Sevara Urinbayeva
2.54K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
Адолатпарвар ва маърифатли аёл - оила тимсоли

Адлия вазирлиги ҳузуридаги “Ўзархив” агентлиги томонидан Ўзбекистон Бадиий Академияси, Ўзбекистон Кинофотофоно ҳужжатлари миллий архиви ҳамда Тошкент Фотосуратлар уйи ҳамкорлигида анъанавий “Ўзбек аёли-ўтмиш, нафосат, келажак рамзи” III Республика Фотокўргазмаси ташкил этилди.

Бу йилги фотокўргазма “Адолатпарвар ва маърифатли аёл - оила тимсоли” мавзусида 8 март Халқаро-хотин қизлар куни муносабати билан 4-10 март кунлари ўтказилмоқда. Бугун ушбу кўргазманинг очилиш маросимида иштирок этдик.

Кўргазмада Ўзбекистон Кинофотофоно ҳужжатлар миллий архивида сақланаётган адолатли ва маърифатли аёлларнинг 100 дан ошиқ фотосуратлари намойиш этилди.

Кўргазма 10 мартгача давом этади. Албатта, боринг. Ўтмиш ва ҳозирги кун учрашган вақтни кўришга ошиқинг.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Ikki notarius litsenziyasi ikki oyga to‘xtatildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan boshqarma boshlig‘ining 2024-yil 4-martdagi tegishli buyrug‘i bilan Bulung‘ur tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Salimov va Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Qo‘shatovlarga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati joriy yil 4-martdan 2 oy muddatga to‘xtatildi.
#Adliya_hudud

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev adliya organlari faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri oʻrinbosari Namangan viloyatiga xizmat safari davomida Uychi tumani adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish, davlat xizmatlari markazi hamda FHDY boʻlimi va ularning arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, davlat xizmatchilari va fuqarolar bilan bo‘lib o'tgan muloqot davomida xodimlar va tashrif buyuruvchi fuqarolarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr va mulohazalar hamda takliflar tinglandi.
#Adliya_xabari

“Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro’yxatidan o’tkazildi


O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri yoshlar masalalari hisoblanadi. Mamlakat rahbari tomonidan 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yili deb e’lon qilingani ham bejiz emas. Shunga ko'ra, yoshlarning ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlarida ko‘maklashish va taraqqiyot yo‘lidagi ishlar uchun daxldorlik hissini oshirish yoshlarning qo'llab-quvvatlash borasida asosiy masalalaridan biridir.

Ayni shu maqsadda, Adliya vazirligi tomonidan “Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Tashkiltning asosiy maqsadi – o‘zbekistonlik til o‘rganuvchilariga xorijiy tillarni, xorijliklarga o‘zbek tilini tizimli va kreativ usulda o‘rgatish, sohaga doir o‘quv qo‘llanmalar, dasturlar, elektron va bosma darsliklar yaratish, yoshlarni bilim olishga undovchi videomahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat.

Tashkilot quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan:

- dunyo tillarini o‘zbek tili orqali o‘rgatishni qo ‘llab-quvvatlash;
- o‘zbekistonlik yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishni ta’minlash;
- xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari, til maktablari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- tillar marafonini tashkil etish va bu orqali har bir tilni loyiha doirasida mukammal egallagan foydalanuvchilarni izlab toppish, rag‘batlantirish va boshqalar.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari tadbirkorlar bilan muloqot o’tkazildi.


Adliya vaziri o’rinbosari X.Meliyev tomonidan Namangan shahridagi “Dashtbogʻ” hamda "Barkamol avlod" kichik sanoat zonasidagi  ishlab chiqaruvchi ma’suliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Tadbirkor va faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan muloqot davomida, ko‘plab ishchi oʻrin yaratgan trikotaj, poyabzal va mebel mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarga "Brend olishning afzalliklari hamda brendni ro‘yxatdan o‘tkazmay ishlashning huquqiy oqibatlari" haqida tushuntirishlar berildi. Shu joyning o'zida “Brend” olish bo‘yicha joyida ariza talabnomalar olindi.

Shuningdek, tadbirkorlarga o‘z soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda,  ularning muammo va takliflari o‘rganildi hamda mavjud masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Respublika ishchi guruhi Namangan shahridagi tadbirkorlari bilan uchrashdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev hamda Respublika ishchi guruh a’zolari mahalliy tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazdi.

Dastlab, ishchi guruh Namangan shahridagi tadbirkorlarining yirik loyihalari taqdimoti va ularni amalga oshirish yo‘lida uchrayotgan muammoli masalalari bilan tanishdi.

So‘ngra Namangan shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalarni keng jalb qilish, loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot jarayonida 100 ga yaqin tadbirkorlar tomonidan koʻtarilgan masalalar, taklif va tashabbuslarni oʻz vaqtida hal qilish boʻyicha masʼul mutasaddilarga topshiriq berildi.