Sirdaryo tumani hokimligi
5.41K subscribers
30.8K photos
4.9K videos
42 files
10.2K links
Sirdaryo tumani hokimligining telegram kanali
•Web-site: sirdarya.uz
•Facebook: fb.com/sirdaryotumanpress
•Instagram: instagram.com/sirdaryo_tumani_hokimligi
-YouTube: youtube.com/channel/UCgP76mJvnvh89EWs_R4j_mA
Download Telegram
🚨 Sirdaryo tumani hududidan oʻtgan Sirdaryo daryosi boʻylarida xam insonlarning suvda choʻkishi bilan bogʻliq nohush holatlarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan targʻibot tadbirlari olib borildi.

🔈 Dastlab, daryo boʻylarida maxalliy aholi choʻmilishni odat qilgan hududlarda taqiqlovchi belgilar oʻrnatilganligi nazoratdan oʻtkazilib, qoʻshimcha belgilar oʻrnatildi.

⛔️ Shuningdek, mumkin boʻlmagan joylarda choʻmilayotgan voyaga yetmagan yoshlar va ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

⚠️ FVB OGOHLANTIRADI‼️ Belgilanmagan joylarda cho'milish—xayotingizni xavf ostiga qo'yishi muqarrardir.‼️

🔰Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident huzurida meva-sabzavotlarni qayta ishlash, eksport qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident huzurida meva-sabzavotlarni qayta ishlash, eksport qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Sirdaryo.uz
Сирдарёда янги қулайлик: вилоят раҳбарига онлайн мурожаат йўллаш тизими ишга тушди!


Сирдарё вилояти ҳокимлиги расмий веб-сайтида (https://gov.uz/sirdaryo) вилоят раҳбари Эркинжон Турдимовга Онлайн мурожаат йўллаш тизими йўлга қўйилди.

Ушбу Онлайн мурожаатларни йўллаш тизими вилоятда амалда 852 та корхона ва ташкилотлар томонидан фойдаланилаётган Ижро назорати тизими билан интеграциялаштирилди.

Янги тизим ижро ҳолати ҳақида мурожаат муаллифини смс ва телеграм мессенджери орқали хабардор қилиб бориши билан бирга, мурожаат ижроси юзасидан мурожаат муаллифи муносабат билдира олиши шаклида дастурлаштирилди.
2👍2
Forwarded from Sirdaryo.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markaz mahallasi istirohat bog‘i yangicha qiyofa kasb etdi

Yurtimizda aholining dam olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda farovon yashash sharoitlarini yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Boyovut tumani Markaz mahallasida yashovchi fuqarolar uchun qulayliklar yaratish maqsadida mahalladagi istirohat bog‘i to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofa kasb etdi.

Yangidan ta’mirlangan mazkur maskanda aholining maroqli hordiq chiqarishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, bolajonlar yozning jazirama kunlarida salqin joyda kitob mutolaa qilib, ilm olish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda.

Kuy-qo‘shiqlar, kulgu va bolalar quvonchi tovushlari uyg‘unlashgan ushbu bog‘ aholining sevimli maskaniga aylanishi shubhasiz.
1
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мева-сабзавот ва озиқ-овқат маҳсулотлари экспортини кўпайтиришда янги захира ва имкониятларни ишга солиш юзасидан ўтказилган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X
1👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo tumanida elektr tarmoqlari yangilanmoqda

Sirdaryo tumanida “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tumanning Hikmatli, Quyosh, Elobod, Ulug’bek, Adolat, Do’stlik va Kamolot mahallalarida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida elektr uzatish tarmoqlari yangilandi.

Dastur doirasida 526 dona temir-beton tayanch o’rnatish va 36,74 km uzunlikda zamonaviy SIP havo tarmoqlari qurish ishlari olib borildi hamda 6 dona transformator punkti o’rnatildi

#Sirdaryo_tumani #Farovonlik_sari #Islohotlar_amalda

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo tumanida maktab va bog’chalar mukammal ta’mirlanmoqda

Sirdaryo tumanida hurmatli Prezidentimizning 93-sonli qarorlari doirasida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan hozirgi kunda tumanda 9 ta maktabgacha ta’lim muassasalari hamda 9 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mukammal ta’mirlash jarayonlari davom etmoqda.

📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1🎉1🤩1
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1399 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

➤ Oqoltin tumanidan 88 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 212 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 73 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 82 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 171 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 89 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 100 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 92 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 49 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 352 tа (ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1🔥1🤩1
#DIQQAT #TEZKOR

⚡️Bugun, 1-AVGUST KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO'RISH MAQSADIDA "AVTOKORXONA" HAVO TARMOG'IDAGI 201-sonli TRANSFORMATOR PUNKTIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILISHI SABABLI ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTIDA VAQTINCHA UZILISHLAR KUZATILADI.

