Sirdaryo tumani hokimligi
7.33K subscribers
27.7K photos
3.98K videos
30 files
9.31K links
Sirdaryo tumani hokimligining telegram kanali
•Web-site: sirdarya.uz
•Facebook: fb.com/sirdaryotumanpress
•Instagram: instagram.com/sirdaryo_tumani_hokimligi
-YouTube: youtube.com/channel/UCgP76mJvnvh89EWs_R4j_mA
Download Telegram
"Yoshlar forumi-2021" haftaligi doirasida 3-sektor hududida mini – futbol musobaqasi bo'lib o'tdi

Mazkur musbaqada 3 -sektorda hududidagi 11ta mahalalardan jamoalar ishtirok etdi.

Murosasiz kechgan o‘yinlarda faxrli 1-o‘rinni Oq yo'l mahallasi jamoasi, 2-o‘rinni Intilish mahallasi jamoasi, 3-o‘rinni Ilg'or mahallasi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Gʻolib bo‘lgan jamoalarga Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i O.Abdullayev tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sirdaryo tumanida "Yoshlar forumi-2021" haftaligi davom etadi.

@Sirdaryotumanpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Tezkor tasvirlar: DXX va Departament hamkorlikda Guliston shahrida, Mirzaobod va Boyovut tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida — yerlarning noqonuniy savdosi bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

@Sirdaryotumanpress
Forwarded from Sirdaryo — LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gʻofurjon Mirzayev: - Xudoga ming qatla shukr. Sirdaryo viloyati haqida gap ketganda, trillion-trillion daromadlar, degan so‘zni ham ishlatishni boshladik.

📲@MatbuotKotibi_sv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Yoshlar forumi-2021" haftaligi doirasida o'tkazilgan Sirdaryo tumani birinchiligida mini–futbol bo'yicha g'oliblar aniqlandi

Batafsil: https://sirdaryotuman.uz/?p=927

@Sirdaryotumanpress
Forwarded from Sirdaryo.uz
Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining Facebook va Instagram akkauntlari verifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ya’ni, rasmiy maqom oldi.

Verified (tasdiqlangan) belgi haqiqiy akkauntni soxtasidan ajratishga yordam beradi va rasmiy sahifani qo‘shimcha xavfsizlik bilan ta’minlaydi.

🤝Bizni kuzatib borayotganingiz uchun rahmat!
____________

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Telegram | Facebook | Instagram | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

❗️Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi oʻtkaziladi

Joriy yilning 22, 23 va 24 – dekabr kunlari Sirdaryo va Guliston tumanlarida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi oʻtkaziladi.

Oʻquv mashqi rejasiga koʻra Sirdaryo va Guliston tumanlaridagi fuqarolar va ularning mol-mulklari shartli talofat o'choqlaridan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinadi.

🔊Hurmatli fuqarolar!

Mazkur jarayonlarda hech qanday vahima va sarosimaga tushmasdan masʼullarning ko'rsatmalariga amal qilgan holda xarakat qilishlaringizni so'raymiz .

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati


@Sirdaryotumanpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#Yoshlar_uchrashuvi

Sirdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 4-sektor hududidagi mahallalarda yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazilib, "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" ro'yxatidagi 14 nafar fuqaroga inkubator berildi.

@Sirdaryotumanpress
⚡️ Aholiga moddiy yordam ko‘rsatiladi

Shavkat Mirziyoyev "Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

2021 yilning dekabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

2021 yil davomida "Temir daftar" ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;

18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;

18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.

@Sirdaryotumanpress
#live

❗️Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi jarayonlari boshlandi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 22, 23 va 24 – dekabr kunlari Sirdaryo va Guliston tumanlarida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi oʻtkazilishi belgilangan.

Ayni vaqtda Sirdaryo va Guliston tumanlari hokimligi binosida mas'ul tashkilotlar xodimlari ishtirokida videomuloqot shaklidagi vazifalar taqsimotiga bag‘ishlangan tezkor tadbir o‘tkazilmoqda.

Oʻquv mashqi rejasiga koʻra, Sirdaryo va Guliston tumanlaridagi fuqarolar va ularning mol-mulklari shartli talofat o'choqlaridan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinadi.

Xususan, Sirdaryo tumanida daryo bo‘yiga yaqin bo‘lgan Hikmatli mahallasi aholisi xavfsiz hudud Intilish mahallasiga ko‘chiriladi.

Hurmatli fuqarolar!

Mazkur jarayonlarda hech qanday vahima va sarosimaga tushmasdan masʼullarning ko'rsatmalariga amal qilgan holda xarakat qilishlaringizni so'raymiz.


@Sirdaryotumanpress