Sirdaryo tumani hokimligi
7.34K subscribers
27.7K photos
3.98K videos
30 files
9.31K links
Sirdaryo tumani hokimligining telegram kanali
•Web-site: sirdarya.uz
•Facebook: fb.com/sirdaryotumanpress
•Instagram: instagram.com/sirdaryo_tumani_hokimligi
-YouTube: youtube.com/channel/UCgP76mJvnvh89EWs_R4j_mA
Download Telegram
#Live
#Murojaatnoma

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga asosan 1,5 mlrd so‘m mablag‘lar hisobiga 2 ta ijtimoiy soha obyektlari ta’mirlandi.
Dasturga asosan 12,3 km ichimlik suvi tarmog‘i, 1 dona suv inshootlari, 1 dona suv minorasi, 1 dona transformator qurildi hamda rekonstruksiya qilindi.
Tabiiy gaz va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bo‘yicha 26,2 mln so‘m mablag‘lar hisobiga 0,5 km gaz quvurlari joriy ta’mirlandi va 297 ta gaz taqsimlash qurilmalari texnik taftishdan o‘tkazildi va 6 dona gaz taqsimlash qurilmalari to‘liq ta’mirdan chiqarildi.
Aholini elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida jami 1,32 mlrd so‘m mablag‘lar hisobiga 15,7 km masofadagi elektr tarmoqlari yangilandi, 4 dona transformatorlar rekonstruksiya qilindi.
Mazkur dastur amalga oshirilishi natijasida 2 ta og‘ir mahallalar va ulardagi 1,1 mingdan ortiq xonadonlarda yashovchi 6916 ming nafar aholining turmush darajasi yaxshilandi.
Lekin, shuncha ishlar qilinayotgan bo‘lishiga qaramasdan qish mavsumida mahallalarda gaz bosimining tushishi, aholining elektr energiyaga bo‘lgan talabi me’yoridan oshib ketayotganligi sababli uzilishlar kuzatilmoqda.
Tuman bo‘yicha 38 ta mahallalardan 22 tasi yoki 65 foizi tabiiy gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, 16 ta yoki 35 foiz mahallalarga ko‘mir va suyultirilgan gaz muntazam ravishda yetkazib berilmoqda.

@Sirdaryotumanpress
Sirdaryo tumani hokimligi
Photo
#Live
#Murojaatnoma
#Yoshlar_daftari

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 3 ming nafar yoshlar (95,1 foiz) “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlariga asosan tumanimizda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, uyma-uy kirib ayollar va yoshlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganishlar natijasida “Yoshlar daftari”ga 3 ming 74 nafar yoshlar kiritildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 3 ming nafar (95,1 foiz) “Yoshlar daftari”dan chiqarildi. Bunda qariyb 604 nafari doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi, 1071 nafariga 50 sotixdan yer maydonlari ajratildi (jami 535,5 gektar), 374 nafariga 8 mlrd,so‘mga yaqin imtiyozli kreditlar berildi. Yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 161 nafar yoshlarga o‘zini o‘zi band qilish uchun asbob-uskunalar ajratildi, 294 nafar yoshlar 1+1 dasturi asosida tadbirkor va xunarmandlarga biriktirildi hamda 495 nafar yoshlarga turli ko‘rinishdagi yordamlar ko‘rsatildi.

@Sirdaryotumanpress
#Live
#Murojaatnoma

“Ayollar daftari” bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan barcha hududlarda jami 24,8 ming nafar ayollar o‘rganilib shundan 4,2 ming nafari “Ayollar daftari”ga kiritildi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan 1000 nafardan ortiq xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. Boquvchisini yo‘qotgan 472 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga 773,0 mln so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj 1-gurux nogironligi bo‘lgan
56 nafar ayollarning uy-joylari ta’mirlab berildi.
513 nafar xotin-qizlarga 488,7 mln so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa 873 nafariga tibbiy, huquqiy maslaxatlar va psixologik yordamlar ko‘rsatildi.
Yurtboshimiz topshirig‘iga asosan tashkil etilgan jamg‘arma hisobidan jami 5,5 mlrd. so‘m, shundan "Temir daftar” uchun 1,1 mlrd. so‘m, “Yoshlar daftari” uchun 2,3 mlrd. so‘m va “Ayollar daftari” uchun 2,1 mlrd. so‘m ortirilgan mahalliy byudjet mablag‘laridan ajratib berildi.

@Sirdaryotumanpress
#Live
#Murojaatnoma

Tumanda bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi 72 foizga oshirildi

Tumanda jami 121ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib, ulardan 29 tasi davlat, 92 tasi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi.

Tumandagi 3-7 yoshdagi 9685 nafardan bolalardan qariyb 6977 nafari yoki 72 foizi maktabgacha ta’limga qamrab olingan.
Yil boshidan shu kunga qadar tumanda 2 ta davlat, 1 ta davlat-xususiy sherikchilik asosdagi va 54 ta nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi. Natijada bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi 72 foizga oshirildi.

@Sirdaryotumanpress
#Live
#Murojaatnoma

Tumandagi 43 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 21,8 mingdan ortiq o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqda. Shuni alohida qayd etish lozimki, 2021 yilda 4 ta maktab yoki tumandagi umumiy o‘rta maktablarning 10 foizi mukammal ta’mirdan chiqarildi.

2019-2020 o‘quv yili bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha 15%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-2021 o‘quv yilida 22,4%, qizil maktablar soni o‘tgan o‘quv yilida 10 ta maktab bo‘lsa, 2020-2021 o‘quv yilida qizil maktablar soni 1 ta maktabni tashkil etdi.

@Sirdaryotumanpress
#Live
#Murojaatnoma

Tumanda madaniyat, sport va turizmni rivojlantirishda ham bir qator ishlar amalga oshirildi

Mamlakatimiz rahbari tomonidan sportchilarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga yetarlicha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Buning natijasida tumanimiz sportchilari Xalqaro turnir va chempionatlarda 19 ta, O‘zbekiston chempionati va kuboglarida 453 ta, jami 472 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Bundan tashqari tarixda ilk bora Tokio (Yaponiya)da o‘tkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida tumanimizdan 1 nafar sportchi Vatanimiz sharafini himoya qildi.

Shuni alohida takidlab o‘tish lozimki yengil atletikachi sportchi qizimiz Safina Sadullayevaning Tokio olimpiyadasidagi munosib ishtirokini inobatga olgan holda Davlatmiz rahbari tomonidan “Shuxrat” medali hamda “Kelajagimiz bunyodkori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

@Sirdaryotumanpress
#Live
#Murojaatnoma

Tumanda “Karvonsaroy” barpo etilmoqda

Infratuzilma, mehmonxona xizmati, ovqatlanish shoxobchalarini, ko‘ngilochar maskanlar tashkil etish maqsadida M-34 va M-39 avtomagistral yo‘li bo‘yida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanimizning “Kamolot” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-34 va M-39 avtomagistral yo‘llari oralig‘idagi yer maydonida umumiy loyiha qiymati 5 mlrd. so‘m bo‘lgan hunarmandchilik, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi hamda mehmonxona binolari kompleksi “Karvonsaroy” barpo etilmoqda.

@Sirdaryotumanpress

#Murojaatnoma

Kirib kelayotgan yangi 2022-yil tumanda bir qator muhim vazifalarni amalga oshiriladi

Batafsil: https://telegra.ph/st-12-20

@Sirdaryotumanpress
“Oila muqaddas, uni avaylang, asrang!”

Batafsil: https://telegra.ph/st-12-20-4

@Sirdaryotumanpress
⚡️Yoshlar sayohatga yuborildi

Sirdaryo tumanida "Yoshlar forumi 2021" doirasida "Yoshlar daftari"ga kiritilgan, ijtimoiy yordamga muxtoj oila farzandlari tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Samarqand shahriga sayohatga yuborildi.

@Sirdaryotumanpress