Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi| Rasmiy kanal
789 subscribers
6.39K photos
1.53K videos
158 files
5.54K links
Канал админи билан боғланиш учун: @Sarvinoz8991
Ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: https://t.iss.one/Sanepid_Sirdaryo
Facebook: https://www.facebook.com/SirdaryoviloyatiSes/?ref=pages_you_manage
Instagram: https://instagram.ftas1-2.fna.fbcdn.net/v/t51.28
Download Telegram
#Tabriklaymiz

💥Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida samarali mehnati, sohaga boʻlgan jonkuyarligi orqali jamoa orasida o'z o'rniga ega bo'lgan G‘aniyev Xudoyberdi Abduvali o‘g‘li! 1992-yil 12-yanvarda tavallud topgan.

G‘aniyev Xudoyberdi Abduvali o‘g‘li!

Sizni tavallud ayyomingiz bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz.

Sizga mustahkam sogʻlik, faoliyatingiz davomida ulkan zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz...
Yaxshi kayfiyat, xushnud onlar sizni aslo tark etmasin....

🌐Bizni kuzatishda davom eting!

💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi

📣Yangiliklarni kuzatib boring


🔽🔽🔽

|Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sanepidqo'mita ogohlantiradi!

🏫Ta'lim muassalarida taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug'ullanganlik uchun qonunchilikda qanday javobgarlik belgilanganligi to'grisida ushbu videorolikda tanishing.

Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Sanepidqo'mita Sirdaryoviloyati boshqarmasi boshlig'ining bayram tabrigi

Hurmatli vatan himoyachilari!

Sizlarni va siz orqali oilangiz qo‘rg‘onlarini bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman! Taningiz sog', umringiz uzoq boʻlsin!

Har doim tan-u joningiz omon,  gʻururingiz togʻdek baland boʻlsin. 

Omad sizga soyadek ergashib yursin. Hamisha onangiz,  oilangiz baxtiga salomat boʻling.  Hech qachon gʻam koʻrmang. Doimo onangiz uchun mehribon farzand, farzandlaringiz uchun gʻamxoʻr ota,  ayolingiz uchun sevimli yor,  doʻstlaringiz uchun qadrli inson boʻlib yuring.  Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Jo‘rabek Xasanov,

Sirdaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig'i


🌐Bizni kuzatishda davom eting!

💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi

📣Yangiliklarni kuzatib boring


🔽🔽🔽

|Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
#Vatanimiz_himoyachilari
#Bizning_faxrimiz

VATAN HIMOYACHILARI BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN
!

🔰Sanepidqo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi 14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligida" faoliyat yurituvchi barcha Vatanimiz o'g'lonlarini muborakbod etadi.

O'zbekiston mard o'g'lonlari,
Bahodirlar, paxlavonlari,
Tinchligimiz chin posponlari,
Bayramingiz muborak bo'lsin.



🌐Bizni kuzatishda davom eting!

💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi

📣Yangiliklarni kuzatib boring


🔽🔽🔽

|Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘z qo‘lingiz bilan o‘zingiz va yaqinlaringizga zahar tayyorlamang!

🫙Qo‘lbola konserva mahsulotlari o‘ta xavfli va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan vositadir. Arzoniga uchib, qimmatli umringizga yakun yasab qo‘ymang.

🔈Botulizmdan saqlaning!

🎥 Videorolik Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan tasvirga olingan.

Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BOTULIZIM O‘ZI QANDAY KASALLIK?

🔰 Botulizm-bu ovqatdan zaharlanish holati bo'lib, uyda tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste'mol qilish natijasida sodir bo'lishi mumkin.

❗️Zaharlanish holatlari juda og'ir kechadi, davo-choralari qilinmasa, inson hayoti va sog'lig'ini og'irlashtiruvchi holatlar, ba'zan o'lim bilan tugashi mumkin.

❗️Shuningdek kasallik belgilari sezilsa darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

🍄‍🟫Qo'ziqorin iste'mol qilish oqibatida zaharlanish holati yuzaga kelmasligi uchun ushbu mahsulot sifati kafolatlanganligi haqidagi hujjatlar mavjud bo'lgan savdosi do'konlaridan xarid qilib iste'mol qilsa bo'ladi, lekin to'g'ri kelgan joylardan olib iste'mol qilish qat'iyan man etiladi.

