlar ovozi” festivali respublika bosqichining opera yo‘nalishi 16-22 yosh toifasida Sirdaryo viloyati sha'nini himoya qilib kelyotgan Sirdaryo tumani vakili Usmonov Azizbek Abdumurod o'g'li sharafli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Barcha sirdaryolik yoshlar nomidan Azizbekni qo'lga kiritgan muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz.

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😄e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1364 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

➤ Oqoltin tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 202 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 127 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 89 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 63 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 90 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 94 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 77 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 381 tа (ko'rish)


📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😄Navbatdagi Ma’rifat soati sport maktabida o‘tkazildi

Joriy yilning 17-may kuni Sirdaryo tumani sport maktabining ma’naviyat xonasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi” 699-sonli qonuni mazmun mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Ma’rifat soatida Sirdaryo viloyati hokimligi kotibiyat bo‘limi mudiri V.To‘ychiyev, Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi sport ta’lim muassasalari bilan ishlash sho‘basi bo‘limi boshlig‘i I.Qosimov hamda sport maktabi xodimlari ishtirok etishdi.

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM