Antikor matbuot kotibi
525 subscribers
217 photos
50 videos
64 links
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi Sherzod Saparovning rasmiy sahifasi
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Norodnoye slovo" gazetasining 2024-yil 8-dekabr kungi (№ 250) sonida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov bilan "Порок, разъедающий общество" ("Jamiyatni yemiruvchi illat") mavzusida intervyu eʼlon qilindi.

Intervyuda quyidagi mavzularga alohida urg‘u berilgan:

Yangi O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatidagi o‘ziga xoslik nimada?

Davlat organlari faoliyatining ochiqligi qanday va qay darajada taʼminlanmoqda?

Komplayens-nazorat tizimi o‘zini oqlayaptimi?

Davlat xaridlarida korrupsiyaning oldini olish choralari yetarlimi?

"Halollik vaksinasi" davlat va jamiyatga nima uchun muhim?

Xalqaro maydonda mamlakatimiz aksilkorrupsiya siyosatiga qanday baho berilmoqda?

"Korrupsiyasiz jamiyat"ni barpo etish bizdan nimalarni talab etmoqda?

Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishing.

@SherzodSaparov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dunyo_korrupsiyaga_qarshi_kurashda

🇨🇳Sobiq bosh murabbiy poraxo‘rlikda ayblanib qamoqqa tashlandi

Xitoyning futbol bo‘yicha erkaklar terma jamoasining sobiq murabbiyi poraxo‘rlikda ayblanib, 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

2020-yil yanvaridan 2021-yil dekabrigacha milliy terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lgan Li mart oyida 16 million dollardan ortiq pora olganlikda aybini tan oldi.

Pora evaziga Li milliy terma jamoaga ma'lum shaxslarni tanlab olgan va futbol klublariga musobaqalarda g'olib chiqishga yordam bergan.

🇸🇦Saudiya Arabistoni: Korrupsiya bo'yicha hibsga olinganlar orasida ikki nafar sudya ham bor


Nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi (Nazaha) korrupsiyaga qarshi kurashish va hisobdorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari doirasida bir nechta hukumat amaldorlari, jumladan, ikki sudya hibsga olinganini e’lon qildi.

Bosh sud sudyasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda 19 million SRga teng moliyaviy nizoni hal qilish uchun va’da qilingan 1 million SRdan 670 000 SR olganligi uchun hibsga olindi. Ishda ishtirok etgan yana bir sudya ham hibsga olingan.

Nazaha tomonidan, shuningdek, chet ellik mahbusning deportatsiyasining oldini olish uchun kelishilgan 100 000 SRning 60 000 SRini olayotgan qamoqxona bosh boshqarmasining mayori ham ushlandi.

🇰🇬Sobiq vazir korrupsiyaga aloqadorlikda gumonlanib qo'lga olindi

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining sobiq rahbari va Jalolobod viloyatining sobiq hokimi Sulton Urmanayev korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olindi.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, Urmanayev 1995-yil dekabridan 1996-yil apreligacha “Qirg‘iztransavto” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi bo‘lib, ayrim mansabdor shaxslar ko‘magida davlat mablag‘lari hisobidan “Tokchuluk” davlat aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini sotib olgan va keyinchalik sobiq “Baliqchi” go‘sht kombinatining ko‘chmas mulk obyektlarini noqonuniy ravishda xususiy mulkka chiqargan.

Bugungi kunda yuqoridagi ko‘chmas mulkning qiymati 626 million somni (qariyb 93 mlrd so‘m) tashkil etadi.

🇮🇳Biznes poralarining 75 foizi yuridik, metrologiya, sog‘liqni saqlash sohalaridagi amaldorlarga berilgan

LocalCircles tomonidan o'tkazilgan so'rovga ko'ra, Hindistonda so'nggi 12 oy ichida biznes egalarining 70 foizga yaqini pora berganini tan olgan. Bu poralar asosan davlat amaldorlariga ruxsatnomalar, talablarga rioya qilish va shartnomalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish uchun to‘langan.

Poralarning umumiy qiymati pasaygan bo'lsa-da, so'rov natijalari shuni ko'rsatadiki, tadbirkorlik sub'ektlarining 54 foizi pora berishga majburlangan.

Huquq, metrologiya, oziq-ovqat, dori-darmon va sog'liqni saqlash kabi davlat idoralari poraxo'rlik talablari bo'yicha eng ko'p tilga olingan bo'lib, korxonalarning 75 foizi ushbu sohalardagi mansabdor shaxslarga to'lovlar amalga oshirilganini qayd etgan.

🇫🇷🇩🇪🇺🇸Poraxo‘rlik va korrupsiya bo‘yicha qo‘llanma 2025: Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQSH

Global Legal Insights tomonidan yaqinda "Pora va korrupsiyaga oid qonunlar hamda qoidalar 2025" kitobi nashr etildi.

Unda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQSHning mazkur sohadagi tajriba va amaliyoti haqida so'z boradi.

Har bir bob qonun va huquqni qo‘llash tartiblari, huquqni qo‘llash amaliyotii hamda kelajakda e’tibor qaratiladigan sohalar kabi muhim mavzularni qamrab oladi.

@SherzodSaparov
“O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati” aksiyadorlik jamiyati ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida AJning komplayens-xizmati tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha xalqaro standartlar talablari asosida 17 ichki idoraviy hujjat ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

AJ faoliyatiga oid 56 funksiya baholashdan o‘tkazilib, mavjud xavf-xatarlarni minimallashtirish choralari ko‘rilmoqda.

@SherzodSaparov
Universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaatga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish natijasida filialning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 mln so‘mlik ish haqini ortiqcha to‘lab yuborib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

@SherzodSaparov
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti professori Okuda Saorini Agentlik binosida qabul qildi.

Muloqot avvalida Akmal Burxanov O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Uchrashuvda Okuda Saori Nagoya universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha alohida magistratura dasturi tashkil etilganligini ma’lum qilib, dastur yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar Agentlik va Nagoya iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning rivojlantirish istiqbollarini kengaytirish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

@SherzodSaparov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etaman!

Yangi yil qutlug‘ va barakali kelib, har birimizning hayotimizda, jonajon yurtimizda yorqin lahzalar va unutilmas shodiyonlarga boy bo‘lishini tilayman!

@SherzodSaparov
Tanlovlarda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi aniqlandi

OAVda AT “Xalq banki” tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda o‘zaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik subyektlari ishtirok etganiga oid eʼlon qilingan materiallar o‘rganib chiqildi.

O‘rganishda tanlovlarda ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlari — g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Chinor” xususiy korxonasi va “Toshkent-Termiz-Qurilish” MCHJ haqiqatan ham o‘zaro affillangan shaxslarga tegishli ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Mazkur davlat xaridlari “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga zid ravishda o‘tkazilgan.

Agentlik tomonidan yuqoridagi qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida oldini olish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi.

@SherzodSaparov