Sevara Urinbayeva
2.12K subscribers
9.99K photos
1.22K videos
23 files
4.54K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#bilasizmi

⚡️Davlat xizmatlari markazlari orqali pensiya tayinlash uchun ariza berish xizmati ishga tushirilganligidan xabardormisiz?

📱 Endilikda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali pensiya tayinlash uchun ariza topshirishi mumkin.

Xizmatning afzalliklari:

📌Istalgan Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki onlayn tarzda my.gov.uz saytiga kirgan holda pensiya olish uchun ariza topshirishning mumkinligi;
📌Xizmatning tez va sifatli ko'rsatilishi natijasida ortiqcha vaqt sarflanmasligi;
📌Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday haq undirilmasligi.

💻 Xizmatdan foydalanish uchun:

📌 Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurish yoki my.gov.uz saytiga kirib, tegishli xizmatni tanlash;
📌So‘rovnomani toʻldirgan holda ariza yoʻllashning o‘zi yetarli.

👉 Arizani ko'rib chiqish bosqichlari:

🔹Ariza Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun «Pensiya» dasturiy majmuasiga yuboriladi.
🔹Pensiya jamg‘armasining «Pensiya» dasturiy majmuasi axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq hisoblaydi va tayinlaydi.
🔹Pensiya tayinlanganligi yoki rad etilganligi sabablarini ko‘rsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetga ma’lumotnoma yuboriladi.
🔹Davlat xizmatlari markazi murojaat qiluvchini ariza natijasi haqida xabardor qiladi.

📆 Natija 10 ish kunida taqdim etiladi.
👍6👏1
Forwarded from ZAMON.UZ | LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Hujjati yo‘q yerga imorat qurmang

Zarur ruxsatnoma olmasdan qurilgan imorat o‘zboshimchalik bilan qurilgan deb hisoblanadi va belgilangan muddatda buzib tashlanadi.

Ushbu loyiha Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

YouTube | Instagram | Facebook
👍5🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ногиронлиги бўлган фуқаролар мансабдор шахслар қабулига навбатсиз киришади

Шунингдек, ушбу шахслар ва уларга ғамхўрлик қилувчилар давлат хизматларидан навбатсиз фойдаланиш ҳуқуқига эга.

Ушбу лойиҳа Адлия вазирлиги билан ҳамкорликда амалга оширилмоқда.

YouTube | Instagram | Facebook
👍8🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Адвокат бўлиш учун 3 ой стажировка ўташ керак


Шунингдек, адвокат мақомига эга бўлишга талабгор шахс лицензия олиш учун адвокатлик тузилмасида (адвокатлик бюросида, адвокатлик фирмасида, адвокатлар ҳайъатида, юридик маслаҳатхонада) малака имтиҳонини топшириши шарт.

Ушбу лойиҳа Адлия вазирлиги билан ҳамкорликда амалга оширилмоқда.

YouTube | Instagram | Facebook
👍5💯3👌1
#Bilasizmi

Tartibga solish gilyotinasi: 9 763 ta eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjatlar bekor qilindi
👍3
#Bilasizmi

Elektron kutubxonalarda asarlarning barcha uchun o‘qish va yuklab olish imkoniyati bilan joylashtirish qonuniymi?

👉
Batafsil
👍2
#Bilasizmi

Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan apellyatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organ hisoblanib, kengash qarorlar qabul qilishda mustaqildir.


Kengash faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risida nizom tasdiqlash haqida 856-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Kengash tarkibiga vazirlikning malakali xodimlari, mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi. Intellektual mulk departamenti – Apellyatsiya kengashining ishchi organidir.

Apellyatsiya ariza bergan shaxs va ish bo‘yicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis bo‘lishidan kamida 10 kun oldin majlis o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt to‘g‘risida yozma ravishda departament tomonidan xabardor qilinadi.

▪️Kengash apellyatsiya yoki arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha arizani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarorlardan birini qabul qiladi.

▪️Qaror yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab 6 oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Apellyatsiya kengashi:
• "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektlari xususidagi qarori ustidan berilgan;
• sanoat mulki obyektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;
• sanoat mulki obyektlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqadi.

Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

@adliyangiliklari
👍3