Sevara Urinbayeva
2.6K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.4K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Ochiq_adliya

Adliyaga sayohat

Sharof Rashidovning shaxsiy yig‘majildi qayerda saqlanadi?

Amir Temurning qabri ochilganda nega hamma hayratdan yoqa ushlagan?

Ism yo familiyani pasport olish paytining o‘zida o‘zgartirish mumkinmi?

Adliya o‘zi nima ish qiladi?

Bular bugun, 6-yanvar kuni Samarqand shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida bo‘lib o‘tgan Ochiq eshiklar kunida kelib tushgan savollardan namunalar. Tadbirda shu va boshqa savollar ham ochiq qolmadi, ularga adliyachilar ko‘rgazmali tarzda javob berishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

Bugun, 6-yanvar kuni Adliya vazirligi tashabbusi bilan Ochiq eshiklar kuni Namangan viloyatida ham ko’tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosida o’tkazilgan tadbirda 800 nafarga yaqin aholi va tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2023-yil 6-dekabrdagi 264-um-son buyrugʻiga asosan:
▫️Qoʻqon shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariuslar D.Atadjanovaga (litsenziya FA 0011, 2020-yil 21-aprel);
▫️Bogʻdod tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius D.Xoldarovga (litsenziya FA 0098, 2022-yil 22-sentabr);
▫️Farg‘ona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius X.Matsapayevga (litsenziya FA 0022, 2020-yil 21-aprel);
▫️Farg‘ona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius A.Axmedovga (litsenziya FA 0015, 2020-yil 21-aprel);
▫️Farg‘ona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius Sh.Bababekovaga (litsenziya FA 0017, 2020-yil 21-aprel) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi joriy yilning 30-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
▫️Toshloq tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius A.Fozilovga (litsenziya FA 0048, 2020-yil 21-aprel) va Farg‘ona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius B.Mulladjanovga (litsenziya FA 0021, 2020-yil 21-aprel) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi joriy yilning 30-dekabr kunidan 1 oy muddatga, biroq notarius faoliyatini tashkil etish uchun minimal talablarni bartaraf etgunga qadar toʻxtatilgan.
#Adliya_infografika

Давлат хизматлари марказлари томонидан кўрсатиладиган давлат хизматлари сонининг 2017-2023 йиллар кесимида ўсиш диаграммаси
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_табриги

Ҳурматли прокуратура органлари ходимлари!

Адлия вазирлиги Сизларни прокуратура органлари ташкил этилган кун муносабати билан самимий муборакбод этади.

Ҳуқуқий демократик давлат ва адолатли фуқаролик жамиятини қуриш, инсон ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилиш йўлидаги шарафли ва фидокорона фаолиятингизда ҳамиша муваффақият ёр бўлсин!

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#kun_tarixi

📌8-yanvar — O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topgan kun!

📝1958-yil. Toshkent. Delegatsiya a'zolari O‘zbekiston SSR adliya vaziri X.S.Sulaymonova bilan suhbat chog‘ida.

📜Ushbu fotohujjat O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanmoqda.