Shahrisabz davlat pedagogika instituti
7.07K subscribers
18.9K photos
1.88K videos
227 files
8.62K links
Shahrisabz davlat pedagogika instituti rasmiy kanali
https://t.iss.one/ShDPIuz
Sayt https://shdpi.uz/uz
Admin @shdpi_matbuot
Matbuot kotibi @shdpi_matbuot
Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/iFFXXDHLDRRLocf3A
Download Telegram
#Seminar_trening

Joriy yilning 19-dekabr sanasida Shahrisabz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasi, Shahrisabz shahar maktabgacha va maktab ta"limi bo'limi tasarrufidagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida malakaviy amaliyot yakuniga bag'ishlab tashkilot ma'muriyati bilan birgalikda seminar-trening mashg'uloti o'tkazildi.

🫥 Seminar-trening mashg‘uloti davomida talabalar tomonidan malakaviy amaliyot davomida o‘rganilgan nazariy va amaliy bilimlar namoyish etildi. Mashg‘ulot davomida talabalar bolalar bilan ishlash metodikasi, ta’lim jarayonini tashkil etish va rivojlantiruvchi o‘yinlar orqali bilim berish bo‘yicha tajribalarini amaliy tarzda ko‘rsatishdi. Ularning ijodiy ishlanmalari, qo‘l mehnati namunalaridan iborat ko‘rgazmalar tashkil etildi.

👦 Seminar yakunida kafedra mudiri va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari amaliyot natijalarini yuqori baholab, talabalarga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladilar.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Seminar

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilib, ularning kasbiy mahoratni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔮 Mazkur seminarlar doirasida pedagoglar o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy metodik yondashuvlar asosida samarali tashkil etish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda.

🔘 Bu kabi o'quv-seminarlar fakultetlar miqyosida tashkil etilmoqda.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112
#Seminar

2025-yil 7-yanvar kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar uchun “Ta’lim sohasida moliyalashtirish: Xalqaro donor tashkilotlarining roli va imkoniyatlari” mavzusida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A. Abdurahmonov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh. G‘aniyeva mahalliy va xalqaro grantlarda ishtirok etish, shuningdek, ilmiy, amaliy va fundamental loyihalarni yozish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdilar.

🫥 Xususan, ta'lim sohasida moliyalashtirishning dolzarb jihatlari, grant dasturlaridan samarali foydalanish strategiyalari va loyiha hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar muhokama qilindi.

🟠Tadbir ishtirokchilari grant loyihalarini ishlab chiqish jarayonida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, jumladan, loyiha maqsadi va vazifalarini aniq belgilash, innovatsion yondashuvlarni qo‘llash hamda xalqaro standartlarga mos yozish usullarini o‘rgandilar.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥1
#Seminar_trening

Joriy yilning 27-yanvar kuni Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtiriladigan Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi hamda BMTTDning “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida "Yoshlar markazi" binosida xorijiy mentorlar va Sharisabz davlat pedagogika institutining professor-o'qituvchilari hamkorligida 4 kunlik seminar-treninglarga start berildi.

🟡Ushbu seminarda 100 nafar xunarmand va vaqtincha ishsiz Xotin-qizlarga elektron tijorat hamda elektron tijoriy platformalarda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha mahorat mashg'ulotlari olib borilmoqda.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1121
#Seminar_trening

💠 Joriy yilning 17-fevral kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan "Bo‘lajak olim tanlovi va startap loyihalar" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

👦 Seminar davomida institutda talabalar ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan startap ilmiy loyihalar tanlovlari, “Istiqbolli startap loyihalar” dasturining o‘tkazilish tartibi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, “Bo’lajak olim” tanlovi va ushbu tanlov uchun loyihalarni taqdim etish yuzasidan muhim tavsiyalar berilib, talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #malaka_oshirish #maʼnaviyat

Oliy ta’lim muassasalari prorektorlarining siyosiy-ma’naviy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi hamkorligida hududlardagi oliy ta’lim muassasalari prorektorlarining siyosiy-ma’naviy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Mazkur kurslarda respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari ishtirok etmoqda. Ushbu tashabbus ularning professionallik darajasini yanada oshirish, zamonaviy siyosiy va ijtimoiy jarayonlarga mos ravishda ma’naviy-ma’rifiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Malaka oshirish kurslari doirasida prorektorlar oliy ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish va yoshlar bilan ishlashning zamonaviy uslublari bo‘yicha muhim ma’ruzalar va seminar-treninglarda ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍61🔥1🎉1
#Seminar

2025-yil 6-mart kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Startap loyihalar va ularni amaliyotga joriy etish” mavzusida o'quv-seminar tashkil etildi. Ushbu seminar Inkubatsiya dasturi asosida talabalardan iborat mentorlar ishtirokida bo’lib o’tdi. 

🔘 Seminarda talabalar startap loyihalar, ularni shakllantirish, loyihalarni tanlovlarga berish hamda biznes rejalarni tuzish to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1
#seminar

🏛 2025-yil 14-mart kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Xalqaro ma'lumotlar bazasi Pivort-RP orqali olimlarni ilmiy ekspertizaga jalb qilish" mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv-seminar o‘tkaziladi. Ushbu seminarni Institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Alijon Abduraxmanov ochib, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida xalqaro ma’lumotlar bazalarining o‘rni va ilmiy ekspertiza tizimining ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

💠 Seminarda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalari va grantlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Davron Lutfullayev, Ilmiy ekspertiza departamenti boshlig‘i Xusanjon Zaripov zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va uning ekspertiza tizimidagi o‘rni, imkoniyatlari va afzalliklari, ilmiy maqolalar, loyiha takliflarini xalqaro ekspertiza talablariga muvofiq tayyorlash, ularni yuqori baholanishi uchun zarur bo‘lgan metodik yondashuv hamda ko‘nikmalar haqida ma'lumotlar berishdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
#seminar_trening

🏛Shahrisabz davlat pedagogika institutida 13-25-mart kunlari belgilangan reja-grafik bo'yicha "Navro'z - qadriyatlar beshigi" mavzusida Pedagogika, Filologiya, Ijtimoiy fanlar fakultetlarida seminar-trening mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Seminar-treningda milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash, ularning tarbiyaviy ahamiyati hamda yosh avlod ongida vatanparvarlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish borasidagi ahamiyati haqida ma'lumotlar berildi.

🌎 Qizg‘in bahs-munozaralar, interaktiv mashg‘ulotlar va psixologik treninglar asosida seminar ishtirokchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1👏1
#seminar

Joriy yilning 8-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida Erasmus+ haftaligi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) va Oliy Ta’lim Islohoti Ekspertlari (HEREs) tomonidan Erasmus+ dasturining maqsad va vazifalari, undan foydalanish yo‘llari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik imkoniyatlari keng yoritildi.

Xususan, seminar davomida Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli loyihalar, xalqaro tajriba almashinuvi natijalari va kelgusidagi rejalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, dastur imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish yo‘llarini muhokama qilish imkonini berdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
👍41
#seminar_trening

2025-yil 10-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Maktab ta’limidagi islohotlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Sanayev hamda Pedagogika fakulteti katta o‘qituvchisi U. G‘oyimov ishtirok etib, institut professor-o‘qituvchilariga mazkur yo‘nalishdagi dolzarb yangilik va islohotlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdilar.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-73-sonli “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar keng yoritildi.

👉 Batafsil

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
👍6
#seminar_trening

Shahrisabz davlat pedagogika institutining Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi talabalariga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari, respublika miqyosidagi tanlovlar hamda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening davomida talabalar stipendiyalarni qo‘lga kiritish tartibi, ariza topshirish bosqichlari, zarur hujjatlar ro‘yxati va baholash mezonlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, ilmiy maqola yozish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish, tanlov va konferensiyalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
👍5
#seminar_trening

Bugun 15-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Baxtiyor oila — jamiyat poydevori” mavzusida mazmunli seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda oila institutining jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarning ahamiyati, zamonaviy oilalarda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida atroflicha fikr almashildi. Oila mavzusiga oid adabiyotlar, ularning yoshlar ma’naviyati va tarbiyasiga ta’siri yuzasidan ham muhim tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida psixolog tomonidan psixologik trening ham o‘tkazilib, unda o‘zaro ishonch, mehr-oqibat, muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalari kabi muhim jihatlar amaliy mashg‘ulotlar orqali yoritib berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
👍7
#Seminar

Joriy yilning 19-20-may kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida
“Xotin-qizlar huquqi va xavfsizligi: Zamonaviy tahdidlar va yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari boʻlib oʻtmoqda.

Seminar doirasida xotin-qizlarning huquqiy himoyasi, ular oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni takomillashtirish, buzgʻunchi va yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, milliy, diniy va umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etish mexanizmlari, ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar, tizimli chora-tadbirlar hamda ijtimoiy tashabbuslarning ahamiyati yuzasidan fikrlar almashilmoqda.

Ushbu seminarda yurtimizning barcha oliy ta'lim muassasalari Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari qatorida Shahrisabz davlat pedagogika institutining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Bahodirova ham ishtirok etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
👍12
#seminar_trening

2025-yil 20-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida "OIV/OITSni oldini olish va uning salbiy oqibatlari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Batafsil

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
👍61
#Seminar_trening

Shahrisabz davlat pedagogika institutining Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi InnoX dasturiga bag‘ishlangan startap-seminar trening an samarali ishlash ko‘nikmalarini chuqur o‘zlashtirishdi.tashkil etildi.

📌 Mazkur trening davomida ishtirokchilar startap g‘oyalarini shakllantirish bosqichlari, biznes-reja tuzishning asosiy tamoyillari hamda innovatsion fikrlash va jamoa bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini chuqur o‘zlashtirishdi.


🔹 Tadbir institutning iqtidorli talabalari uchun o‘z innovatsion g‘oya va tashabbuslarini rivojlantirish, ularni amaliyotga tadbiq etish hamda startap loyihalarni ishlab chiqish yo‘lida muhim o‘quv-amaliy maydon bo‘lib xizmat qildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
31
#Seminar_trening #Dolzarb_90_kun

“Bir talabaga – bir loyiha” akseleratsiya dasturi “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

2025-yil 12-iyul kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutining Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi va Qarshi yoshlar texnoparki tashabbusi bilan navbatdagi "An’anaviy biznes va startap farqlari" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Trening davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi:
🔹 Startap g‘oyasini shakllantirish bosqichlari
🔹 An’anaviy biznes va startaplar o‘rtasidagi farqlar
🔹 Biznes-reja tuzishning asosiy tamoyillari
🔹 Innovatsion fikrlash asoslari
🔹 Samarali jamoaviy ish yuritish ko‘nikmalari

📣 "INNOX" o‘quv dasturi doirasida Shahrisabz davlat pedagogika instituti barcha talabalarini ushbu muhim loyihalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
7
#Dolzarb_90_kun #Seminar_trening

Shahrisabz davlat pedagogika institutining Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi va Qashqadaryo Yoshlar texnoparki o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida, Yoshlar Akademiyasi tashabbusi bilan "Dolzarb 90 kun" doirasida institut liderlari hamkorligida “InnoX” biznes inkubatori doirasida joriy yilning 19-iyul kuni seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu treningda o'qituvchilar, iqtidorli talabalar hamda maktab o'quvchilari ishtirok etib quyidagi yo'nalishlar bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'lishdi:
—Loyihada shaxsiy brendning roli;
—Moliyaviy rejalashtirish;
—Byudjetni boshqarish;
—Startap loyihalarda hamkorlik qurish


Mazkur seminar-treningda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda startap yaratish bo'yicha ma'lumotga ega bo'ldilar.

Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun biz bilan qoling!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz |
6
#Seminar

Yoshlarning mahalliy boshqaruvdagi roli va kelajak kasblari


Joriy yilning 26-iyul kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamda Zingiron mahallasi Yoshlar markazi hamkorligida “Yoshlarning mahalliy boshqaruvdagi roli va kelajak kasblari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirga Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashi kotibiyati mudiri D. Yorov, Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari A. Ahmedov hamda F-ZONE o‘quv markazi rahbari, logistika sohasi mutaxassisi E. Muzrofjonovlar mahalliy boshqaruvdagi yoshlarning faolligi, kengash qarorlarida ularning ishtiroki, yoshlar maslahat guruhlarining vazifalari, kelajakda talab yuqori bo‘lgan kasblar, xususan logistika va innovatsion sohalar haqida ma’lumotlar berdilar. Tadbir ochiq muloqot, savol-javob va amaliy tavsiyalar bilan davom etdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
4
#Dolzarb_90_kun #Seminar_trening

2025-yil 26-iyul kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi va Yoshlar akademiyasi tashabbusi bilan Qashqadaryo Yoshlar texnoparki o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida muhim tadbir tashkil etildi.

“Dolzarb 90 kun” doirasida o‘tkazilgan mazkur seminar-trening “InnoX” biznes inkubator dasturiga asoslangan holda tashkil etilib, unda iqtidorli talabalar ishtirokida innovatsion g‘oyalarni ilgari surish, startap loyihalarni rivojlantirish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda o‘qish, malaka oshirish va ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha tanlovlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilarga ariza topshirish tartibi, talablar va imkoniyatlar haqida amaliy tavsiyalar berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
1🏆1