📌Sirdaryo tumani: Tinchlik mahallasida 10:00 dan 17:00 gacha bo'lgan vaqtda elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so’raymiz

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati

Facebook|Telegram|YouTube|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Навбатдаги ўқув-семинар ўтказилди


Вилоят ҳокимлиги томонидан туман ва шаҳар ҳокимлари ҳамда уларнинг ўринбосарлари ҳамда ҳокимликлар ходимлари учун навбатдаги ўқув-семинари ташкил этилди.

Семинар доирасида раҳбар ва мутасаддиларга Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Давлат органлари ва ташкилотларда ижро интизомини янада мустаҳкамлашнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони мазмун-моҳияти кенг ёритилди.

Шунингдек, 2025 йилнинг биринчи ярим йиллигида Вазирлар Маҳкамаси ва Президент топшириқларининг ижросини таъминлашда йўл қўйилган камчиликлар таҳлил қилинди. Ушбу таҳлиллар асосида иккинчи ярим йилликда ижро интизомини янада яхшилаш, вазифаларни ўз вақтида ва сифатли бажариш бўйича аниқ таклифлар ишлаб чиқилди.

Мавзулар юзасидан савол-жавоблар ва амалий мисоллар асосида муҳокамалар олиб борилди. Бу эса иштирокчиларнинг билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлашга хизмат қилди.

Семинар иштирокчилар учун самарали тажриба мактаби бўлиб хизмат қилди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Икки оёқсиз ҳам бахтли яшаш мумкинлигини исботлаётган ҳамюртимиз Ўлмасжон ҳақида эшитганмисиз?

Яқинларга улашинг👇🏽

Постни Маҳалладошлар каналига ташланг. Тўрт мучаси соғ бўлиб, ҳокимиятдан, маҳалладан ёрдам беришини сўраб нолиб юрганлар қанча....?

📢 @davlatxizmatchisi_uz — Каналига обуна бўлинг
Давлат ва жамият пойдевори бўлган инсонлар ҳақида гапирамиз.
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Milliy libos – milliy iftixor!

Har bir xalqning o‘ziga xos urf-odati, an’analari va madaniy merosi bor. Milliy liboslar esa ana shu bebaho merosning yorqin timsolidir. Ular nafaqat go‘zallik va nafislik, balki xalqning tarixini, o‘ziga xosligini, san’ati va didini aks ettiradi.

Bugun milliy liboslar zamonaviylik bilan uyg‘unlashib, kundalik hayotimizga qaytmoqda. Ular nafaqat bayramlarda, balki ishda, tadbirlarda, kundalik turmushda ham faxr bilan kiyilmoqda. Chunki milliy libos – bu milliy g‘urur, bizning ajdodlarimizdan qolgan bebaho meros!


📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️🏫 Dolzarb 90 kun” amalda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yilib, 1-iyundan 31-avgustgacha maktab o‘quvchilari va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish hamda har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo tumani "Taraqqiyot" MFYning 2-sonli umumta’lim maktabining tasdiqlangan rejasi bo‘yicha Sport, Yosh kitobxon IT, Mohir qo‘llar, Yosh san’atkorlar va fan to‘garaklaridan Matematika Ingliz tili, Tarix to‘garaklari bo‘lib o‘tmoqda. Har bir bola bilan alohida shug‘ullanildi. Mavzu doirasidan savol javoblar olib borilyapti, kichik yoshli bolalar bilan o‘yin va turli metodlar orqali tushunchalar berildi. Har bir bolani yoshiga qarab qiziqishlar olib borildi bolalarning barchasiga o‘tkazilgan tadbirlardan mamnun bo’lishmoqda.


📱 @Sirdaryotumanpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi o‘qituvchi va professorlarni ishga taklif qiladi

Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyiga 2025-2026-o`quv yili uchun VMning 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan, zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy ilm va mahoratga, ijodiy va ilmiy salohiyatga, yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarga ega bo‘lgan pedagog xodimlar, tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tib, litseyga qabul qilingan pedagog xodimlarga IIV idoraviy litseylarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi.
Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyida ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi pedagoglar ishga taklif etiladi:

• Matematika (1 nafar)
• Huquqiy fanlar (2 nafar)
• Jismoniy tarbiya (1 nafar)
• IAT fani (1 nafar) PhD darajasida o’rindoshlik asosida

Nomzodlar tanlovda qatnashish uchun ariza va so‘rovnoma-anketa, qisqa shaxsiy ma’lumot (rezyume)larini ta’lim muassasasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri e’lon berilgan kundan boshlab joriy yilning 15-avgust kuniga qadar taqdim etishlari mumkin.

Tanlov hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan keyin o‘n ish kuni ichida, avgust oyi oxirigacha o‘tkaziladi. Tanlovga kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilmaydi.

Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyida ishlashni xohlovchi nomzodlar +998 93 329 99 98, +99891 502 48 90 yoki +998 99 473 30 64 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyining manzili: Sirdaryo tumani, Oqibat mahallasi, Baxt-iqbol ko’chasi, 15-uy
2