Sevara Urinbayeva
2.4K subscribers
9.9K photos
1.19K videos
23 files
4.47K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Qabul_2024

📣 Тошкент давлат юридик университети ҳузуридаги Наманган ва Самарқанд вилоятлари юридик академик лицейларига бошланган қабул бўйича инфографика
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кибержиноят: Виртуал оламингизни 2 сонияда бузиб кириш мумкин(ми?)

«Объектив»нинг таҳлилий-ҳуқуқий нигоҳи бу гал киберҳужумлар ва улардан ҳимояланиш, хакерлар ва уларнинг турлари, Ўзбекистонда тўлов тизимларидаги муаммолар, фишинг, киберхавфсизлик ва психология, Bitcoin, Notcoin (онлайн пуллар) каби муҳим мавзуларга қаратилди.

Тўлиқ видео: 👉 https://youtu.be/p5kA614N_jo

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Adliya vaziri Davlatobod hamda Kosonsoy tumanida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazdi

Uchrashuvda adliya vaziri tomonidan “mahalla yettiligi”ning faoliyati, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilib, ish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Kosonsoy tumani “Namuna” mahallasi yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Unda, yettilik va adliya hamkorligi kuchaytirish, mahallada jinoyat va turli ko’rinishdagi huquqbuzarliklarni oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish kerakli aytib o’tildi.

Uchrashuvlar, mahallardagi “Adliya burchagi” hamda Yoshlar kutibxonasi aholining huquqiy madanayiyatini yuksaltirish va ularning kitobxonlikka qiziqtirish yaxshi samara berishi ta’kidlandi.
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Mingbuloq tumanida “Mahalla yettiligi” bilan muloqot o’tkazdi.


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Mingbuloq tumanidagi “Mustaqillik”  mahalla fuqarolar yig’inidagi '”Mahalla yettiligi” bilan muloqot olib bordi. Unda, davlatimiz rahbari tomonidan mahalla mavqeni oshirish va ularning vakolat doirasini kengaytirib, aholining turmush darajasini oshirish yo’lidagi say-harakatlari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Jumladan, Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbus asosida mahalla institutining isloh qilinishi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga yordam berish, jinoyatchilik, oilalarda zo‘ravonlikning oldini olish, aholi bandligi, ijtimoiy muhofazasi kabi masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yana muhim bir jihat mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, yoshlarni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish va ularning huquqiy savodxonligini oshirishda adliya organlar mazkur yettilik bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishga tayyorligi aytib oʻtildi.
#Адлия_хабари

✳️ Тошкент шаҳрида ҳар ой бир кун давомида "Автомобилсиз кун" жамоатчилик лойиҳаси ўтказилади.

📌 Бунда шахсий автомобиллар ҳаракатланиши чекланиб жамоат транспортидан фойдаланиш тарғиб қилинади.

Адлия вазирлиги жамоаси ҳам ушбу лойиҳада фаол қатнашмоқда.
#diqqat_muhim

Ҳурматли ҳамюртлар📣

Адлия вазирлиги Давлат хизматлари департаменти биноси жойлашган ҳудудда электр тармоғида техник носозлик кузатилганлиги сабабли, Давлат хизматлари марказларида ID карта, ҳайдовчилик гувоҳномаси, хорижга чиқиш паспортларини расмийлаштиришда,  расмий ҳужжатларга апостил қўйиш ҳамда бошқа хизматларни кўрсатишда узилишлар кузатилмоқда.

Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз.

Тез орада мазкур узилишлар бартараф этилиши маълум қилинади.