Sevara Urinbayeva
2.57K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.41K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Ҳуқуқни_билиш_фойдали

⚡️Эр ва хотин иш ҳақи ёки даромадга эга бўлмаган тақдирда ҳам умумий мол-мулкка нисбатан тенг ҳуқуқли ҳисобланади

Қонунчиликка кўра, эр ва хотиндан бири уй-рўзғор ишларини юритиш, болаларни парвариш қилиш билан банд бўлган ёки бошқа сабабларга кўра мустақил иш ҳақи ва бошқа даромадга эга бўлмаган тақдирда ҳам эр ва хотин умумий мол-мулкка нисбатан тенг ҳуқуққа эга бўлади.

🔨 Шунингдек, қимматбаҳо буюмлар ва зебу-зийнатлардан бошқа шахсий фойдаланишдаги буюмлар (кийим-бош, пойабзал ва бошқа шу кабилар), гарчи никоҳ давомида эр ва хотиннинг умумий маблағи ҳисобига олинган бўлса ҳам, улардан фойдаланиб келган эр ва хотиннинг хусусий мулки ҳисобланади.
#Adliya_onlayn

Айни дамда Адлия вазирлигида коррупцияга қарши экспертиза тартиби ва амалиёти масалалари муҳокама қилинмоқда
Adliya vaziri andijonlik yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yilning 14-fevralida Adliya vaziri A.Toshqulov Andijon viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida "Vatanpavarlik va milliy qadriyat" mavzusida yuristprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, Adliya vaziri tomonidan #Ziyo_ulash aksiya doirasida talabalarga Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob to‘plamlari sovg'a qilindi.
#Биласизми

❗️Боланинг таълим олишига тўсқинлик қилиш учун жавобгарлик — янги белгиланган норма эмас

Батафсил инфографикада👆
#Adliya_huquqiy_aksiya

📣Adliya vazirligi tashabbusi bilan fuqarolarning "Huquqiy madaniyatini yuksaltirish huquqiy aksiyasi" o'tkazilmoqda!

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish fonida:

🔹aholini qiynab kelayotgan dolzarb kundalik muammolarni aniqlash hamda ularga huquqiy tushuntirish berish;
🔹xotin-qizlar va yoshlarga berilayotgan imtiyozlardan xabardor qilish;
🔹mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va huquqiy yangiliklarni taqdim etib borish
kabi amaliy ishlar olib boriladi.

Mazkur aksiya Fevral oyi oxirigacha davom etadi.
Адлия вазири Андижон вилоятдаги тадбиркорлар фаолияти билан яқиндан танишди

Жорий йилнинг 14 февраль куни Адлия вазири А.Тошқулов Хўжаобод шаҳридаги йирик корхоналардан бири ҳисоблаган "ZAMON TEX" МЧЖ фаолияти билан яқиндан танишиб, тадбиркорлар билан билан учрашув ўтказди.

Учрашувда соҳада қабул қилинган қонунчилик ҳужжатларидаги янгиликлар, уларга берилаётган имтиёзлар, корхона фаолияти ҳамда тадбиркорларнинг иш фаолиятида учраётган айрим муаммолар ўрганилди. Уларнинг ечими бўйича ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.
15- fevraldan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi

2024 -yilning 15-fevral kuni Adliya vazirligida “Kontrafaktsiz oy” oyligi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
Mazkur tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari bilan bir qatorda soha bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar vakillari, xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi va Oʻzkomnazorat inspeksiyasidan vakillari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida joriy yilgi chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar va ularning ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlariga, iste’molchilarga kontrafakt tovarni aslidan farqlashga o‘rgatish va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Vazirlik ushbu oylikni o‘tkazish orqali tadbirkorlarni halol raqobatga kirishishni ta’minlash, o‘z brendiga ega ishlab chiqaruvchilar biznesini himoyalash, savdo rastalarida kontrafakt mahsulot aylanmasini cheklash hamda aholi orasida sifatli, ishonchli mahsulotlarni xarid qilishni targ‘ib qiladi.

Bundan tashqari, oylik davomida kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shakliga yo‘naltiruvchi QR-kodli stikerlarni respublikaning barcha hududlaridagi bozorlar, yirik savdo majmualari, chegara va TIF bojxona postlariga joylashtirish hamda vakolatli organlar xodimlari uchun xorijiy huquq egalari yoki ularni vakolatli vakillarini jalb etgan holda kontrafakt mahsulotlarni aniqlashning maxsus usullari bo‘yicha master-klasslar tashkil etish ham rejalashtirilgan.