#Adliya_va_yoshlar
Farg’ona viloyatida otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yagona yondashuvning namunaviy tajribasini shakllantirishga qaratilgan forum o’z ishini boshladi
Ayni damda Farg‘onada otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishga qaratilgan yoshlar forumi o‘tkazilmoqda.
Forumning dastlabki kunida Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, 6 ta huquq-tartibot va mudofaa tashkilotlari hamda O‘zbekiston mahallalalari uyushmasining rahbarlari va ekspertlari sohaga doir ma’ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda.
Jumladan, adliya vaziri o’rinbosari Sh. Rabiyev vazirlik tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Xususan #ziyo_ulash aksiyasi doirasida respublikadagi mahallalarda 213 ta kutubxona tashkil etilib, ular 60 mingga yaqin kitob, 155 ta kompyuter va 2 240 dan ortiq mebel jihozlari bilan ta’minlanganligi, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” shiori ostida 3 000 nafarga yaqin yoshlarning muzeylarga va tarixiy obidalarga tashrifi tashkil qilingani, Respublikadagi 902 ta mahallada yashovchi 260 330 nafar yosh ishtirokida 8 678 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilganligi aytib o’tildi.
Ma’lumot uchun: 29-30-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur forumda amalga oshirilgan ishlarni rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlar, shoʻbalardagi muhokamalarda tizimda aniqlangan muammolar tahlili va ularning yechimlariga qaratilgan munozaralar, Qo‘qon shahridagi 6 ta mahallalarda huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan chiqishlar qilinadi.