Sevara Urinbayeva
2.59K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.4K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Oqila ayollar harakati faoliyatini rivojlantirishda NNTlar roli” mavzusida ayollar forumi tashkil etildi.

🔹 Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning pensiya miqdori oshirib berildi.

🔹 Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan pedagog xodimlarga 10 mln so‘mga yaqin imtihon topshirish xarajatlari qaytarilishi ta’minlandi.

🔹 Tomdida kadrlar bo‘yicha menejerlarga pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Konimex tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq ta’limi tizimi o‘qituvchilariga 70 mln so‘mga yaqin kompensatsiya undirib berildi.

🔹 Adliya vazirligining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir, Hazorasp, Xonqa tumanlarida ta'lim sohasi xodimlari uchun huquqiy tadbirlar o'tkazildi.

🔹 Qo‘rg‘ontepa tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan mahalla xodimlarining ustama pullari undirib berildi.

🔹 Marhamat tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 29 nafar mahalla raislarining o‘rinbosarlariga ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi.

🔹 Huquqiy aksiya samarasi: Paxtaobod tuman adliya bo‘limi 198 nafar pedagogning bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga ko‘maklashdi.

🔹 Paxtaobodlik huquqi poymol bo‘lgan 200 ga yaqin o‘qituvchi manfaati sud orqali tiklandi.

🔹 Sirdaryo viloyatida huquqiy aksiya samara berdi, 33 nafar xodimning ish haqi undirildi.

🔹 Yangihayot tuman adliya bo‘limi tomonidan 15 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining o‘rinbosarlariga ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi ko‘magida tibbiyot xodimining buzilgan huquqlari sud orqali tiklandi.

🔹 Yangiqo‘rg‘onda ijtimoiy aksiya doirasida o‘tkazilgan monitoringda tibbiyot xodimlariga 97 milliondan ortiq pul mablag‘lari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan 110 nafar xodimga 146 mln so‘m pul mablag‘lari to‘lab berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Jomboy tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan maktabgacha ta'lim xodimlariga 200 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Bulung‘ur tuman adliya bo‘limining sa'y-harakatlari bilan 53 nafar xodimlarga jami 112 mln so‘m o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilishi ta'minlandi.

🔹 Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan ta'lim tizimi xodimlariga 51 mln so‘mdan ortiq oylik ish haqlari va nafaqalar to‘lab berilishi ta'minlandi.

🔹 Baliqchi tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan "Toza hudud" DUK tuman filialining 21 nafar xodimlariga to'lab berilmagan ish haqilari sud buyrug'iga asosan undirilishi ta'minlandi.

🔹 Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan tibbiyot xodimlarining buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹 Qoʻqon shahar adliya boʻlimi tomonidan “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 30 nafar oʻqituvchilarning buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹 Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi yordami bilan o‘qituvchilar ustama pullarini olishdi.

🔹 Chust tuman adliya bo‘limi tomonidan aksiya doirasida murojaatlar hal etildi.

🔹 Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan bir guruh tibbiyot xodimlarining qonuniy manfaati himoya qilindi.

🔹 Namanganda shifokorlar va o‘qituvchilar manfaati yuzasidan sudga 479 millionlik da'vo kiritildi.

🔹 Kosonsoyda 54 nafar xodimga 111 million so‘m ish haqi kam to‘langani aniqlandi.

🔹 Huquqiy aksiya doirasida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi ko‘magi bilan 18 nafar xodimga 88 mln so‘m ustama pullari to‘lab berildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Nuroniylar ardog‘imizda” loyihasi tashkil etildi.

🔹 Uchquduq tumanida adliya bo‘limi tomonidan tadbirkorga 119 mlndan ortiq kompensatsiya undirib berildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Saylov qonunchiligi targ‘iboti dolzarb 30 kun” aksiyasi doirasida 100 dan ortiq xonadonlarga uyma-uy kirgan holda saylov qonunchiligi tushuntirildi.

🔹 Qiziltepa tumani hamda Zarafshon shahar adliya bo‘limlarining ta’sir choralari natijasida xalq ta’limi tizimi mas’ullariga mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan 20 mlnga yaqin pul mablag’lari undirib berilidi.

🔹 G'ozg'onda xotin-qizlar uchun seminar tashkil etildi.

🔹 Boyovut tuman adliya bo'limi tomonidan “Markaz” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o'tkazildi.

🔹 Yangiyer shahar adliya bo‘limi ko‘magi bilan 17 yillik muammo yechim topdi.

🔹 Kadrlar bo‘yicha menejerga ish haqi kam to‘langan, holatga Boyovut tumani adliya bo'limi aralashdi.

🔹 Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida Chilonzor tumani “Beshqo'rg'on” mahallasida fuqarolarning huquqiy muammolarini hal qilish yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv hamda seminar o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida ID-kartalarni rasmiylashtirish xizmati ishga tushdi.

Ushbu xizmatni sifatli ko‘rsatish uchun markazda barcha shart-sharoit yaratilgan bo‘lib, zarur texnik asbob-uskunalar olib kelinib, o‘rnatilgan. Muhimi, ushbu xizmatdan markaz orqali foydalanish istagida bo‘lganlar onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham elektron ariza berishlari mumkin. Hujjatni rasmiylashtirish muddati — 1 kun.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

80 ёшда туғилганлиги қайд қилинди

Инсон ҳаётда кўплаб муаммоларга дуч келади. Бунинг айбдори ва сабабчиси кўп ҳолатларда унинг ўзи бўлади. Вақтида амалга оширилмаган ишлар йиллар ўтиб, фуқарони турли оворагарчиликларига сабаб бўлиши мумкин.

Косонсой тумани “Озод” маҳалла фуқаролар йиғинида истиқомат қилувчи Мухторхон Дадахонов туман ФҲДЁ бўлимига ариза билан мурожаат қилди.

Унинг мурожаати ўрганилганда 1942 йилда туғилган фуқаро турли сабабларга кўра туғилганлик гувоҳномаси қайд этилмагани маълум бўлди.

Косонсой туман ФҲДЁ бўлими фуқаронинг аризасига мувофиқ биринчи марта туғилганлик гувоҳномаси қайд қилинди.
#Adliya_hudud #Adliya_aralashgach

⚡️287 миллион сўм зарар кўрган тадбиркор иши адлия аралашуви билан судда кўрилди

Навоий шаҳар адлия бўлимига касодга учраётган тадбиркорлардан бири мурожаат қилди. У “KIDS MAXI FOOD NAVOIY” МЧЖни бошқаради. Айтишича, бизнеси юришмаганига Навоий шаҳар мактабгача таълим бўлими сабабчи бўлган.

Тадбиркорнинг бу даргоҳ билан қандай олди бердиси бор, дерсиз?

2021 йилда мазкур МЧЖ Навоий шаҳридаги 1, 10, 20, 34-сонли мактабгача таълим ташкилотлари тарбияланувчиларига “аутсорсинг” тизими асосида овқатлантириш хизматини кўрсатиб келган.

Жамият 2021 йилда Навоий шаҳридаги 4 та мактабгача ташкилотига 3 миллиард сўмдан ортиқ хизматлар кўрсатган. Аммо Навоий шаҳар мактабгача таълим бўлими тадбиркорнинг 287 миллион 635 минг сўмлик кўрсатган хизматлари бўйича тўловларни орадан бир йил ўтибдики, жамият ҳисоб рақамига ўтказиб бермаган. Хуллас, агар табдиркор ҳақ-ҳуқуқини талаб қилмаса, 287 миллион сўмидан айрилади.

Мурожаат адлия органлари томонидан тўлиқ ўрганилди. Сўнгра Кармана туманлараро иқтисодий судига МЧЖ манфаатида даъво аризаси киритди. Тадбиркор фойдасига киритилган даъво аризаси суд томонидан қаноатлантирилди.

Қонунчилик нима дейди?

Фуқаролик кодексида ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш шартномаси бўйича ижрочи буюртмачининг топшириғи билан ашёвий шаклда бўлмаган хизматни бажариши, буюртмачи эса бу хизмат учун ҳақ тўлаш мажбуриятини олади.
Шунингдек, буюртмачи ўзига кўрсатилган хизматлар ҳақини ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш шартномасида кўрсатилган муддатларда ва тартибда тўлаши шартлиги қайд этилган.


Навоий шаҳар адлия бўлими
#Adliya_hudud

Endi Urgut tuman DXMda ham “prava”ni almashtirish mumkin

Adliya fuqarolarga qulayliklar yaratishda davom etadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urgut tuman Davlat xizmatlari markazida ham eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati ishga tushirildi.

BATAFSIL 👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

Adliya faxriylari holidan xabar olindi

Yurtimizda har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng miqyosda nishonlanadi. Tom ma'noda ushbu bayram asrlar davomida o‘lkamizni qaxramanona himoya qilgan, uning mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga, shuning barobarida, o‘z kasbining fidoyisi, vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan jonkuyar insonllarni qadrlash, ularning namunali hayot yo‘lini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan. Zotan, ularning ezgu ishlarini davom ettirish, qolaversa bugungi kunda safimizda bo‘lgan keksalarni e'zozlash ma'naviy xayotimizning ajralmas qismidir.

Xususan, adliya organlarida shakllangan xayrli an'anaga muvofiq 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tizimda uzoq yillar xizmat qilgan adliya faxriylari holidan xabar olindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Дори воситаларининг контрафакт нусхасини ноқонуний сотувга чиқарган тадбиркор аниқланди

Самарқандда “ВОБЭНЗИМ” ҳамда “WOBENZYM” номли дори маҳсулотларининг контрафакт нусхалари ҳуқуқ эгасининг розилигисиз дори-дармон воситалари савдоси билан шуғулланувчи масъулияти чекланган жамиятига тегишли дорихонада сотилаётганлиги аниқланди.

Ҳолат бўйича Самарқанд вилоят адлия бошқармаси компания раҳбарияти томонидан келиб тушган мурожаатдан келиб чиқиб юқорида номи келтирилган масъулияти чекланган жамият раҳбариятига тақдимнома киритди ва ушбу дори воситаларининг контрафакт нусхалари савдодан олиб ташланишига эришилди.

Батафсил ўқиш 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi: Jamoatchilik fikri biz uchun muhim

Adliya vazirligi masʼullari Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida bo‘lib, mazkur hududlardagi mahalliy OAV va jamoatchilik vakillari bilan muloqot o'tkazdi.

Shu bilan birga xizmat safari davomida viloyatlardagi Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan fuqarolarimizning sohada olib borilayotgan ishlar va yaratilgan qulayliklar borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
#Adliya_hudud

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev adliya organlari faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Namangan viloyatiga xizmat safari davomida Uychi tumani adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish, davlat xizmatlari markazi hamda FHDY boʻlimi va ularning arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, davlat xizmatchilari va fuqarolar bilan bo‘lib o'tgan muloqot davomida xodimlar va tashrif buyuruvchi fuqarolarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr va mulohazalar hamda takliflar tinglandi.
#adliya_hudud

44 YILLIK MUAMMO YECHIM TOPDI

Muborak tuman "O'zbekiston" mahallasida yashovchi fuqaro Davron Azamatov 44 yoshida ham tug'ilish guvohnomasini olmagan edi.

Fuqaroni ota - onasining hujjatlarida kamchilik bo'lgani bois vaqtida guvohnoma ololmagan fuqaro ko'p joylarda hujjat masalasida qiyinchiliklarga uchraganini aytadi.

Muborak tuman FHDY bo'limi tomonidan amaliy ko'mak berilib, sud tartibida ko'rib chiqildi.

Fuqaro Davron Azamatovga 44 yoshida tug'ilish guvohnomasi sayyor tartibda  yetkazib berildi.
#Adliya_hudud

53 YILLIK ORZULAR USHALDI

Koson tumanida yashovchi Dilbar Qurbonaliyeva 53 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz  yashab kelgan.

Qayd etilishicha, D.Qurbonaliyeva 1972 yilda tug‘ilgan, ammo ayrim sabablarga ko‘ra unga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilmagan.

Ta'kidlanishicha, fuqaroning onasi yoshligida ko‘p marotaba mutasaddi tashkilotlarga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilgan. Biroq onaning hujjatlarida kamchilik bo'lganligi sababli doim bir xil javob olgan.

Koson tuman FHDY bo'limi tomonidan mahallarda xatlovlar o'tkazilib,  fuqaroning guvohnomasi yo'qligi aniqlandi hamda bo'lim ish yurituviga olindi.

Koson tuman FHDY bo'limi yordami bilan Dilbar Qurbonaliyeva 53 yoshida tug'ilganlik guvohnomasini oldi.