Shukur Qurbon ijodi
204 subscribers
159 photos
54 videos
61 links
Ushbu kanal yaqindagina tashkil etildi. Chiqib ketishga shoshilmang. Unda sizni shoir Shukur Qurbon ijodi bilan yaqindan tanishtirib boramiz.
Download Telegram
Shukur Qurbon ijodi
“Qaqnus”ning maxsus bayram sonini o‘tkazib yubormang! “Qaqnus” — so‘z tarovati va kuy harorati uyg‘unlashgan nuqta! 📺“Qaqnus” 🗓1-oktabr, yakshanba 20:00 @mm_telekanal
Ko‘rsatuvning ushbu sonida ustoz Shukur Qurbon o‘zlarining adabiyot haqidagi qimmatli fikrlari va go‘zal she'rlari bilan bo‘lishganlar. O‘tkazib yubormang!
🔥7👍1
Forwarded from Javlon Jovliyev
🔥6👍1🥰1
Tashqarida yomg‘ir, ichkarida men,
Chekarmiz dunyoning ikki xil g‘amin.
Yig‘larmiz: u — bahor foniyligiga,
Men — boqiyligiga hijron alamin.

Shukur Qurbon

@ShukurQurbon
13❤‍🔥2👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xayr

Xayr, senga aytdim shu sovuq so‘zni,
Xayr, deb yig‘latdim sen-qorako‘zni.
Qolding xotiramda umrbod munglig‘,
Seni yig‘latmadim, yig‘latdim o‘zni.

Shukur Qurbon she'ri

Javlon Jovliyev ijrosida

@ShukurQurbon
🔥5👍2
Ko'zimga nechun to'r tashladingiz
Nechun arqon tashladingiz
Kiprikmi shular?

Rauf Parfi

@ShukurQurbon
4
AQL VA YURAK
Aql bilan yurak o‘rtasida bahs
Davom etar, mana, ming yildan beri.
Bu bahs, balki, yana ming yilda bitmas,
Hamma hayron bilmay ustun qay biri...
Bu chigalni men ham yecholmam, boshqa —
Bir so‘zim bor, shunga tegishli, kerak:
Aqli bois yostiq qo‘yilar boshga,
Dardi bois zaxga berilar ko‘krak.

Shukur Qurbon 1986

@ShukurQurbon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boshqa kasbni qildi farzandlar
Mayli, boshqa yo'ldan ketdi deganimas bu.
Avvalo Xudo-yu bizlar tufayli
Tug'ilgan ularning qalbida orzu.

Shukur Qurbon

@ShukurQurbon
👍7
Men seni sevamanmi bilmayman
Sen mangulik nafassan
"Bilmayman" degan

Rauf Parfi

@ShukurQurbon
🔥7👍1
CHORLASH

Egri-bugri, qing‘ir-qiyshiq harflar ila
Sen ilk bora yozding, o‘g‘lim, «Vatan» so‘zini.
Qo‘lingdagi qalam ochdi ilk bor ko‘zini,
Qog‘oz ochdi...
Sen ham, yetar, ko‘zlaringni och,
Yuraginga ko‘chir uni rostlab, avaylab,
Yurakdagi vatan so‘zi — umriy ehtiyoj.

Shukur Qurbon 1982

@ShukurQurbon
🔥4👍1
ЙИҒЛАЁТГАН ҚИЗ

Бу оғир боғ ичра оғир қадамлар
Ташлаб кетаётган оғиргина қиз,
Дунё кўзларингдан дунё аламлар
Томчилар, ҳар бири бир улкан юлдуз.
Томчилар кўзингдан норасидалик,
Сўзга айланмаган ёниш томчилар.
Бешафқат дийдорми оғир жудолик,
Йўқотиш томчилар, топиш томчилар.
Йўқ, сени алдаган, биров алдаган,
У сени севгандир, йўқ, йўқ, севмаган.
Кўксингга чиройли ўқлар қадаган,
Бировлар алдаган, биров алдаган.
Томчилар кўксингдан келаётган куз,
Оғулар томчилар, гуллар томчилар.
Яқин хотиралар… идрок фаромуш,
Виждонингни ўйиб урар томчилар.
Виждонсиз номусли ниқобин қўймас,
Виждоннинг ҳар дами руҳий изтироб.
Виждонсиз хатосиз кунлардан тўймас,
Виждон бу хатодан улғайган азоб.
Сени юпатмоққа журъат йўқ менда,
Сен менинг кечмишим, умрим бўлаги.
Фақат мен қайғулар тиларман сенга,
Каттакон қувончнинг унсиз ўланин!
Алданмоқ тиларман сенга кўп марта,
Алданмоқ – дунёга назар, англамоқ.
Алданмоқ – кўзёши қилмоқ, йўқ, артмоқ,
Алданмоқ – курашга отланмоқ демак.
Йиғламоқ тиларман, қайнаб йиғлагин,
Тишларингни секин қайраб йиғлагин!
Ўнта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Юзта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Мингта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Паймонанг тўлгунча, тўйгунча йиғла!
Улар лаззатхўрлар, қароқчилардир,
Умрлари узун, соб бўлмас, эсиз!
Бу дунё – аслида алдоқчилардир!
Бу дунё – аслида йиғлаётган қиз!
Мен сенга қўшилиб йиғлай олмасман,
Фақат бош эгаман қайғунгга сўзсиз.
Мен сенга талпиниб, асло толмасман,
Мен сени севаман, йиғлаётган қиз.

Йўлдош Эшбек

@ShukurQurbon
4😢2
* * *
Yana keldim bag‘ringga, ey tog‘,
Ey pokiza, ey yuksak panoh!
Ifloslik-u tubanliklardan
Qochib keldim, keldim banogoh!..
Yana keldim bag‘ringga, ey tog‘!
Nafasingdan simirsam, to‘ysam,
Qo‘shiq aytsam, toshlar tinglasa!.. Cho‘qqilardan yiqilib o‘lsam,
O‘lganimni hech kim bilmasa!..
Qo‘shiq aytsam, toshlar tinglasa!..
Yana keldim bag‘ringga, ey tog‘!..

Shukur Qurbon

@ShukurQurbon
👍7🔥1
Hikoyani o‘qib, buyuk shoir Matnazar Abdulhakimning "Darsdan so‘ng" nomli she'ri voqealari ko‘z oldimga keldi. Ikkalasining ham yakuni juda o‘xshash. Huzunli hikoya ekan. Sizga ham ilindim
😢4
Farzandiga kitob olib bermagan odam
Farzandni baxt-iqbolini koʻrmagan odam.
Oʻzining-da kelajagin oʻz qoʻllari-la
Avlodlari koʻz oʻngida zoʻrlagan odam.

Shukur Qurbon 2010

@ShukurQurbon
👍6❤‍🔥1
BUGUN SENI KOʻRMASAM BOʻLMAS

Bugun seni koʻrishim kerak,
Bugungidek hech qachon toʻlmas
Hajringda qon qaqshagan yurak,
Bugun seni koʻrmasam boʻlmas.

Tutumi yoʻq bu ishq dunyosi
Koʻnglimizni bir pulga sotdi.
Tutumi yoʻq bu ishq dunyosi
Oʻrtamizda togʻlar yaratdi.

Togʻlar baland... bu endi sirmas,
Koʻksimizdan hayot sipqorar.
Hayqiramiz, aks-sado bermas,
Hayqiramiz, yutib yuborar.

Ayriliqning bu manzarasin
Hayratdaman koʻz bilan koʻrib.
Dardlarimning asli-sarasin
Angladim-ku oʻlmasdan turib.

Yuragimda armonimday sir,
Oʻzga kimni chorlayman, kimni?
Endi senga bari bir, axir,
Aytay, axir, sevganligimni.

Behudadir oʻtgan yoshliging,
Menga boʻlgan bagʻritoshliging,
Yuragimga quloq solmasang,
Sevganligim anglay olmasang...

Bugun seni koʻrishim kerak,
Bugungidek hech qachon toʻlmas.
Hajringda qon qaqshagan yurak,
Bugun seni koʻrmasam boʻlmas.


Shukur Qurbon 1977

@ShukurQurbon
5👏2👍1
QUSHCHA

Qushcha in quradi daraxtga nuqul,
Shamol buzib tashlar uni beshafqat.
Qushcha in quradi daraxtga har yil,
Uning qismatida har yil shu mehnat.

Qushcha chirqillaydi ogʻir va dardli,
Koʻksida olamcha orzu va toqat.
Daraxtga u inlar quraveradi,
Yoqur shamol esib tursa-da bu payt.

Hayotda koʻp bunday gʻussali taqdir,
Odatda ularga taskin berilar.
Unga achinmayman ammo negadir,
Negadir qushchani qutlagim kelar.

Shukur Qurbon 1971

@ShukurQurbon
5👍1
NAVOIYNI ANGLASH

Tarix, degani bu — jang-jadal emas,
So‘zdir u , so‘zlarda aks etgan ma’no.
Balki turkiyni ham birov til demas,
Navoiy nazmidan tuymasa navo.

Uyg‘oq shuur bilan xayolga tolsak,
Navoiy va iymon — egiz tushuncha.
Shoirga biz qancha yaqin borolsak,
Xudoga yaqinlab borurmiz shuncha.

El g‘amin o‘ylagan bari bir o‘lmas,
Uni kutar doim taqdir alomat.
Bu teran nolalar hech qachon so‘lmas,
Ko‘ngilni avaylab-asrar salomat.

«Ey, Navoiy», deya chorlar o‘zini
Muhabbat yo‘liga, mehr yo‘liga.
«Ey, Navoiy» — jahon ochar ko‘zini,
Tilla tushgan kabi gadoy qo‘liga.

«Ey, Navoiy» — quyosh tushar samodan,
Ketar poy-piyoda ufqlar oralab.
Yurak entikadi toza havodan,
Metin dardlarini tilka-poralab.

Avlod-avlodlarga hamisha yor u,
Turli xalqlar aro raso qaddimiz.
«So‘zimni eshit», — deb bizlarga zor u,
«Biz ham zor», — deyishga bormi haddimiz?

Shukur Qurbon

@ShukurQurbon
👍11
  Яхшидир, ёмондир кўксимда ғамлар,       
                         Орангизда мен ҳам борман, одамлар.
                    Мен ҳам безовтаман, мен ҳам йиғлайман,
                    Ўчмасайди, дейман қалбдаги шамлар.

@ShukurQurbon
👏176😢3👍2