Sevara Urinbayeva
2.5K subscribers
9.89K photos
1.17K videos
23 files
4.43K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_xabari

Muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida ta'minlash tartibi joriy etiladi

Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida qayd etildi. Tadbir qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida o‘tkazildi.

Batafsil👈🏻
DIQQAT EʼLON📣

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Oʻzbek ayoli - oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli an'anaviy III Respublika fotokoʻrgazmasiga taklif etamiz!

Joriy yilning 5-10-mart kunlari Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli an'anaviy III Respublika fotoko'rgazmasi tashkil etilmoqda.

Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi 5-mart kuni soat 11.00 da Toshkent Fotosuratlar uyida bo'lib o'tadi.

Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi, Toshkent shahri Istiqbol koʻchasi 4 uy.
Moʻljal: Toshkent kurantlari yonida.

📍Fotoko'rgazma 10-martgacha davom etadi.
Адолатпарвар ва маърифатли аёл - оила тимсоли

Адлия вазирлиги ҳузуридаги “Ўзархив” агентлиги томонидан Ўзбекистон Бадиий Академияси, Ўзбекистон Кинофотофоно ҳужжатлари миллий архиви ҳамда Тошкент Фотосуратлар уйи ҳамкорлигида анъанавий “Ўзбек аёли-ўтмиш, нафосат, келажак рамзи” III Республика Фотокўргазмаси ташкил этилди.

Бу йилги фотокўргазма “Адолатпарвар ва маърифатли аёл - оила тимсоли” мавзусида 8 март Халқаро-хотин қизлар куни муносабати билан 4-10 март кунлари ўтказилмоқда. Бугун ушбу кўргазманинг очилиш маросимида иштирок этдик.

Кўргазмада Ўзбекистон Кинофотофоно ҳужжатлар миллий архивида сақланаётган адолатли ва маърифатли аёлларнинг 100 дан ошиқ фотосуратлари намойиш этилди.

Кўргазма 10 мартгача давом этади. Албатта, боринг. Ўтмиш ва ҳозирги кун учрашган вақтни кўришга ошиқинг.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Ikki notarius litsenziyasi ikki oyga to‘xtatildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan boshqarma boshlig‘ining 2024-yil 4-martdagi tegishli buyrug‘i bilan Bulung‘ur tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Salimov va Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Qo‘shatovlarga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati joriy yil 4-martdan 2 oy muddatga to‘xtatildi.
#Adliya_hudud

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev adliya organlari faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri oʻrinbosari Namangan viloyatiga xizmat safari davomida Uychi tumani adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish, davlat xizmatlari markazi hamda FHDY boʻlimi va ularning arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, davlat xizmatchilari va fuqarolar bilan bo‘lib o'tgan muloqot davomida xodimlar va tashrif buyuruvchi fuqarolarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr va mulohazalar hamda takliflar tinglandi.
#Adliya_xabari

“Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro’yxatidan o’tkazildi


O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri yoshlar masalalari hisoblanadi. Mamlakat rahbari tomonidan 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yili deb e’lon qilingani ham bejiz emas. Shunga ko'ra, yoshlarning ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlarida ko‘maklashish va taraqqiyot yo‘lidagi ishlar uchun daxldorlik hissini oshirish yoshlarning qo'llab-quvvatlash borasida asosiy masalalaridan biridir.

Ayni shu maqsadda, Adliya vazirligi tomonidan “Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Tashkiltning asosiy maqsadi – o‘zbekistonlik til o‘rganuvchilariga xorijiy tillarni, xorijliklarga o‘zbek tilini tizimli va kreativ usulda o‘rgatish, sohaga doir o‘quv qo‘llanmalar, dasturlar, elektron va bosma darsliklar yaratish, yoshlarni bilim olishga undovchi videomahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat.

Tashkilot quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan:

- dunyo tillarini o‘zbek tili orqali o‘rgatishni qo ‘llab-quvvatlash;
- o‘zbekistonlik yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishni ta’minlash;
- xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari, til maktablari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- tillar marafonini tashkil etish va bu orqali har bir tilni loyiha doirasida mukammal egallagan foydalanuvchilarni izlab toppish, rag‘batlantirish va boshqalar.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi