Sevara Urinbayeva
2.53K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Xalqaro_intellektual_mulk_kuni

2019—2024-yillar kesimida intellektual mulk sohasiga oid 60 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqildi.

Ilk bor intellektual mulk sohasini rivojlantirishning milliy strategiyasi ishlab chiqildi. Sohadagi 3 ta xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilindi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan Adliya vazirligining Sanoat mulki muhofazasi portali ishlab chiqilib, ishga tushirildi.

@adliyangiliklari
#ОАВ_биз_ҳақимизда

Адлия вазири: интеллектуал мулк ҳимояси йўлида муаллифлар фойдасига бир миллиард сўм товон пули ундирилди

Интеллектуал мулк – ҳар бир давлат учун инновацион ва иқтисодий ўсишнинг асосий омили бўлиб хизмат қилади. Ўзбекистонда бу соҳа қандай тартибга солинган ва интеллектуал мулк эгалари қандай ҳимоя қилинади?

Бу ҳақда Ўзбекистон Адлия вазири Акбар Тошқулов билан суҳбатлашилди.

Батафсил: https://uza.uz/uz/posts/adliya-vaziri-intellektual-mulk-himoyasi-yolida-mualliflar-foydasiga-bir-milliard-som-tovon-puli-undirildi_592654
#Бу_муҳим

✔️ Қонунчиликка кўра, шахснинг яланғоч ҳолдаги фото- ва (ёки) видеотасвирини ўз ичига олган ахборотни унинг розилигисиз тарқатиш, шу жумладан ОАВда, телекоммуникация тармоқларида ёки интернетда тарқатиш ёхуд бундай ахборотни тарқатиш билан қўрқитиш БҲМнинг 400 бараваридан 600 бараваригача (136 млн сўмдан 204 млн сўмгача) миқдорда жарима ёки 360 соатгача мажбурий жамоат ишлари ёхуд 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади.
#Adliya_xalqaro_hamkorlik

Adliya vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka koʻmak berish” loyihasida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 26-aprel kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka koʻmak berish” loyihasi rahbari Christoph Kopecky oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv boshida Adliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Jumladan, hamkorlik doirasida ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirildi, O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi yangi qonuni loyihasi ishlab chiqildi, mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Janob Kopecky Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda, xususan maʼmuriy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarda Adliya vazirligining oʻrni muhim ekanligini bildirib, ushbu vazifalarni yanada samarali amalga oshirilishida Germaniya tomoni ko‘mak ko‘rsatishda davom etishini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka koʻmak berish” loyihasi doirasida 2024-yilga moʻljallangan hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturini imzoladilar.

Ushbu dasturda Fuqarolik kodeksi va “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirlarini ishlab chiqish, ma’muriy aktlarni sudgacha ko‘rib chiqish, o‘zgartirish hamda qisman yoki to‘liq bekor qilish sohasida tajriba almashish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari, Adliya vazirligi xodimlari, YUMOM hamda TDYU o‘qituvchilari va tinglovchilari uchun GIZ ekspertlari ishtirokida tadbirlar o‘tkazish va boshqalar nazarda tutilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

26-aprel kuni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Xalqaro intellektual mulk kuni”ga bag’ishlangan anjuman o‘tkazildi

Tadbir “Intellektual mulk va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish: umumiy kelajak manfaatlari uchun innovatsiya va ijodkorlik” shiori ostida bo‘lib o‘tdi

Anjumanda Respublikaning turli vazirliklardan vakillar, soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan fidoiylar, mutaxassislar ishtirok etishdi

Tadbirda mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida fikr bildirildi
#Xalqaro_intellektual_mulk_kuni

2021-yil 20-avgustda “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.

Unga koʻra, mualliflik va turdosh huquqlari egalariga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon pulini talab qilish tartibi joriy qilindi.

Shuningdek, mualliflik huquqini muhofaza qilish muddati 50 yildan 70 yilga uzaytirildi. Mazkur qonun qabul qilingandan soʻng mualliflar foydasiga bir milliard soʻm tovon puli undirildi.

Halol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2022-yil 2-fevralda “Intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu qonunga muvofiq intellektual mulk sohasidagi qonunbuzarlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan korporativ javobgarlik belgilash va ularga nisbatan BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha boʻlgan miqdorda moliyaviy jarimalar qoʻllash tartibi joriy qilindi.

@adliyangiliklari
Жаримага тортиш ҳақидаги қарор кеч берилса, уни тўламаслик мумкинми? Йўл-ҳаракати қоидалари бўйича ишларни кўриб чиқишдаги 7 муҳим жиҳат

Уч ой ўтгандан кейин жарима хабарномаси келиши қонунийми? Ҳайдовчи камерага тушса, жаримани ким тўлайди: машина эгасими ёки уни бошқарган одам? Қачон тезликни оширганлик учун жарима қўлланмайди? Маъмурий баённомани имзоламаслик мумкинми, имзоламаса, нима бўлади? Суд ҳуқуқбузар иштирокисиз унга жарима қўлласа ёки қарор унга кеч берилса, уни тўламаса ҳам бўладими? Умуман, агар қоидабузарга вақтида жазо берилмаса, кейинчалик жазолаш мумкинми?

Батафсил 👉 Ўқиш

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_OAV

Maxsus reportaj:Uy-joyni ijaraga olganda bilish lozim bo‘lgan qoidalar

00:00 — Kirish
01:10 — Ijara shartnomasi qanday va qancha muddatga tuziladi?
02:19 — Onlayn tarzda ijara shartnomasini rasmiylashtirish tartibi qanday?
03:48 — Hozirda mamlakatimizda ijara miqdori qancha etib belgilangan?
04:38 — Ko‘chmas mulkni ijaraga olgan fuqaro qancha soliq to‘laydi?
05:17 — Ijara shartnomasini tuzmasdan ko‘chmas mulkdan foydalanilsa qanday chora qo‘llaniladi?
06:24 — Ko‘chmas mulkini ijaraga beruvchi fuqarolar uchun qanday imtiyozlar bor?
06:51 — Ijaraga olingan uyni kim ta’mirlaydi?
07:45 — Ijara shartnomasi qanday holatlarda bekor qilinadi?
08:46 — Ijaraga olingan uyni boshqa kishiga ijaraga berish mumkinmi?
''Ҳуқуқий ахборот минбари''да  “Энергоресурслардан фойдаланганлик учун компенсация олиш” мавзусида экспертлар билан гаплашдик.

🎙Суҳбат спикерлари: Энергетика вазирлиги ҳамда Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги мутахассислари

Соҳа мутахассислари томонидан «Ёқилғи-энергетика соҳасида бозор механизмларини жорий этишнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида»ги Ҳукумат қарори мазмун-моҳияти ҳақида кенг жамоатчиликка тушунтириш берилди.

Подкастда Қарор билан  “ижтимоий норма” сифатида белгиланган 200 кв соат нимага асослангани, аҳолига ўтиш даврида қандай енгилликлар яратилаётгани, нархлар ўзгариши муносабати билан кам таъминланган ва эҳтиёжманд оилаларга қандай ижтимоий ёрдамлар кўрсатиш режалаштирилгани ҳақида маълумот берилди.

Батафсил 👉  https://www.youtube.com/embed/DB5k241eulA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktablar manfaati adliya organlari tomonidan himoya qilindi.

Maktablar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularda xorijiy tillarni o‘qitishning darajasi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog-o‘qituvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishini oshirish, o‘qitish sifati bo‘yicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga zamin yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM tasdiqlangan.

BATAFSIL👈🏻
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Қонунчиликка мувофиқ юридик ва жисмоний шахслар асарлардан фақат ҳуқуқ эгаси ёки бошқа ваколатли шахс билан тузилган шартномага биноан фойдаланишлари мумкин.

❗️ Асарлардан қонунга хилоф равишда фойдаланиш маъмурий жавобгарликни келтириб чиқаради ҳамда БҲМнинг 1 бараваридан 20 бараваригача жарима солинишига сабаб бўлади.

✔️ Шунингдек, муаллиф, турдош ҳуқуқлар эгаси ёки мутлақ ҳуқуқларнинг бошқа эгаси ҳуқуқбузардан БҲМнинг 20 бараваридан 1000 бараваригача бўлган товонни тўлашини талаб қилишга ҳақлидир.

⚠️ Бундан ташқари, тафаккур мулки объектига нисбатан муаллифлик ҳуқуқини ўзлаштириб олиш, ҳаммуаллифликка мажбурлаш жиноий жавобгарликка сабаб бўлади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#So'ragan_edingiz

Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma


⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi. 

💸 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:


a) davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari;

b) tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;

v) mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;

g) asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;

d) reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 kun.


🗓
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_videodaydjest

📹 Ўтган ҳафта давомида Адлия тизимида қандай муҳим воқеалар, ўзгаришлар рўй берди?

Улар ҳақида ҳафталик дайжести