🌐 Bizni kuzatishda davom eting!

💻 Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi


🔽🔽🔽

|Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
#Shirin_shahar

♻️Botulizm o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, uni Botulizm tayoqchasi (Clostridium) anaerob qo‘zg‘atadi. Tashqi muhit ta’sirlariga juda chidamli anaerob kislorodsiz sharoitda o‘sadigan mikroblar oilasiga mansub.

♻️Botulizm umumiy infeksion intoksikatsiya, oshqozon-ichak traktining buzilishi va nevrologik sindromlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

♻️Bu kasallik o‘ta xavfli va ko‘p hollarda o‘limga olib keladi. Botulizmning qo‘zg‘atuvchisi — Clostridium bakteriyasi uy sharoitida tayyorlangan dudlangan baliq va go‘sht, sabzavot va meva konservalari hamda yaralarda rivojlanadi.

♻️Botulizm belgilari va kasallikning xavfli tomonlari Botulizmning birinchi belgilari intoksikatsiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi:
ko‘ngil aynishi
qusish
qorin og‘rig‘i
Zaiflik va bosh aylanishi kuzatiladi.

Ba’zi bemorlar hushini yo‘qotishi ham mumkin. Qayt qilish va ich ketishi qisqa vaqt davom etib, nevrologik belgilar boshlanganidan so‘ng odatda yo‘qoladi. Keyin esa nerv tizimida buzilishlar sodir bo‘ladi, infeksiya bosh miya va orqa miyadan mushak to‘qimalariga o‘tadigan nerv impulslari bloklanadi. Natijada mushak tolalarining funksiyasi kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi.

♻️Disfagiya (yutina olmaslik), dizartriya (nutqning buzilishi), dispnoe (nafas olishning buzilishi) vujudga keladi, ko‘z xiralashadi va oxir-oqibat qo‘l va oyoqlar falajlanadi.

♻️Agar o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bemor nafas olish mushaklarining to‘xtashi tufayli halok bo‘lishi mumkin. Chunki butun tanadagi mushaklar ishdan chiqqach, bemor nafas ham ololmaydi.

Botulizmni oldini olish❗️

🥗Bozorlarda va aholi gavjum bo‘ladigan joylarda fuqarolar tomonidan uy sharoitlarida tayyorlanib, noqonuniy ravishda sotilayotgan, sifati kafolatlanmagan dudlangan go‘sht va baliqlarni hamda sabzavot-meva konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik;

Shaxsiy xonadonlarda tayyorlangan bu kabi mahsulotlar kasallik keltirib chiqarishi mumkinligini unutmaslik;

Oziq-ovqatlarni konservalashda ehtiyot bo‘lish va idishlar sterillanganligiga ishonch hosil qilish;

🛑Yaroqlilik muddati o‘tgan, qadog‘i buzilgan, ko‘pikli, mog‘orli yoki yomon hidli , shikastlangan, shishgan banka va qadoq va butilkalardagi taomlarni tashlab yuborish;

⛔️Sovuq ovqatlarni 5° C dan past haroratda va issiq taomlarni 60° C dan yuqori haroratda saqlash;

🅾️Ochiq yaralarni sovun va suv bilan yuvish;
#METAPNEVMOVIRUS

🦠🦠🦠
JSST metapnevmovirus bo‘yicha izoh berarkan, u yangi virus emasligini ta’kidladi. U keng tarqalgan bo‘lib, qish va bahorda aylanib yuradi va shamollashga o‘xshash respirator alomatlarni keltirib chiqaradi.


HMPV nima

♻️Inson metapnevmovirusi yoki HMPV nafas yo‘llari infeksiyasini keltirib chiqaruvchi virus bo‘lib, u oddiy shamollash va grippga o‘xshash belgilarni yuzaga keltiradi. Kasallik ko‘pincha yengil kechsa-da, ayniqsa chaqaloqlar, keksalar va immun tizimi zaiflashgan kishilarda pnevmoniya kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.

♻️Aslida virus yangi emas, lekin Xitoyning shimolida, ayniqsa 14 yoshdan kichik bolalar orasida kasallanish holatlari ko‘paygani tufayli e’tiborni tortdi.
Birinchi marta 2001-yilda aniqlangan HMPV bir zanjirli RNK virusi bo‘lib, nafas olish tomchilari yoki ifloslangan yuzalar bilan aloqa orqali tarqaladi. Bu infeksiyalar ilgari ham Buyuk Britaniya kabi turli mamlakatlarda qayd etilgan.

COVID bilan o‘xshash jihatlari

Ikkala virus ham barcha yoshdagi odamlarda nafas olish a’zolari kasalliklarini keltirib chiqaradi. Kichik yoshdagi bolalar, katta yoshdagilar va immun tizimi zaiflashgan odamlar xavf ostida bo‘lishi mumkin.
Simptomlar ham o‘xshash. Ko‘pincha HMPV bilan bog‘liq bo‘lgan alomatlarga yo‘tal, isitma, burun bitishi va nafas qisilishi kiradi. Bular ham COVID-19 virusi bilan kasallangan odamlardagi alomatlardir.
Ikkala virus ham yuqtirgan odamdan boshqalarga yo‘tal, aksirish va yaqin shaxsiy aloqa orqali yuqishi mumkin.Ular viruslar mavjud bo‘lgan buyumlar yoki yuzalarga teginib, so‘ngra og‘iz, burun yoki ko‘zlarga qo‘l tekkazish orqali ham tarqaladi.
COVID-19 haroratga sezgir va shuning uchun mavsumiy. Xuddi shunday, HMPV turli yillik fasllarda aylanib yuradi.

Kasallikdan himoyalanish❗️

♻️HMPV tarqalishining oldini olish uchun vaksina yo‘q. Ammo bemorlar quyidagi qadamlarga amal qilish orqali HMPV va boshqa respirator viruslar tarqalishining oldini olishi mumkin:
🔺Qo‘llarni kamida 20 soniya davomida sovun va suv bilan tez-tez yuvib turing;
🔺Yuvilmagan qo‘llar bilan ko‘z, burun yoki og‘izga tegmang;
🔺Kasal odamlar bilan yaqin aloqada bo‘lmang;
🔺Shamollashga o‘xshash alomatlari bo‘lgan bemorlar yo‘talganda va aksirganda og‘iz va burunni yopishi kerak;
🔺Birovlarning idish-tovoqlaridan foydalanmang, shaxsiy gigiyenaga rioya qiling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Jiddiy nazorat: "Bolamning qorni to'ymayapti? Bog`chada qanday ovqatlar berishayotganidan bexabarman" - 118-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ota-onalarining mana shu mazmundagi murojaati asosida Sanepidqo'mita mutaxassislari hamda "Portal 24" hamkorlikda bog`cha faoliyati o'rganildi


Xo'sh, maktabgacha ta'lim tashkilotining sanitariya holati qanday?

Ota-onalarning murojaati o'rinlimi?

Batafsil🎥

⚡️Sanepidqo'mita murojaatlarni o'rganishda davom etadi.

Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muloyim qotil”, “kir qo‘llar kasalligi”. Gepatit qanday yuqadi va uning turlari haqida nimalarni bilish kerak?

🧬 Gepatit nima?

📝 Xalq tilida “sariq kasal” deb nomlangan gepatit virusli kasallik hisoblanadi. Unda jigar hujayralari zararlanishi kuzatilib, jigar faoliyati buzilishi oqibatida organizmda intoksikatsiya — zaharlanish yuz beradi.

➡️ Gepatitning o‘tkir va surunkali turlari bor. O‘tkir gepatit bilan kasallangan odam jigar qayta tiklanishiga imkon berish uchun bir yilgacha qat’iy parhez tutishi, spirtli ichimliklardan voz kechishi kerak. Surunkali gepatit o‘limga olib keluvchi jigar sirrozi va saratoni kabi asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin


🦠 Gepatit bilan qanday kasallanish mumkin?

➡️ Asosan, ushbu kasallik virus yuqishi tufayli rivojlanadi. Bundan tashqari, gepatit o‘tkir zaharlanish, xususan, spirtli ichimlik fonida ham rivojlanishi mumkin

⁉️ A, B, C va boshqalar nimasi bilan farq qiladi?

➡️ Gepatit A — eng ko‘p uchraydigan, ammo boshqalariga nisbatan xavfsizroq kasallik turi hisoblanadi. U deyarli doim o‘tkir kechadi va surunkali bo‘lmaydi, o‘limga va boshqa turlarga nisbatan jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Ushbu kasallik “kir qo‘llar kasalligi” deb ham ataladi. Virusni, asosan, kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda kasallangan odam bilan kontaktda bo‘lish orqali yuqtirish mumkin. Gepatit A bilan kasallanmaslikning eng oson yo‘li vaksina qildirish hisoblanadi

⚠️ A, B, C va boshqalar nimasi bilan farq qiladi?

➡️ Gepatit A — eng ko‘p uchraydigan, ammo boshqalariga nisbatan xavfsizroq kasallik turi hisoblanadi. U deyarli doim o‘tkir kechadi va surunkali bo‘lmaydi, o‘limga va boshqa turlarga nisbatan jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Ushbu kasallik “kir qo‘llar kasalligi” deb ham ataladi. Virusni, asosan, kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda kasallangan odam bilan kontaktda bo‘lish orqali yuqtirish mumkin. Gepatit A bilan kasallanmaslikning eng oson yo‘li vaksina qildirish hisoblanadi

➡️ Gepatit B — kasallik turlari orasida eng xavflisi hisoblanadi. Yiliga ushbu kasallikdan 700 ming odam vafot etadi. Hozirgacha ham kasallik qo‘zg‘atuvchisiga bevosita ta’sir qiladigan preparat yo‘q. Davolash muolajalari jigarni yaxshilash va sirrozga aylanishining oldini olish hisoblanadi. Kasallik qon va odam organizmidan ajraladigan boshqa suyuqliklardan yoki onadan homilaga yuqadi. Agar kasallangan odamning bir tomchi qoni hovuzga tushsa, undagi suv zararlanish xavfi bo‘ladi

➡️ Gepatit C — “Muloyim qotil” deb ta’rif beriladigan ushbu kasallik turi ham ko‘pincha jigar sirrozi yoki saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Kasallik, asosan, qon orqali, ya’ni ehtiyotsizlik sabab stomatolog, manikyur va boshqa amaliyotlarda qon teggan buyumdan boshqa bir insonga yuqishi mumkin. Shuningdek, tish cho‘tkasi yoki soqol oladigan uskuna ham virus yuqishi uchun sabab bo‘ladi.

➡️ Gepatit D — shifokorlar tomonidan “superinfeksiya” deb ataladigan gepatit D organizmda gepatit B virusi bo‘lgandagina ko‘payadi. Aksar hollarda kasallik bilan zararlanish qon quyganda yoki giyohvandlarning shpritslari orqali yuqishi kuzatiladi. Onadan homilaga yuqishi ham mumkin. gepatit B ga chalingan bemorlar gepatit D yuqishiga moyil bo‘ladi. Gemofiliya kasalligi bor kishilar giyohvandlarning kasallikka chalinish ehtimoli yuqori. Bir vaqtni o‘zida gepatitning A va B turlariga chalinish holatlari ham uchrab turadi. Zararlangandan keyin kasallik rivojlangunicha gepatit B singari 1,5-6 oy vaqt o‘tishi mumkin.

➡️ Gepatit E — gepatit A singari E turi ham deyarli surunkali kechmaydi. Ammo ayol homiladorligining so‘nggi uch oyida ushbu virusni yuqtirib olsa, o‘lim ehtimoli 40 foizni tashkil qiladi

😷 Gepatit bilan zararlanmaslik uchun nima qilish kerak?

➡️ Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling. Tibbiyot muassasalari va go‘zallik salonlarida bir martalik asboblardan foydalanish va ularni sterilizatsiyalanganiga e’tiborli bo‘lingIloji boricha bir yilda bir marta gepatitga qon tahlili topshiring

🌐Rasmiy sahifamizga obuna bo'ling
t.iss.one/Mirzaobod_SEOvaJSb