Sirdaryoavtoyol
320 subscribers
49.9K photos
2.11K videos
13 files
4.36K links
Сирдарё вилояти автомобиль йўллари ҳудудий бош бошқармаси

📞 (99867) 227 34 02

Facebook: https://www.facebook.com/sirdaryoviloyati.ayhbb
Download Telegram
#Ayni_dam...
#Xalqaro_uchrashuv

🇺🇿Аvtomobil yoʼllari qoʼmitasida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "UzXCMG" qoʼshma korxonasi shaklidagi MChJ vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

🟢Mehmonlarni qoʼmita raisi Jamshid Tursunov qabul qildi.

📍Avtomobil yoʼllari qoʼmitasi avtomobil yoʼllari va sunʼiy inshootlarni loyihalash, qurish, taʼmirlash, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarini saqlash boʼyicha yagona buyurtmachi hisoblanadi.

✔️Shuningdek, tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarini taʼmirlash, saqlash va jihozlash, yoʼl boʼyi infratuzilmasini rivojlantirish va yoʼl infratuzilmasi sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ishlari bilan shugʼullanadi.

⚡️Yuqoridagi ishlarni toʼliq amalga oshirish uchun qoʼmita tomonidan oʼtgan 7 yil davomida 1000 dan ortiq yoʼl texnikalari va 26 dona asfalt-beton ishlab chiqarish uskunalari xarid qilindi. Yoʼl texnikalarining 60 foizi va ishlab chiqarish uskunalarining 100 foizi "UzXCMG" qoʼshma korxonasi shaklidagi masʼuliyati cheklangan jamiyatidan xarid qilinganini alohida taʼkidlash lozim.

◾️Shu bilan birga, 2024-yilda qoʼmita korxonalari tomonidan xarid qilingan 26 ta ishlab chiqarish uskunasi yordamida turli yoʼl ishlari uchun jami 1,5 million tonnadan ortiq asfalt-beton mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

📊Oʼtgan 7 yil davomida sotib olingan yoʼl texnikasi va ishlab chiqarish asbob-uskunalari ekspluatatsiya qilingan hamda "UzXCMG" MChJ qoʼshma korxonasi oʼzining samaradorligi va ishonchliligi bilan yoʼl sohasi vakillari ishonchini qozongan.

🕓Uchrashuv davomida hamkorlikni kengaytirish maqsadida xarid qilingan texnikalarga xizmat koʼrsatuvchi servis markazni qoʼshma korxona huzurida tashkil etish taklifi berildi. Shu bilan birgalikda har yili xodimlarni Xitoyda oʼqitish boʼyicha ham yagona kelishuvga erishildi va buning isboti tariqasida kelishuv Memorandumi imzolandi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM