Sirdaryo FVB / O'zingizni asrang!
2.52K subscribers
21.5K photos
2.43K videos
5 files
5.63K links
🚒Sirdaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi tadbirlar va xabarlar.

📨Murojaat uchun @Davronbek_FVB
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
#Guliston_tumani_FVB

Guliston tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tegishli tashkilot va idoralari bilan hamkorlikda 11 923 ta hovlili uylar va 26 ta koʻp qavatli uylardagi 420 ta xonadonlarda oʻrganishlar oʻtkazilib, aniqlangan 8417 ta kamchiliklarning 7128 tasi (yaʼni 85%) joyida bartaraf etilishiga erishildi.

Oʻrganishlar davomida ushbu xonadonlarda istiqomat qiluvchi 21 419 nafar fuqarolarga yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan yoʻriqnoma berildi.

Profilaktik ishlarning samarasi oʻlaroq, hozirga kelib tumanning Ishonch, Ibrat, Beshbuloq, Mevazor, Alisher Navoiy, Doʻstlik, Birlashgan maxallalari qizil hudud toifasidan yashil hudud toifasiga oʻtkazildi.

Guliston tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Mavlonxonov ishtirokida o‘tkazilgan #Brifingda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.

@SirdaryoFVB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
#Guliston_tumani_FVB

"Yong'in xavfsizligini ta'minlash bo'yicha "Dolzarb 30 kun" davomida yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzgan mansabdor va javobgar shaxslarga nisbatan 29 ta maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.

Zudlik bilan bartaraf etilmasligi yongʻinlar sodir boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan 16 ta bino va inshootlarning ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi hamda 31 ta nosoz va sifat sertifikatiga ega boʻlmagan moslama va agregatlardan foydalanish taʼqiqlandi.

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 568 nafar fuqarolar ishtirokida 44 marotaba davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi.

Guliston tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Mavlonxonov ishtirokida o‘tkazilgan #Brifingda Dolzarb 30 kun davomida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.

🔰Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar👇
📱sirdaryo.fvv.uz |📱Telegram |📱 Instagram|📱Youtube |📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2🔥1