🏘 Sirdaryo mahallalari
1.19K subscribers
3.7K photos
912 videos
15 files
1.5K links
🇺🇿🏘 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali
Download Telegram
Hurmatli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

🗓 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan siz, axborot maydonining fidoyi vakillarini samimiy tabriklaymiz! Har kunlik mehnatingiz, haqiqatni yoritishdagi fidoyiligingiz va jamiyatni xabardor qilishdagi hissangiz e’tiborga loyiqdir.

Fidoyi matbuot vakillari bor ekan, haqiqat ovozi baland yangraydi, jamiyatda ishonch va ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi. Ayniqsa, mahalla hayotidagi dolzarb voqealarni yoritishdagi faol ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

🌍Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🏘 Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi

Dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma’lumotlar yetkazish borasida, ommaviy axborot vositalari vakillarining fidokorona mehnati tahsinga sazovordir.

Ayniqsa, "Obod mahalla", "Obod ko‘cha", "Obod xonadon" tamoyillarini mahallada joriy etishda xalq ommasiga yetkazishda televidenie, radio, internet hamda bosma nashrlarning o‘rni beqiyos.

Aziz soha hodimlari! Sizlarni, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi samimiy muborakbod etadi.

Barchangizga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Qalamingiz hamisha o‘tkir bo‘lsin!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi jamoasi

@SirdaryoMahalla
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇳Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida "Mahalla instituti aholi bilan davlat o‘rtasida muhim ijtimoiy ko‘prik" mavzusida konferensiya o'tkazildi.

💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍🏘 Mening obod mahallam!

🗣O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan OAV vakillari, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida Boyovut tumanining “Jo‘langar” hamda “Sarmich” mahallalarida press-tur o‘tkazildi.

✈️ Ushbu qo‘shni mahallalarda 9 mingga yaqin aholi istiqomat qilishadi. Mahalladoshlar ahil inoqlikda yashashlari bilan birgalikda, atrof-muhitni tartibga keltirish, xonadonlarni saranjom-sarishta qilish, tozalik va obodonlashtirish, tomorqadan samarali foydalanish ishlarida faollik ko‘rsatib kelishmoqda.

@SirdaryoMahalla
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🏘 Sirdaryolik mahalla raislari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi: "Har bir yoshning taqdiri, kelajagi haqida, avvalo mahalla raislari ko‘proq qayg‘urishlari lozim!"

🔍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Ijro aparati boshqarmasi boshlig‘i Elmurod Qarshiyev va Uyushmaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Uyg‘un Xatamov rahbarligida, viloyatdagi barcha mahalla raislari, shuningdek uyushmaning tuman-shahar bo‘limlari rahbarlari ishtirokida “Mahalla raisi — bu mahallaning vijdoni” mavzusida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

🗣Tadbirda Davlatimiz Rahbari tomonidan 30 iyun – yoshlar kunida yoshlar bilan uchrashuvda mahalla tizimi bo‘yicha berilgan ustuvor vazifalarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Mahalla raisi faqatgina “oqsoqol” emas, yoshlarning eng yaqin do‘sti, sirdoshi, ko‘makdoshiga aylanmog‘i lozim. Mahalla raisi bu — mahallaning vijdoni! Mahallada bitta bolani noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulotda holat bo‘lishi kerak. Shuning uchun, har bir bola haqida, uning taqdiri, kelajagi haqida, avvalo mahalla raislari ko‘proq qayg‘urishi lozim.

🔍Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tomonidan mahalla tizimi bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, yoshlarni yurtga sadoqat, ona vatanga muxabbat ruxida tarbiyalash, ishsiz yurganini mahalladagi tadbirkorlarga bog‘lab qo‘yish, mahalllarda yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlari, ilm olishlari, kitob o‘qishlari uchun sharoit yaratish, har bir bola haqida, uning taqdiri, kelajagi haqida, avvalo mahalla raislari ko‘proq qayg‘urishi lozimligi alohida taʼkidlandi.

✈️Ochiq muloqot mobaynida, tizimli ishlar samaradorligi oshirilishida "Mahalla yettiligi"ning hamjihatligi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.

@SirdaryoMahalla
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#faoliyatraqamlarda

So‘nggi 5 yilda:
📚 2 600 ta mahallada o‘quv markazlari
⚙️ 200 ga yaqin mahallada Yoshlar iqtisodiy zonalari
📈 700 ga yaqin mahallada Yoshlar tadbirkorlik markazlari barpo etilib, faoliyat yuritmoqda


💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yil ichida ilk bor Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi

Kotrina Kulbite shogirdlari saralash doirasida 🇱🇰Shri-Lankani 10:0, 🇱🇦Laosni 7:0 hisobida mag‘lub etishdi. So‘nggi turda esa dramatik kechgan bahsda 🇳🇵Nepal ayollari ustidan penaltilar seriyasida g‘alabaga erishishdi (asosiy vaqtda 3:3).

Shu tariqa ayollar terma jamoamiz 23 yillik tanaffusdan so‘ng, qit'aning eng nufuzli turnirida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

🌍 O'zbekiston mahallalari uyushmasi nomidan barcha terma jamoa a'zolarini hamda yurtdoshlarimizni yana bir tarixiy natija bilan tabriklaymiz.

💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Hurmatli mahalladoshlar!

📈 “Tashabbusli budjet” — bu xalqimizning haqiqiy ovozi va bir maqsad sari intilgan mahalla kuchidir!

📅 Bugun, 15-iyuldan boshlab, "Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumi doirasida loyihalarni kiritish boshlandi! Bu – siz va bizning mahallamiz uchun chinakam imkoniyat!

— Mahallamiz muammolariga befarq bo‘lmaylik! Har bir fuqaromizning g‘oyasi, tashabbusi va ishtiroki kelajakdagi obodlik, qulaylik va farovonlik sari olib boradi. Loyihalarni kiritish 3-avgustgacha davom etadi. Shu vaqt ichida barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, mahallamizni birga obod etaylik!


Tashabbusli budjet – bu sizning imkoniyatingiz


💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Mening mahallam” filmining premyerasi oʻtkazildi.

🔍 Batafsil…

💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM