Shahrisabz davlat pedagogika instituti
7.07K subscribers
18.9K photos
1.88K videos
227 files
8.61K links
Shahrisabz davlat pedagogika instituti rasmiy kanali
https://t.iss.one/ShDPIuz
Sayt https://shdpi.uz/uz
Admin @shdpi_matbuot
Matbuot kotibi @shdpi_matbuot
Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/iFFXXDHLDRRLocf3A
Download Telegram
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

Milliy libos - millat qiyofasi

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.


🏛 Shahrisabz davlat pedagogika institutida joriy yilning 10-yanvar kuni "Milliy libos - millat qiyofasi" nomli badiiy tadbir tashkil etildi.

👍Tadbir davomida milliy liboslarning tarixi, ularning turli hududlardagi o‘ziga xos xususiyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida milliy madaniyatimizga bo‘lgan hurmatni oshirishga qaratilgan sahna ko‘rinishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

Joriy yilning 17-yanvar kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Qizlarjon" klubi a'zolari vа talaba-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Ziyoda Aminova, viloyat IIB JHX HPB boshliģi o'rinbosari, podpolkovnik Zamira Rustamova, Shahrisabz shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'lim boshlig'i Muhayyo Almirzayeva hamda Institut Xotin-qizlar kengashi a'zolari ishtirok etishdi.

Muloqot davomida qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilaviy hayotga tayyorlash, erta turmushni oldini olish hamda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi. Shuningdek, chekka hududlardagi xotin-qizlarning ta'lim olishi va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi. Talaba-qizlarning fikr-mulohazalari, takliflari o'rganilib, ular yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish rejalashtirildi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

Joriy yilning 20-yanvar kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida turmush qurgan talaba-qizlarning qaynona onajonlari ishtirokida "Oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish" mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda talaba-qizlarning oilaviy holatlari, qaynona onajonlarning talaba kelinlariga institutda ta'lim olishlari uchun yaratib berayotgan shart-sharoitlari, imkoniyatlari haqida suhbatlashildi. Qaynona onajonlarimizning talaba kelinlarining ta'lim jarayonida institut tomonidan yaratilgan sharoitlar haqidagi iliq fikrlari tinglandi.

Shuningdek, Tarbiyachi-pedagog U.Qurbonova, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi G.Bahodirova, psixolog D.Ismoilova va namunali qaynonalardan N. Xamrayevalar so'zga chiqib, qaynonalarga talaba-kelinlarni qo'llab-quvvatlash, oilada o'qishlari uchun yetarli sharoitlar yaratib berishlari uchun tavsiyalar berdilar.

Uchrashuv so'nggida eng namunali qaynona onajonlarga institut rektorining tashakkurnomalari taqdim etildi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥2👌1
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

"Ilmli o‘g‘il – ota-onasiga tirgak bo‘lsa, ilmli qiz – butun millat tayanchidir".
Saida Mirziyoyeva.

Joriy yilning 22-yanvarida Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Ilmli qizlar – jamiyat kelajagi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Ushbu seminar-treningda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor A.Abduraxmonov, Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Sh.G’aniyeva, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig’i D.Qo’qonboyevalar tomonidan talaba-qizlarga maqola yozish talablari, xalqaro grantlar: mablag’ jalb qilish va loyiha yozish usullari, iqtidorli talabalarni saralash va ularni davlat stipendiyalari tanloviga tayyorlash bo’yicha ma’lumotlar berildi.

🫥 Talabalarni kelajakda ilmiy faoliyatga jalb qilish, ularning salohiyatini rivojlantirishga yordam berish va jamiyatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan seminar-treningda yoshlar o'zlari uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi
🏛 Joriy yilning 25-yanvar kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutining Tillar fakultetida xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida sportning shaxmat va shashka turlari bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Musobaqa qizg'in bahslarga boy bo'ldi. Shaxmat bo'yicha o'tkazilgan bahslarda Xorijiy til amaliyoti kafedrasi hamda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi, shashka bo'yicha o'tkazilgan bahslarda Rus tili va adabiyoti hamda Xorijiy til nazariyasi kafedrasi xotin-qizlari faol ishtirok etdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👌2🏆2
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

Zamonaviy talaba-qiz nafaqat o‘z sohasining yetuk mutaxassisi, balki keng dunyoqarashga ega, intellektual salohiyatli va ilmiy fikrlashga asoslangan qarorlar qabul qila oladigan shaxs sifatida shakllanadi. Ma’rifatli ayol jamiyat taraqqiyotiga nafaqat kasbiy faoliyati bilan, balki kelajak avlodni tarbiyalash jarayonida ham muhim hissa qo‘shadi.


2025-yil 29-yanvar kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida 1-bosqich magistrantlari uchun “Bilimli qizlar – yorug‘ kelajak asoschisi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbirda Institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G. Bahodirova, Axborot-resurs markazi mudiri M. Jabborova hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i D. Qo‘qonboyevalar ishtirok etdilar.

🎓 Seminar davomida magistrantlarga ilmiy faoliyat bilan samarali shug‘ullanish usullari, jumladan, Web of Science, EBSCOhost va ProQuest kabi xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga nomzodlik jarayoni, ilmiy maqolalar hamda dissertatsiya yozish talablari yuzasidan muhim metodik tavsiyalar taqdim etildi.

🔘 Tadbir interfaol shaklda o‘tib, magistrantlarning ilmiy izlanishlar bilan bog‘liq qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Ishtirokchilar kasbiy va ilmiy faoliyatlari uchun muhim bo‘lgan nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍153
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

👦 Bugun 13-fevral kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutining Ijtimoiy fanlar fakultetida "Olima ayollar - millat kelajagining tarbiyachisi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🔘 Davra suhbati davomida jamiyat taraqqiyotida ayollarning o‘rni, ularning ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi, zamonaviy ta’lim tizimida xotin-qizlarning faolligini oshirish masalalari haqida fikr almashildi.

📑 Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan ayollarning bilimli bo‘lishi nafaqat oilaviy hayotda, balki butun jamiyatning rivojlanishida muhim omil ekani ta’kidlandi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122🔥2
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

🏛 Joriy yilning 14-fevral kuni "Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi" haftaligi doirasida Shahrisabz davlat pedagogika institutining Tillar fakultetida "Olima ayollarning ta'lim va fandagi yutuqlari" mavzusida ilmiy seminar hamda Ijtimoiy fanlar fakultetida esa "Olima ayollar - e'tiborda" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Seminar davomida ta’lim va fan sohasida yuksak natijalarga erishgan olima ayollarning ilmiy faoliyati, ularning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida ma’ruzalar tinglandi.

🟠Shuningdek, tadbirda ayol pedagog va olimalar muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashildi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏31
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

🫥 Joriy yilning 25-fevral kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida talaba xotin-qizlarning mafkuraviy immunitetini muhtahkamlash hamda turli g'oyaviy oqim va guruhlardan himoyalanishi maqsadida "Jaholatga qarshi ma'rifat" nomli seminar tashkil etildi.

Seminarda Xoja Buxoriy islom ta'lim muassasasi o'qituvchisi O.Qodirov, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi G.Bahodirova va institut psixologi D.Ismoilovalar ma'ruza qilishdi. G'arb ta'sirida kirib kelayotgan yot g'oyalarga qarshi kurashish uchun jamiyatda xotin-qizlarning ilmli, ma'rifatli bo'lishlari muhim ekanligi, Sharq ayoliga xos axloq, milliy etikaga rioya qilish masalalari haqida fikrlar almashildi. Talaba qizlar o'zlarini mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi 
#kitobxon_ona_kitobxon_bola                                                          
👩 Joriy yilning 11-mart kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashining tashabbusi bilan oilaviy kitobxonlikni targ'ib qilish hamda ona va qizlarni yanada yaqinlashtirish, jamiyatda xotin-qizlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida "Kitobxon ona - kitobxon bola" nomli ma'naviy-ma'rifiy tanlov o'tkazildi.

📚Tanlovda talaba-qizlar onalari bilan bir jamoa bo'lib tavsiya etilgan kitoblar yuzasidan ikkita shart bo'yicha o'zaro bellashdilar. Bahslarda onalar va qizlarning yakdilligi, ularning kitobsevarligi namoyon bo'ldi.                              

⭐️Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin Toshpo'lotova Marjona Filologiya fakulteti talabasi
2-o'rin Qo'ziyeva Shahribonu Pedagogika fakulteti talabasi
3-o'rin Arslonova Shahrizoda Filologiya fakulteti talabasi
faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdi.                           

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🎉32👏2👌1🏆1
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

⚡️Salomatlik va faollik sari

Bugun 2-aprelda Filologiya fakultetida Xotin-qizlar maslahat kengashining tashabbusi bilan talaba-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda sport bilan shug'ullanishni rivojlantirish maqsadida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash, o‘qish jarayonida yuqori samaradorlikka erishish hamda jamoadagi ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz |
👍6
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

2025-yil 7-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Erta tug'ruq va erta nikohni oldini olish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Bahodirova, xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori G.Muhammadiyeva, psixolog D.Ismoilova, Shahrisabz shahridagi 2-maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Hayitova, Qorasuv mahallasi xotin-qizlar faoli Ch.Ruziyeva hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida erta nikoh va uning salbiy oqibatlari, qizlarning jismoniy va ruhiy salomatligiga ta’siri, erta tug‘ruqning sog‘liq uchun xavflari haqida atroflicha fikr yuritildi. Psixologik maslahatlar, hayotiy misollar va savol-javoblar asosida o‘tgan davra suhbati talabalarda qiziqish uyg‘otdi. Davra suhbati yakunida qizlarga mavzuga doir videorolik namoyish etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
👍71
#TTJga_tashrif #Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

Joriy yilning 22-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Bahodirova hamda Til va adabiyot kafedrasi dotsenti v.b. M.Mo'minova tomonidan talabalar turar joyidagi talaba-qizlar yashash sharoitlari o'rganildi.

🗣Qizlarga shaxsiy gigiyena va odob -axloq qoidalari,  saranjom -sarishtalik, bo'sh vaqtdan unumli foydalanish, to'garaklarga qatnashish, kitob o'qish,  umumiy tartib- qoidalarga rioya qilish haqida tavsiyalar berildi.

⚡️Talaba-qizlarning muammo va takliflari yuzasidan dildan suhbat qilindi,  tegishli tavsiyalar,  maslahatlar berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
👍5
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi #Davra_suhbati

Joriy yilning 30-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Oʻz kelajagimizga befarq boʻlmaylik!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga zamonaviy ayolning jamiyatdagi o‘rni, uning ta’lim olish, kasb egallash, oila va jamiyat oldidagi mas’uliyatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan xotin-qizlarning huquqiy himoyasi, psixologik barqarorligi va ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, hayotiy rejalar, kasb tanlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari yuzasidan savollarga javoblar oldilar.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
4🎉1
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

2025-yil 4-iyun kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Norbaboyeva tashabbusi bilan “Rahbar ayol imiji” mavzusida talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Batafsil

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
👍54
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

Joriy yilning 5-iyun kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Farovon oila sari” shiori ostida oila birdamligini saqlash, farzandlarni sog’lom kamol toptirish, oilaga bo’lgan hurmatni oshirish va milliy qadriyatlarimizni targ’ib qilish maqsadida “Baxtli oila – yurt tayanchi” mavzusida tanlov tashkil etildi.

👉 Batafsil

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
🏆93👏1👌1
#Milliy_liboslar_kuni
#Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

2025-yil 13-iyun kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Norbaboyeva tashabbusi bilan “O‘zbegim – o‘zligim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida xalq og‘zaki ijodi, milliy urf-odatlarga hurmat va qiziqishni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.


Dastur doirasida o‘zbek xalq og‘zaki ijodining yorqin namunalari – lapar va aytishuvlar jonli ijro etildi. Bundan tashqari, milliy o‘zlikni ifoda etuvchi “Milliy liboslar ko‘rgazmasi” ham tashkil etilib, unda turli hududlarga xos kiyim-kechaklar, naqsh va bezaklar namoyish etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
👍112🎉1
#Dolzarb_90_kun #Xotin_qizlar_maslahat_kengashi

2025-yil 17-iyun kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Norbaboyeva va tyutor S. Anorbayevalar tomonidan Sohibqiron mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqa "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida o‘tkazildi va talabalarning aqliy salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish, ularda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim omil bo‘ldi. Musobaqa davomida talaba-qizlar o‘z intellektual salohiyatlarini namoyon etishdi, har bir o‘yinda bilim, sabr-toqat va zukkolik muhim rol o‘ynadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
4👍2🎉2
Forwarded from Edu.uz
#qabul2025 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz

Joriy yil
xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)

Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:

Unga ko‘ra:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4👏1
Forwarded from Edu.uz
#qabul2025 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz

Joriy yil
xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)

Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:

Unga ko‘ra:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1