Sevara Urinbayeva
2.54K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi: Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda muhim bir qadam
5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi
 
O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga to‘liq integratsiyasini ta’minlash
va savdo munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu qonun bilan JSTning Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitimi talablariga muvofiq chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va mahalliy korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojining miqdori birxillashtirilgan holda BHMning 1 baravari miqdorida belgilanmoqda.

Shuningdek, milliy intellektual mulk tizimini JSTning Intellektual mulk huquqining savdo bilan bog‘liq jihatlari to‘g‘risidagi bitimi talablariga uyg‘unlashtirish maqsadida:

– hukumat tomonidan patent egasining ruxsatisiz undan foydalanishga ruxsat berish mumkin bo‘lgan aniq holatlar hamda ularga tovon puli to‘lanishini belgilab berish;

– o‘zga shaxsga tegishli sanoat mulki obyektidan (patentdan) jamoat manfaatlari uchun majburiy litsenziya asosida foydalanish huquqini olish va bunday foydalanganlik uchun patent egasiga mutanosib miqdorda tovon pulini to‘lanishiga oid alohida normalarni kiritish;

– patentlangan usuldan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan nizolarda isbotlash majburiyatini aniqlashtirish;

– insofsiz raqobat oqibatida ro‘yxatga olingan tovar belgilarini bekor qilish bo‘yicha da’vo muddatini bekor qilish;

– mahalliy va xorijiy talabnoma topshiruvchilarga intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir xil imkoniyat yaratish, xususan, patent boji miqdorlarini norezidentlar va rezidentlar uchun birxillashtirish, shuningdek, mazkur yangi stavkalarni jismoniy va yuridik shaxslar kesimida belgilash;

– ixtiro va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan patent bojining 90 foizi, ta’lim oluvchi shaxslarga, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarga 30 foizi, yuridik shaxs bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlariga va ilmiy tashkilotlarga 25 foizi miqdorida imtiyozlar berish;

– original dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, dori vositasini yaratish jarayonida o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijasida olinadigan klinik oldi va klinik sinovlar natijalarini himoya qilish;

– sanoat mulki obyektlaridan tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar
va boshqa favqulodda holatlarda foydalanilgan holatlarda ham huquq egasiga belgilangan miqdorda tovon puli to‘lanishni ko‘zda tutuvchi qoidalar kiritildi.
 
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy koʻmagida “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida bepul yuridik yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar uchun tanlov e’lon qilgan edi.

Tanlovda 20 ta nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar ishtirok etib, Baholash komissiyasining baholash natijalariga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:

“Yilning eng faol bepul yuridik yordam ko‘rsatgan nodavlat-notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti;
2-o‘rin – Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi;
3-o‘rin – Qashqadaryo viloyati “Yuksalish” axborot-maslahat markazi.

“Yilning eng faol yuridik klinikasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik klinikasi;
2-o‘rin – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi yuridik klinikasi;
3-o‘rin – Namangan viloyat yuridik texnikumi yuridik klinikasi.

Adliya vazirligi tanlovda faol ishtirok etgan barcha nodavlat-notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalarga o‘z minnatdorligini bildiradi va tanlov g‘oliblarini tabriklaydi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho axborot-kommunikatsiya jihozlari bilan taqdirlanadi. Tanlov g‘oliblari taqdirlash o‘tkaziladigan joy va vaqt haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

Murojaat uchun: (71) 207-04-51 ichki 1156

@adliyangiliklari
# Ochiq_adliya
#Sarhisob_2023

Adliya sarhisob: qiziq faktlar, gapiruvchi raqamlar

▶️e-qaror: mahalliy hokimlikning 25 foiz qarori yopiq holatda qabul qilingan;

▶️qadimgi hujjat: 8 asrlik kadastr hujjati;

▶️ haqorat, montaj (feyk) va otalikni belgilash bo‘yicha sud ekspertizasida Toshkent shahri yetakchi;

▶️kontrafaktning aksariyati oziq-ovqatga to‘g‘ri keladi;

▶️ Toshkent davlat yuridik universiteti halqaro TOP-500 ro‘yxatida;

▶️ 70 yoshdan keyin ota bo‘lganlar;

▶️ eng ko‘p egizak tug‘ilishi Farg‘onada;

▶️ o‘rtacha davlat xizmati ko‘rsatish vaqti-10 daqiqa;

▶️eng ko‘p ko‘rsatilgan davlat xizmati - yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;

▶️ ikki barobar ko‘p huquqiy xulosa berildi;

▶️ talabgor notarial harakat - er-xotin rozilik arizasi;

▶️ lex.uz da eng ko‘p tanishilgan hujjat - Konstitutsiya.

📣Adliya vazirligining 2023- yillik hisoboti bilan batafsil tanishish uchun👉🏻 https://adliya.uz/inner-page/vazirlik-faoliyatiga-oid-asosiy-korsatgichlar-va-s/adliya-vazirligining-2023-yildagi-hisoboti
#Sarhisob_2023

Норматив ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳаларининг жамоатчилик муҳокамасига оид муҳим кўрсаткичлар
#Sarhisob_2023

"Бор-барака, сотилди": сотилган энг қиммат ва энг арзон автомобиллар нархи
#Sarhisob_2023

✍️👶🏻👨‍👩‍👧‍👦 Олтмишвойлар, етмишвойлар, эгизаклар: ФҲДЁга оид энг қизиқ статистик маълумотлар
#Adliya_xabari

Adliya vaziri sayyor qabulda Andijon viloyati “Buvaydo" MFY aholisi murojaatlarini qabul qildi

Adliya vaziri A.Toshqulov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida Shahrixon tumanidagi “Buvaydo" MFYda aholi muammolarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul avvalida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashib, mahallani har tomonlama yanada rivojlantirish bo'yicha fikr almashdi.

Sayyor qabul davomida 40 nafar fuqarolar tinglanib, 8 nafar fuqarolarning muammolari joyida hal etildi, 18 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 14 nafar fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.

18 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
#Sarhisob_2023

✍️Саккиз асрлик кадастр: Ўзбекистон архивларида сақланаётган энг қадимий ҳужжатлар
Forwarded from Adliya xabarlari (Foziljon Jo‘raboyev)
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda chiqqan “Namanganda davlat xizmatlari markazi xodimi 1000 dollar olganda ushlandi” nomli xabarga rasmiy munosabat.

Adliya boshqarmasi tomonidan tizimdagi xodimlarga har tomonlama qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratib berilayotgan boʻlsada, ular orasida oʻz kasbiga, hamkasblariga va xalqiga xiyonat qiluvchi, adliya organi xodimi degan nomga dogʻ tushiruvchi xodimlar ham uchrab turibdi.

Davlat xavfsizlik xizmati va IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi sobiq xodimi X.R korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan vaqtda qoʻlga olingan.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan sobiq xodim X.R. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Namangan shahar DXM xodimidan korrupsiyaviy qoidabuzarliklar sodir etmaslik va sodir etgan taqdirda qoʻllaniladigan javobgarlik choralari yuzasidan ogohlantirish berilgan.

Hurmatli fuqarolar Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi hamda davlat xizmatlari markazlari xodimlar sizlarga xizmat koʻrsatish jarayonida shu kabi holatlar kuzatilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” qisqa raqamli “Ishonch telefoni” yoki @antikorbot Telegram kanali orqali maʼlum qilishingizni soʻraymiz.

Bu kabi jirkanch illatlarni oldini olishda Sizlarning hamkorligingiz biz uchun juda muhim.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Andijon viloyatdagi adliya tuzilmalari faoliyatini o‘rgandi

Adliya vaziri A.Toshqulov Andijon viloyati Shahrixon tuman adliya bo‘limi va Asaka tumani davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib, u yerdagi fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yaqindan o‘rgandi.

Davlat xizmatlari markazlariida fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy- texnik baza, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar burchagining mavjudligini ko‘zdan kechirdi.

Bundan tashqari, xodimlar bilan suhbatlashib, ular tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va mulohazalarini eshitib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
#Adliya_xalqaro_hamkorlik

Адлия вазирлиги ва БМТнинг Наркотиклар ва жиноятчилик бўйича бошқармасининг Марказий Осиёдаги минтақавий ваколатхонаси ўртасида 2024-2025 йилга мўлжалланган ҳамкорли дастури ишлаб чиқилди

Хабарингиз бор, жорий йилнинг 2 февраль куни адлия вазири Акбар Тошқулов билан БМТнинг Наркотиклар ва жиноятчилик бўйича бошқармасининг Марказий Осиёдаги минтақавий вакили Ашита Миттал хоним ўртасида учрашув бўлиб ўтган эди. Мазкур учрашувда икки ташкилот учун муҳум ва долзарб бўлган йўналишлар бўйича ҳамкорлик дастурини ишлаб чиқишга келишилган эди.

Бугун БМТнинг Наркотиклар ва жиноятчилик бўйича бошқармасининг Марказий Осиёдаги минтақавий ваколатхонасининг халқаро лойиҳалар координатори Мадина Сариева қабул қилиниб, икки ташкилот ўртасида ишлаб чиқилган ҳамкорлик дастури муҳокама қилинди ҳамда уни амалиётга тадбиқ этиш бўйича биринчи навбатдаги чора-тадирлар белгилаб олинди.

Жумладан, ҳамкорлик дастури 2024-2025 йиллар давомида қонун устуворлигини таъминлаш, ҳуқуқий маданиятни ошириш, коррупцияга қарши курашиш, активларни қайтариш, киберхавфсизлик, шахсга доир маълумотларни ҳимоя қилиш, ҳуқуқбузарликларни олдини олиш ҳамда суд экспертиза соҳасини ривожлантиришга қаратилган амалий чора-тадбирларни ўз ичига олади.

Вазирлик мутахассислари ва хорижий экспертлар мазкур чора-тадбирларни амалга оширишнинг аниқ механизмлари бўйича фикр алмашдилар.

Алоҳида эътибор Ўзбекистон Республикасининг сиёсий-ҳуқуқий соҳадаги халқаро рейтинг ва индекслардаги ўрнини ошириш ҳамда норма ижодкорлигига суъний интеллектни жорий қилиш бўйича келгусида қилиниши лозим бўлган ишлар муҳокамасига қаратилди.

Учрашув давомида ҳамкорлик дастурини самарали амалга ошириш бўйича халқаро молия институтлари ҳамда хорижий донорларнинг техник кўмак маблағлари ва грантларини жалб қилиш чоралари белгилаб олинди.
#Sarhisob_2023

Адлияча иқтисод:
тизимда тежаб қолинган энергия ва қоғоз миқдори