Sirdaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabining rasmiy sahifasi
5.08K subscribers
2.72K photos
230 videos
3 files
777 links
Bizning manzil:Navoiy shox ko’chasi
55-uy
Mo’ljal:Ipoteka bank
Tel: 225 20 92
https://t.iss.one/Barkamolavlodsotuvi
Download Telegram
Forwarded from SIRDARYA NEWS.uz
Ёшлар ўртасида робототехника мусобақаси ўтказилди

“Долзарб 90 кунлик” доирасида Боёвут туманидаги 19-умумтаълим мактаби ёзги оромгоҳида “Робототехника ва конструкторлик” тўгараги аъзолари ўртасида “Робототехника” мусобақаси ташкил этилди.

Мусобақа ёшларнинг келажакдаги касб танлови, илмий қизиқишлари ва техник салоҳиятини оширишга хизмат қилди. Унда иштирок этган ўқувчилар ўз билим ва иқтидорларини намоён этиш билан бирга, янги технологиялар билан ишлаш бўйича амалий кўникмаларга эга бўлишди.

Ёшлар тайёрлаган роботлар инноватцион ёндашув, жамоавий иш ва ижодкорликни ўзида акс эттирди.

Тадбир Боёвут тумани “Баркамол авлод” болалар мактаби ташаббуси билан ташкил этилди.

📍SIRDARYA  NEWS.uz
2👍1
📌 Dolzarb 90 kunlik amalda — amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda!

🔴 Sirdaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida navbatdagi foydali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🌞 Yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish va o‘quvchi yoshlarning vaqtini samarali o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan “Oila hamshirasi” to‘garagi mashg‘ulotlari bugun ham faol tarzda davom etdi.

To‘garak rahbari — Mamatkulova Sohiba tomonidan bolalarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar berildi:

😀 Shaxsiy gigiyena qoidalari

🍎 Sog‘lom ovqatlanish asoslari

Dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish

⚽️ Sog‘lom turmush tarzining afzalliklari

😀 Oddiy tibbiy amaliyotlar (qon bosimini o‘lchash, tana haroratini tekshirish va boshqalar)

🫥 Mashg‘ulotlar interaktiv shaklda o‘tib, bolalar o‘zlari ishtirok etib ko‘nikmalarni amalda sinab ko‘rishdi. Bu esa ularda qiziqish va ishtiyoqni yanada kuchaytirdi.

📣 “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasidagi bunday tadbirlar o‘quvchi yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni ongli, sog‘lom va faol shaxslar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Bizning sahifalarimiz:
📱telegram 📱instagram
📱 You tube 📱Facebook
📱web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#Dolzarb_90_kun
📚 Yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazaylik!

  Xovos tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” tashabbusi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning ijodiy fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida qator maktablarda to‘garak mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

🏫 Jumladan, tumandagi 1-, 10-, 26-, va 30-umumta’lim maktablarida:
🧮 Matematika,
✂️ Bichish-tikish,
😀 Kompyuter dizayni va grafikasi yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar tashkil etildi.

📷 Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning qiziqishi va faol ishtiroki yaqqol namoyon etmoqda.

💠 Ushbu jarayonlar orqali bolalar nafaqat yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda, balki o‘z iqtidorini kashf etish imkoniga ham ega bo‘lyapti.

Barkamol avlod – barkamol kelajak sari dadil qadam!

Bizning sahifalarimiz:
📱telegram 📱instagram
📱 You tube 📱Facebook
📱web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎨 "Ranglar jilosi" — ijodiy tanlov g'oliblari aniqlandi!

#Dolzarb_90_kunlik doirasida Sirdaryo viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, tasavvuri va ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Ranglar jilosi” mavzusida rasmlar chizish tanlovi tashkil etildi. 🖌

📋 Tanlov davomida ishtirokchilarning ishlari hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholanib, quyidagi g‘oliblar aniqlandi:

🥇 1-o‘rin — “Tasviriy san’at” to‘garagi a’zosi Pryanishnikova Anya
🥈 2-o‘rin — “Tasviriy san’at” to‘garagi a’zolari Pryanishnikova Nastya va Ko‘paysinova Samiya
🥉 3-o‘rin — “Ingliz tili” to‘garagi a’zolari Igamberdiyeva Nilufar, Fralova Anastasiya va Ismonqulova Marjona

🎁 Qolgan ishtirokchilar ham faol qatnashganligi uchun diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!


🔈 Barkamol avlod – bolalar uchun imkoniyatlar makoni!

Bizning sahifalarimiz:
📱telegram 📱instagram
📱 You tube 📱Facebook
📱web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
🧠AQL CHARXI — YOSHLAR ZUKKOLIGI SINOVDA! 🧠
#Dolzarb_90_kun #GulistonShahar #BarkamolAvlod

💠Guliston shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va ingliz tili bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida “AQL CHARXI” nomli bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi.

🇬🇧 Musobaqada ingliz tili to‘garagi a’zolari o‘zaro bilim va zukkolikda bellashishdi.
🗣 Bellashuv davomida to‘garak rahbarlari tomonidan ingliz tili, mantiqiy tafakkur, so‘z boyligi va tezkor fikrlashga asoslangan savollar o‘qib eshittirildi.

📸 Tadbir davomida o‘quvchilarning faolligi, musobaqa ruhidagi ishtiyoqi, bir-birini qo‘llab-quvvatlagan holatlari quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi.

🗣 Bunday bellashuvlar nafaqat til o‘rganish, balki tafakkur, erkin fikrlash, sahnadagi nutq madaniyati va o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Bizning sahifalarimiz:
📱telegram 📱instagram
📱 You tube 📱Facebook
📱web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1