Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_xabari
Bugun, 24-may kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligining 2022-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axboroti ko‘rib chiqildi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xamda Singapur Huquq vazirligi o‘rtasida 2023-2024 yillar uchun hamkorlik dasturi imzolandi
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Singapur Huquq vazirligi o‘rtasida huquq sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi”ni (2021 yil 22 aprel) amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziligi va Singapur Huquq vaziligi o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
Hamkorlik dasturida ikki davlat vazirliklarining o‘xshash sohalarida hamkorlikni jadallashtirish, ularni amaliy va natijador ishlar bilan boyitish nazarda tutilgan.
Jumladan, Hamkorlik dasturi doirasida tomonlar Adliya vazirligi xodimlar uchun malaka oshirish kurslari va Singapurga o‘quv tashriflarini tashkil etish, davlat va xususiy sektorda huquqiy texnologiyalarni ishlab chiqish va ommalashtirish bo‘yicha tajriba almashish hamda boshqa yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Shuningdek, hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasida Nizolarni muqobil hal qilish markazini Singapurning, xususan “Maxwell Chambers” tashkiloti tajribasi asosida tashkil qilish, mediatorlar va arbitrlarning malakasini singapurlik mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘qish va malakasini oshirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu Hamkorlik dasturining qabul qilinishi ko‘p qirrali O‘zbekiston-Singapur munosabatlarining adliya va huquq sohasida yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Forwarded from hudud24.uz | Расмий канал
Адлия вазири Акбар Тошқуловнинг битирувчиларга тилаклари
"Бугун замон бошқача талабларни қўймоқда. “Skill”ларни фақат университетлар беради деган ишонч хато", — деб таъкидлайди вазир.
Батафсил 👉 Ўқиш.
Каналга уланиш 👉 @Hudud24official

#Adliya_sport
Adliya vazirligi xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Adliya vazirligi kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda
“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Adliya vazirligi kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada jami 18 ta jamoa ishtirok etmoqda. Joriy yilning 24–25-may kunlari musobaqaning nimchorak va chorak final o‘yinlari murosasiz bellashuvlar ostida bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad vazirlik tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash, shuningdek xodimlar o‘rtasida jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirishdan iborat.
Musobaqa qizg‘in davom etmoqda. Yarim final va final o‘yinlari 27-may kuni bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz
🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!
❓ O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga qaysi hujjatlarni taqdim etadi?
📌 O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga:
ularning ota-onalari, vasiylarining (homiylarining) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;
shaxs 16 yoshga to‘lganda;
🔹shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, fuqaroligi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;
🔹ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;
🔹ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;
🔹ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;
🔹ID-kartani ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;
🔹ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.
✔️ Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-son farmoni.
😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!
🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga:
ularning ota-onalari, vasiylarining (homiylarining) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;
shaxs 16 yoshga to‘lganda;
🔹shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, fuqaroligi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;
🔹ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;
🔹ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;
🔹ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;
🔹ID-kartani ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;
🔹ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Адлия_коррупцияга_қарши
“Давлат органлари ва таълим муассасаларида коррупцияга қарши таълим ва ҳалоллик тизимини яратиш” лойиҳа натижалари тақдимот қилинди
Бугун, 26 май куни Адлия вазирлигида Бош прокуратура, Коррупцияга қарши курашиш агентлиги ва КПМГ Аудит” (Ўзбекистон) компанияси экспертлари иштирокида тадбир бўлиб ўтди.
Тадбирда сўнгги йилларда мамлакатимизда ёшлар ва давлат хизматчиларининг коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги билимларини янада оширишга қаратилган кенг кўламли ислоҳотлар бўйича амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди.
Шунингдек, Адлия вазирлиги, Бош прокуратура ва Коррупцияга қарши курашиш агентлиги томонидан БМТ Тараққиёт дастурининг “Ўзбекистонда самарали, ҳисобдор ва шафоф бошқарув институтлари орқали коррупцияга қарши курашиш” лойиҳаси кўмагида “КПМГ Аудит” (Ўзбекистон) компанияси экспертлари иштирокида амалга оширилган “Давлат органлари ва таълим муассасаларида коррупцияга қарши таълим ва ҳалоллик тизимини яратиш” лойиҳаси якунланганлиги ва лойиҳа натижасида тайёрланган ўқув материаллари ва модуллари тарқатилди.