Sevara Urinbayeva
2.59K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.4K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Mingbuloq tumanida “Mahalla yettiligi” bilan muloqot o’tkazdi.


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Mingbuloq tumanidagi “Mustaqillik”  mahalla fuqarolar yig’inidagi '”Mahalla yettiligi” bilan muloqot olib bordi. Unda, davlatimiz rahbari tomonidan mahalla mavqeni oshirish va ularning vakolat doirasini kengaytirib, aholining turmush darajasini oshirish yo’lidagi say-harakatlari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Jumladan, Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbus asosida mahalla institutining isloh qilinishi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga yordam berish, jinoyatchilik, oilalarda zo‘ravonlikning oldini olish, aholi bandligi, ijtimoiy muhofazasi kabi masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yana muhim bir jihat mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, yoshlarni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish va ularning huquqiy savodxonligini oshirishda adliya organlar mazkur yettilik bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishga tayyorligi aytib oʻtildi.
#Адлия_хабари

✳️ Тошкент шаҳрида ҳар ой бир кун давомида "Автомобилсиз кун" жамоатчилик лойиҳаси ўтказилади.

📌 Бунда шахсий автомобиллар ҳаракатланиши чекланиб жамоат транспортидан фойдаланиш тарғиб қилинади.

Адлия вазирлиги жамоаси ҳам ушбу лойиҳада фаол қатнашмоқда.
#diqqat_muhim

Ҳурматли ҳамюртлар📣

Адлия вазирлиги Давлат хизматлари департаменти биноси жойлашган ҳудудда электр тармоғида техник носозлик кузатилганлиги сабабли, Давлат хизматлари марказларида ID карта, ҳайдовчилик гувоҳномаси, хорижга чиқиш паспортларини расмийлаштиришда,  расмий ҳужжатларга апостил қўйиш ҳамда бошқа хизматларни кўрсатишда узилишлар кузатилмоқда.

Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз.

Тез орада мазкур узилишлар бартараф этилиши маълум қилинади.
#Adliya_teleloyiha

⚡️Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “Yuridik klinika” koʻrsatuvi boshlandi.

Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Mehnat qonunchiligi


Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

Jonli efir vaqtida oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=oLaQ6tZSB8s

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Namangan viloyati FHDY arxivi ish jarayoni bilan tanishdi.


Adliya vaziri A.Toshqulov xizmat safari davomida, Namangan viloyati FHDY arxivi xodimlari bilan ham muloqot olib bordi.

Unda, xodimlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv hujjatlarini shakllantirish, belgilangan talablar asosida saqlash, xodimlarning ish jarayoni, ularga yaratilgan sharoitlarni ham ko’zdan kechirdi.

Sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash davomida duch kelinayotgan muammoli holatlar o‘rganildi. Bu borada tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.
Адлия вазирлиги делегацияси XII Петербург Халқаро юридик форумида иштирок этмоқда

Адлия вазири ўринбосари А.Каримов бошчилигидаги вазирлик делегацияси жорий йилнинг 26-28 июнь кунлари Россия Федерациянинг Санкт-Петербург шаҳрида бўлиб ўтаётган XII Петербург Халқаро юридик форуми ишида иштирок этмоқда.

Маълумот учун: форумда 54 та давлатдан 3,8 мингдан ортик ҳуқушунослар, олимлар, адлия ва бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар вакиллари қатнашмоқда.

Форумнинг “Иқтисодиётни ақлли ҳуқуқий тартибга солиш: қонунчиликни такомиллаштириш воситалари” сессиясида адлия вазири ўринбосаи А.Каримов “Тартибга солиш таъсирини баҳолаш – ақлли тартибга солишнинг самарали механизми, Ўзбекистон тажрибаси” мавзусида тақдимот қилди.

Батафсил👈🏻