Forwarded from Sirdaryo.uz
Вилоят ҳокими учта ҳудуд тадбиркорлари билан очиқ мулоқот ўтказди
Хабар берганимиздек, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантириш, маҳаллий ишлаб чиқарувчиларни ҳар томонлама рағбатлантириш, экспортёр корхоналарга қулай шарт-шароитлар яратиб бериш мақсадида ишбилармонлар билан ўтказилаётган очиқ мулоқотлар ҳудудларда давом эттирилмоқда.
Хусусан, бугун вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиев Сирдарё, Оқолтин ва Сардоба туманлари тадбиркорлари билан учрашди.
Мулоқотлар аввалида вилоят раҳбари ҳар учала ҳудуднинг инвестицион имкониятлари, логистика ва мавжуд муҳандислик инфратузилмалари ҳақида тўхталиб ўтди. Тадбиркорликни ривожлантириш борасидаги амалий ютуқлар билан бирга йўл қўйилаётган камчиликлар ҳам қайд этиб ўтилди.
Учрашув давомида турли соҳа ва тармоқларда фаолият юритаётган 50 га яқин тадбиркорнинг кадастр, электр энергия таъминоти, аукцион савдоларида қатнашиш, кўрсатилган хизматлар учун тўловларни ундириш, бузилишга тушган объектлар зарарини қоплаб бериш ва бошқа шу каби масалалардаги мурожаатлари тингланди.
Аксарият мурожаатлар ижобий ечим топадиган бўлди. Қўшимча ўрганиш талаб этадиган масалалар бўйича соҳага алоқадор мутасаддилардан иборат ишчи гуруҳлар тузилиб, уларнинг олдига аниқ вазифалар белгилаб берилди.
Telegram | Facebook | Instagram

⚡️Bugun tavallud kun!
Sirdaryo tumani hokimi Xatamov Musurmonqul Abdumannonovich 1986-yil 5-aprel kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug‘ilgan.
M.Xatamov faoliyati davomida Boyovut tumani, Shirin shahri va Oqoltin tumanida soliq organlarida, Boyovut tumani “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2024-yil 13-martdan Sirdaryo tumani hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.
Sana munosabati bilan Musurmonqul Xatamovga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlarida rivoj tilaymiz.
Hurmat bilan, Sirdaryo tumani hokimligi jamoasi va tuman faollari
📲@Sirdaryotumanpress

#Live
Ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
🟢Sirdaryo tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan davlat ahamiyatidagi 4R-26 “Sirdaryo sh. —Dehqonobod q. —Qiyot q. —Bekobod sh.” avtomobil yo‘llining 11—15- kilometri oralig‘idagi notekisliklarni maxsus texnika yordamida tekislash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo tumanida Oqibat, Navoiy, Adolat mahallalari raisligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo tumani bo‘limi tasarrufidagi bo‘shab qolgan Oqibat, Navoiy, Adolat mahallalari raislari lavozimiga saylovlar 2024-yil 21-aprel sanasida bo‘lib o‘tishini eʼlon qilamiz.
Yuqorida ko‘rsatilgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla raisiga saylov o‘tkazuvchi tuman komissiyasining ishchi guruhi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, nomzodlar 2024-yil 12-aprelga qadar ushbu komissiyalarga tegishli hujjatlarini topshirishlari lozim.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo tumani bo‘limi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo tumani "Oq yo‘l" mahallasida sodir etilgan jinoyat yuzasidan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sandjar Djabarov huzurida mahalla faollari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
———
Сирдарё тумани "Оқ йўл" маҳалласида содир этилган жиноят юзасидан Сирдарё вилояти Ички ишлар бошқармаси бошлиғи полковник Санджар Джабаров ҳузурида маҳалла фаоллари иштирокида муҳокама йиғилиши ўтказилди.

⚖️ Фуқаролик ишлари бўйича Сирдарё туманлараро судига мурожаат қилиб келган аёлнинг даъвоси қаноатлантирилдими?
📲@Sirdaryotumanpress
📲@Sirdaryotumanpress
#Kinokarvon
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Kinematografiya agentligi hamda "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida o‘tkazilayotgan "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" shiori ostidagi madaniy - ma'rifiy “Kinokarvon” ijodiy loyihasi ishtirokchilari Sirdaryo tumanidagi" Muruvvat" nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internatida uchrashuv o‘tkazdilar.
Ijodkorlar tomonidan mehr-oqibat, baraka, sabr-matonat, sahovat kabi fazilatlar ulug‘langan oylarning sultonida bo‘lib o‘tgan bu kabi suhbatlar ayollarga ziyo, kuch berdi.