Forwarded from O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐🏘 Himoyatxon gulchilikning orqasidan farovon yashamoqda
Bir parcha yerga gul ekib, undan yaxshigina daromad qilsa bo‘ladi. Oqoltinlik tadbirkor Himoyatxon Eraliyeva esa buning uddasidan chiqdi. Bunda yaqinlari va farzandlarining yordami katta bo‘ldi. U tumanning Farg‘ona shaharchasiga kiraverishdagi 15 sotix bo‘sh turgan yerga Namangan shahridan 12 ming dona xrizantema, ya’ni xalq tili bilan aytganda globus gulini keltirib ekkandi. Gulning xaridorgirligini aytmaysizmi, bir donasini gul shaydolari 20-25 ming so‘mdan olib ketyapti.
Himoyatxon ekkan nafis va chiroyli bo‘lib ochilgan xrizantema maydonchasi gulchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan oqoltinlik gulsevarlar uchun sinov-tajriba uchastkasi vazifasini o‘tyapti. Shu bugunga qadar oqoltinliklar Sayxunobod tajribasini o‘rganib, hovlisidagi bo‘sh turgan yer maydonlariga to‘qsonbosti ekinlari qatoriga Himoyatxon maslahati asosida xrizantema va atirgul ko‘chatlarini ekishyapti.
— Ishsiz va daromadsiz xotin-qizlar uchun Himoyatxon boshlab bergan gulchilik yo‘nalishi yangilik bo‘ldi, — deydi oqoltinlik Mastura Xolmatova. — So‘rab-surishtirsak, nafaqat xrizantema,balki atirgullarning ham xaridori ko‘p ekan. Farzandlarim bilan kelishib, hovlimizda bo‘sh turgan 8 sotix yer maydoniga atirgulning bozorbop navini keltirib ekmoqchimiz. Xarajati uncha katta bo‘lmasa-da, gul ko‘chatini sotib olishimiz uchun mablag‘ ketadi. Buning uchun tijorat bankidan kredit olib, gulchilikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri
✅ @SirdaryoMahalla
https://t.iss.one/+K0f2uXAj-aRmNmE6

— Bu dunyoda gulni sevmaydigan, unga mehr quymaydigan kishi bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, xotin-qizlar. Toshkentga o‘tganda va qaytganda yo‘l bo‘yida ekilgan, xayolingni olar darajada ochilgan, bir-biridan chiroyli va anvoyi gullarni ko‘rib, "men ham gulchilikni yo‘lga qo‘ysam bo‘larkan" degan gap so‘zlar xayolimdan o‘tgandi, — deydi Himoyatxon Eraliyeva. — Shundan keyin undan- bundan so‘rab gul yetishtirish sirlarini, internetda berilgan ma’lumotlardan o‘rgandim. Ozginagina yig‘ib quygan pulim bor edi. Shunga xrizantema gul ko‘chatlarini sotib oldim. Ana shunda "Gulchilik ham kasbmi, undan ko‘ra boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullansangiz bo‘lmaydimi" deya aytganlar ham bo‘ldi. Ammo maqsadimdan qaytmadim. Ko‘rib turganingizdek, gul ekib, kam bo‘lmadim. Kelib -ketuvchilar, "gul ekmang" deya aytganlar ham mendan xrizantema gulini ekish, uni parvarishlash sir-asrorini o‘rganib ketishyapti.
Himoyatxon ekkan nafis va chiroyli bo‘lib ochilgan xrizantema maydonchasi gulchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan oqoltinlik gulsevarlar uchun sinov-tajriba uchastkasi vazifasini o‘tyapti. Shu bugunga qadar oqoltinliklar Sayxunobod tajribasini o‘rganib, hovlisidagi bo‘sh turgan yer maydonlariga to‘qsonbosti ekinlari qatoriga Himoyatxon maslahati asosida xrizantema va atirgul ko‘chatlarini ekishyapti.
— Ishsiz va daromadsiz xotin-qizlar uchun Himoyatxon boshlab bergan gulchilik yo‘nalishi yangilik bo‘ldi, — deydi oqoltinlik Mastura Xolmatova. — So‘rab-surishtirsak, nafaqat xrizantema,balki atirgullarning ham xaridori ko‘p ekan. Farzandlarim bilan kelishib, hovlimizda bo‘sh turgan 8 sotix yer maydoniga atirgulning bozorbop navini keltirib ekmoqchimiz. Xarajati uncha katta bo‘lmasa-da, gul ko‘chatini sotib olishimiz uchun mablag‘ ketadi. Buning uchun tijorat bankidan kredit olib, gulchilikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz.
"Izlagan imkon topadi" deya bejizga aytilmagan. Himoyatxon Eraliyeva buni qalbdan tushunib, gulchilikka qo‘l urib, kam bo‘lgani yo‘q. "Bilasizmi, gulchilikning orqasidan ham ishli, ham daromadli bo‘ldim. Kelgusida bu faoliyatimni yanada kengaytirmoqchiman" deydi u. Ayni vaqtda Oqoltinda Himoyatxondan boyroq kishi yo‘q. 15 sotix yerga ekilgan va ko‘paytirilgan xrizantema gullari oilasiga kattagina daromad keltirayapti. Kelgusida u 15 sotix emas, 1 gektar yerga xrizantema va boshqa gul ko‘chatlarini ekib, Oqoltinda gulchilik o‘quv markaziga asos solmoqchi. Buning uchun unda yetarlicha bilim, tajriba bor. — Bilasizmi, boqimandalik yomon odat. Harakat qilgan odam, kaftdek yerdan daromad topib, ro‘zg‘orini but, dasturxonini to‘kin qilsa bo‘ladi. Buni nafaqat men, farzandlarim ham yaxshi bilgani bois, kaftdek yerga mehr berib, qilgan mehnatimizdan baraka topmoqdamiz, — deydi u.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri
https://t.iss.one/+K0f2uXAj-aRmNmE6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shuningdek, barcha turistik obyektlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar (rasmlar va koordinatlari bilan) Wikipedia ochiq ensiklopediyasiga o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirilishi haqida Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilingan.
Maʼlumot o‘rnida, tuman hududida joylashgan ko‘hna va qadimiy "Xovostepa yodgorligi"da — Sirdaryo viloyatining tarixi va madaniyati aks etgan topilmalar aniqlangan.
https://t.iss.one/+K0f2uXAj-aRmNmE6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sirdaryo.uz
Ширинда "маҳалла еттилиги" учун амалий семинар ташкил этилди.
Маҳаллалар уюшмаси вилоят бошқармаси ҳамда Ширин шаҳар ҳокимлиги ҳамкорлигида “Маҳаллани халқ билан давлат ўртасидаги кўприк вазифасини ўтовчи мустақил ва халқчил тузилмага айлантиришда “маҳалла еттилиги” олдида турган долзарб вазифалар” мавзусида амалий семинар ташкил этилди.
Вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиев, Маҳаллалар уюшмаси вилоят бошқармаси, туман ва шаҳар бўлими масъуллари, “маҳалла еттилиги” жамоатчилик тузилмаси аъзолари иштирок этган семинардан кўзланган асосий мақсад – “еттилик” фаолиятини самарали ташкил этиш, унинг маҳалла ҳаётидаги ўрнини ошириш ва бошқа масалалар юзасидан фикр алмашиш, келгусида амалга оширилиши лозим бўлган муҳим вазифаларни белгилаб олишдан иборат. Батафсил...
Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram