Sirdaryoavtoyol
322 subscribers
49.9K photos
2.11K videos
13 files
4.36K links
Сирдарё вилояти автомобиль йўллари ҳудудий бош бошқармаси

📞 (99867) 227 34 02

Facebook: https://www.facebook.com/sirdaryoviloyati.ayhbb
Download Telegram
#Xalqaro uchrashuv

🛣Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Xitoyning Citic construction co. Ltd kompaniyasi delegatsiyasi bilan
uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita raisi Jamshid Tursunov delegatsiya a’zolari bilan
muzokaralar olib bordi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Xalqaro uchrashuv

Xorijiy hamkorlar Sirdaryo viloyatida bo‘ldilar


Saudiya Аrabistonining “AL BAWANI”
yirik qurilish kompaniyasi hamda “SAJCO” kompaniyasi rahbarlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurishdi.

📌Tashrif davomida “Toshkent—Termiz” yo‘nalishidagi M39 avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 38 km. bo‘lgan “Sirdaryo—Baxt” aylanma yo‘lini qurish uchun mahalliy infratuzilma o‘rganildi.

🇺🇿Mahalliy mutaxassislar tomonidan yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Xalqaro uchrashuv

JICA bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi

🇺🇿Yaponiya
xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) kompaniyasi a'zolari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasida boʻlishdi.

🛣Qoʻmita raisining oʻrinbosari Obid Odilov ular bilan muzokara
olib bordi.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Xalqaro_uchrashuv

Jahon banking Transport masalalari bo‘yicha bosh iqtisodchisi Viktor Aragones boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida uchrashuv o‘tkazildi.
Delegatsiya a’zolarini Qo‘mita raisi Jamshid Tursunov qabul qildi.
Muzokaralar chog‘ida yo‘l xo‘jaligi sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, xususiy pudratchilarning ishtirokini rivojlantirish haqida fikr almashildi.
Jahon bankining Transport bo‘yicha katta mutaxassisi, loyiha menejeri Mansur Bo‘stoniy loyihaning ahamiyati va istiqbollari haqida ma’lumot berdi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Website
#Ayni_dam...
#Xalqaro_uchrashuv

🇺🇿Аvtomobil yoʼllari qoʼmitasida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "UzXCMG" qoʼshma korxonasi shaklidagi MChJ vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

🟢Mehmonlarni qoʼmita raisi Jamshid Tursunov qabul qildi.

📍Avtomobil yoʼllari qoʼmitasi avtomobil yoʼllari va sunʼiy inshootlarni loyihalash, qurish, taʼmirlash, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarini saqlash boʼyicha yagona buyurtmachi hisoblanadi.

✔️Shuningdek, tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarini taʼmirlash, saqlash va jihozlash, yoʼl boʼyi infratuzilmasini rivojlantirish va yoʼl infratuzilmasi sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ishlari bilan shugʼullanadi.

⚡️Yuqoridagi ishlarni toʼliq amalga oshirish uchun qoʼmita tomonidan oʼtgan 7 yil davomida 1000 dan ortiq yoʼl texnikalari va 26 dona asfalt-beton ishlab chiqarish uskunalari xarid qilindi. Yoʼl texnikalarining 60 foizi va ishlab chiqarish uskunalarining 100 foizi "UzXCMG" qoʼshma korxonasi shaklidagi masʼuliyati cheklangan jamiyatidan xarid qilinganini alohida taʼkidlash lozim.

◾️Shu bilan birga, 2024-yilda qoʼmita korxonalari tomonidan xarid qilingan 26 ta ishlab chiqarish uskunasi yordamida turli yoʼl ishlari uchun jami 1,5 million tonnadan ortiq asfalt-beton mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

📊Oʼtgan 7 yil davomida sotib olingan yoʼl texnikasi va ishlab chiqarish asbob-uskunalari ekspluatatsiya qilingan hamda "UzXCMG" MChJ qoʼshma korxonasi oʼzining samaradorligi va ishonchliligi bilan yoʼl sohasi vakillari ishonchini qozongan.

🕓Uchrashuv davomida hamkorlikni kengaytirish maqsadida xarid qilingan texnikalarga xizmat koʼrsatuvchi servis markazni qoʼshma korxona huzurida tashkil etish taklifi berildi. Shu bilan birgalikda har yili xodimlarni Xitoyda oʼqitish boʼyicha ham yagona kelishuvga erishildi va buning isboti tariqasida kelishuv Memorandumi imzolandi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_uchrashuv

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Poly Changda kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha Marketing yo‘nalishi rahbari Syuye Szinni Qo‘mita raisi Jamshid Tursunov qabul qildi.
🇺🇿Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 10-oktabrdagi 330-son qarorida “Samarqand-Qarshi yo‘nalishidagi 4R 87 A378 avtoyo‘li-Qarshi avtomobil yo‘lining 3–52-km (49 km) qismini sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish belgilangan edi.
🌍Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi va Poly Changda o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan edi. Ushbu memorandumda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish Xitoyning Poly Changda kompaniyasiga yuklatilgan bo‘lib, Poly Changda kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan tijorat taklifi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga taqdim etildi. Bugungi kunda loyiha taklifi vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Uchrashuvda har ikki tomon mazkur loyiha bo‘yicha takliflarini muhokama qildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM