Sevara Urinbayeva
2.57K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.41K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
Shu kunlarda rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi bugun poytaxtdagi Chilonzor va Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishishdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Xu Veyliye boshchiligidagi delegatsiya a‘zolari aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, Yuridik xizmat ko‘rsatish sohasi, FHDY yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Xitoy delegatsiyasining yurtimizga tashrifi davom etmoqda.
#Биласизми

📝 Қонунчиликка кўра, республиканинг барча ҳудудларида вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик варақалари (больничный лист) ва бошқа тиббий маълумотномалар электрон шаклда берилади.

🚫 2024 йил 1 январдан бошлаб вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик варақалари ва бошқа тиббий маълумотномаларни қоғоз шаклда талаб қилиш тақиқланган.
Sevara Urinbayeva
#Адлия_ташаббус Болаларни боғчага жойлаштириш янада соддалашди Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат хизматларини кўрсатиш тизими соддалаштирилганлиги, бюрократик тўсиқлар қисқартирилганлиги муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг айрим қарорларига…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Мутахассис_шарҳи

Болаларни боғчага жойлаштириш янада соддалашди

Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат хизматларини кўрсатиш тизими соддалаштирилганлиги, бюрократик тўсиқлар қисқартирилганлиги муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг айрим қарорларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида” 2024 йил 3 июлдаги қарорига асосан жорий этилаётган янгиликлар ҳақида мутахассис шарҳи.
Sevara Urinbayeva
Photo
Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 11-iyul kuni Adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Hu Weilie bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vazirligi bilan adliya va huquq sohasida yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

Adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov mehmonlarga aholiga yuridik xizmat ko‘rsatish, jumladan, ushbu sohada amalga oshirilayotgan so‘nggi islohatlar haqida ma’lumot berdi.

Oʻz navbatida, janob Weilie Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlarni yuqori baholab, Xitoy Adliya vazirligining yuridik yordam koʻrsatish va notariat sohasidagi asosiy vazifalari va funksiyalari haqida tanishtirdi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilganligi, turli sohalarda keng qirrali aloqalar rivojlanib borayotganligi hamda oliy darajadagi oʻzaro ikki tomonlama tashriflar buning aniq misoli ekanligiga urgʻu berib oʻtdilar.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida huquqiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat doirasida tomonlar yuridik xizmat platformalarini yaratishda, advokatlik va notariat faoliyati, huquqiy yordam, sud-ekspertiza, arbitraj va tijorat mediatsiyasi sohalarida hamkorlikni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda mashxur bo’lgan bolakay hujjatli bo’ldi

Bektemir tumani „Iyk ota“ mahallasida yashovchi
8 yoshli Bozorboy va uning 11 yoshli akasi hamda 10 yoshli opasida haligacha tug’ilganlik guvohnomasi bo’lmagan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan uyma-uy yurib aholi muammolarini o’rganish tadbirlari jarayonida ushbu oilaning 3 nafar farzandi hujjatsiz ekanligi va maktabga chiqmasligi ma’lum bo’ldi.

Tuman FHDY bo’limi tomonidan
oilaning uch nafar farzandiga tugilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirilib, yashash manziliga olib borib berildi.