Sevara Urinbayeva
2.54K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Диққат_муҳим

Автомобилни ижара бериш тартиби соддалаштирилди

Эндиликда, автомототранспорт воситалари электрон савдо платформаси воситасида электрон онлайн-аукцион орқали ижарага берилганда ижарага бериш шартномаларини нотариал тартибда тасдиқлаш талаб этилмайди. Бунда, электрон онлайн-аукцион натижаларига кўра расмийлаштирилган баённома ижара шартномаси кучига эга булади. Қўшимча ФКнинг 565-моддасига киритилди.

Батафсил👉🏻https://yuz.uz/news/avtomobilni-ijara-berish-tartibi-soddalashtirildi
Президент раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

“Бугун ўта муҳим ва кечиктириб бўлмас масалани муҳокама қиламиз. Бу – йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлаш.

Мамлакатимизда 2021 йилда 10 мингдан зиёд авария содир этилиб, уларда 9 мингдан ортиқ фуқаро жароҳатланди. Энг ачинарлиси, 2,5 мингга яқин одам, шу жумладан 263 нафар бола ҳалок бўлгани катта фожиадир”, деди давлатимиз раҳбари.

Ўлим билан боғлиқ авариялар Тошкент вилоятида ҳар 100 минг аҳолига 21 та, Жиззахда16 та, Сирдарёда15 та, Навоий ва Самарқандда14 тадан, Қашқадарё ва Наманганда13 тани ташкил этиб, бошқа ҳудудлардан анча юқори.

Масалан, Попдан Тўрақўрғонгача бўлган 4Р-112 йўлининг 88-километри, “Термиз-Душанбе” (М-41) халқаро йўлининг Жарқўрғон-Денов қисми (80-километри), А-373-йўлининг Ёзёвон туманидан ўтган 352-километри, Самарқанд-Ғузор йўлининг (А-378) 85-километрида ҳар йили ўнлаб одамлар ҳалок бўлмоқда.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳайдовчиликка ўқитиш ва гувоҳнома бериш бўйича янги тизим яратилади

Будет внедрена новая система обучения вождению и выдачи водительских удостоверений
“Аҳоли бандлигини таъминлашдаги ҳуқуқий масалалар” мавзусида овозли чат ташкил этилади

🎙Суҳбат спикерлари:
Адлия, Бандлик ва меҳнат муносабатлари, Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирликлари мутахассислари.

Овозли чат 11 февраль соат 18:00 да @huquqiy_gap телеграм каналида бошланади.

📹 Суҳбат ТДЮУ ҳузуридаги Профессионал ўқитиш марказининг Facebook даги саҳифасида онлайн транслятсия қилинади.

📥 Саволларингизни изоҳларда қолдиринг.

Каналга уланиш👇👇👇
@huquqiy_gap
#Юзма_юз_мулоқот

Ахборот хизмати нафақат журналистлар,ОАВ билан ишлайди,балки аҳоли билан ҳам мулоқот қиламиз, телефондан,ижтимоий тармоқлардан ташқари,юзма юз ҳам 😉
#Mutaxassis_sharhi

51 xil sud ekspertizasi turlarini o‘z ichiga olgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxati tasdiqlandi hamda tadqiqot natijalari yuzasidan mutaxassis fikri beriladi. Mazkur huquq kelgusida jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini sud va tergov organlarida himoya qilishga xizmat qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

O‘tgan 2021-yil davomida vazirlik tomonidan 95 000 dan ortiq topshiriqlar ijrosi natijalari ko‘rib chiqilib, 40 071 ta topshiriq ijrosi bajarilganligi sababli nazoratdan olinishi kelishildi hamda 39 398 ta topshiriq ijrosi to‘liq ta'minlanmaganligi sababli qayta ishlashga yuborildi.

Topshiriq va ko‘rsatmalar sonini maqbullashtirish hamda ijro natijadorligini ta'minlash maqsadida respublika bo‘yicha 100 dan ortiq doimiy nazoratdagi topshiriq va ko‘rsatmalar respublika – viloyat – tuman kesimida tahlil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya
Adliya fuqarolarni eshitadi.

Xabaringiz bor, Adliya vaziri va vazir o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolarni shaxsan qabul qilish amaliyoti yo'lga qo'yilgan.

Masalan, o‘tgan 2021-yil davomida bevosta vazirlik rahbariyati tomonidan jami 1 817 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilingan. Shundan 626 tasi bevosita Adliya vaziri tomonidan, 1 191 tasi vazir oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilingan.

Misol uchun bugun bo‘lib o‘tgan adliya vaziri R.Davletovning fuqarolarni shaxsan qabuli 2 soat davom etdi va unda 20 ga yaqin fuqaro o'zlarini qiynab kelayotgan va yechimini kutayotgan turli masalalarda ariza va shikoyatlar bilan murоjaat qildi.

Vazirlik faoliyatiga tegishli murojaatlarni o'rganib chiqish hamda qonun doirasida hal etish uchun mas'ul tarkibiy bo'linma rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Adliya vazirligining vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, vakolatli organlarga murojaat qilish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatildi.
#Adliya_xabari

⚡️Andijon, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi ayrim notariuslarning
litsenziyalari vaqtincha toʻxtatildi

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-2-moddasiga asosan Andijon, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyat adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining tegishli majlislari bayonnomasiga asosan:

Andijon viloyatida:

Asaka tumanida
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Islomov Ilxomjon Abdumannobovichning (litsenziya AN 0046, 22.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilish va notarius maqomi 2022-yilning 11-fevral kunidan 1 oy muddatga;

Shahrixon tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Ibragimov Baxtiyor Abduvoxobovichning (litsenziya AN 0058, 22.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 11-fevral kunidan 1 oy muddatga;

Namangan viloyatida:

Namangan tumanida
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Ismailov Shavkat Ergashevichning (litsenziya NA 0021, 21.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 12-fevral kunidan 1 oy muddatga;

Chust tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Umaraliyev Abror Ikramovichning (litsenziya NA 0021, 21.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 12-fevral kunidan 1 oy muddatga;

Farg‘ona viloyatida:

Oltiariq tumanida
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Zufarov Nodirbek Maripjonovichning (litsenziya FA 0067, 15.10.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 9-fevral kunidan 1 oy muddatga;

Samarqand viloyatida:

Samarqand shahrida
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Ramazanov Nurshen Urshenovichning (litsenziya SA 0027, 24.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 11-fevral kunidan 1 oy muddatga toʻxtatildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi
#Адлия_хабари

2022 йил 12 февраль - шанба куни республика бўйича ишлайдиган нотариуслар рўйхати:

Батафсил👉https://telegra.ph/palata-02-11-5

2022 йил 13 февраль - якшанба куни республика бўйича ишлайдиган нотариуслар рўйхати:

Батафсил👉https://telegra.ph/palata-02-11-6

☝🏻e-notarius.uz сайтига киринг ва ўзингизга қулай вақтда, сиз истаган нотариус қабулига ёзилинг.
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Деҳқон хўжалиги учун ерларни ижарага ва иккиламчи ижарага бериш қоидалари тасдиқланди

Батафсил инфографикаларда👆

📍Lotin alifbosida o‘qing

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot