Shahrisabz davlat pedagogika instituti
7.08K subscribers
19K photos
1.88K videos
227 files
8.63K links
Shahrisabz davlat pedagogika instituti rasmiy kanali
https://t.iss.one/ShDPIuz
Sayt https://shdpi.uz/uz
Admin @shdpi_matbuot
Matbuot kotibi @shdpi_matbuot
Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/iFFXXDHLDRRLocf3A
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur #541_yilligi

🔹Bobur 12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan. U qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun kurashishga majbur boʻldi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | shdpi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍9
Shaxobiddin Allamurodov
Zahiriddin Muhammad Bobur
#Bobur #541_yilligi
#talaba_ijodi

G'azal Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabasi Shaxobiddin Allamurodov tomonidan o'qildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | shdpi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👏72👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur #541_yilligi

O‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, "Buyuk Boburiylar sulolasi" asoschisi Zahiriddin Muhammad
Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlanadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | shdpi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍7
#Bobur #541_yilligi

BOBUR IJODI - BOQIY MA'NAVIY ME'ROS

Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo 1483-yil 14-fevral – 1530-yil 26-dekabr) − oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh. Amir Temur avlodlaridan boʻlgan Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari, ruboiylari hamon sevib oʻqilmoqda.


Joriy yilning 14-fevral kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Bobur ijodi - boqiy ma'naviy me'ros" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Batafsil:👉https://shdpi.uz/oz/yangilik/bibmm1707908210

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | shdpi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍8
#Bobur #541_yilligi

SHOH VA SHOIR

Joriy yilning 14-fevral kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari Shahrisabz shahar hokimligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Shoh va shoir" nomli ma'naviy - ma'rifiy tadbirda ishtirok etdilar.

Tadbirda Institutning Tillar fakulteti dekani, dotsent A.Muhammadiyev, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Bobojonov, kafedra katta o'qituvchilari G.Bahodirova, M.Norboboyeva, M.Mo'minovalar tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan aytib o'tilgan ilmiy-nazariy ma'lumotlar, o'qib berilgan g'azal namunalari barcha tinglovchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | shdpi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍2🤩2
#Bobur #541_yilligi
#TTJ_tadbir

Joriy yilning 14-fevral kuni 2-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar o'rtasida "SHOIRLIGI SHOHLIGIDAN, SHOHLIGI SHOIRLIGIDAN ULUG" nomli bellashuv tadbiri tashkil etildi.
Unda talabalar ikki guruhga "Bobur izdoshlari" va "Nazm shaydolari" nomi bilan uch shart asosida o'zlarining iqtidorlarini namoyon etdilar.

1-shart: G'azalxonlik
2-shart: Savol - javob
3-shart: Sahna ko'rinishi


Tadbir davomida ishtirokchilar Bobur siymosini aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, g‘azal va ruboiylardan namunalar tingladilar.
Bellashuvning yakuniy natijalariga ko'ra "Nazm shaydolari" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | shdpi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍4