Sevara Urinbayeva
2.45K subscribers
9.89K photos
1.18K videos
23 files
4.45K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Pop tumani adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

A.Toshqulov tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi yettilik bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, davlat xizmatlari markaziga kelgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati va xodimlarining muomila harakati yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Shu kuni Pop tumani davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Forwarded from Poytaxt_adliya
RASMIY MUNOSABAT
 
“bakiroo” telegram kanalida Toshkent shahar hokimligi tomonidan “E-qaror” elektron tizimi orqali qarorlar yashirin tartibda qabul qilinayotganligi toʻgʻrisidagi post e'lon qilingan boʻlib, oʻtkazilgan oʻrganish mazkur qarorlarda shaxsga doir ma'lumotlar mavjudligi sababli yashirilganligini koʻrsatdi.
Ta'kidlash joizki, hokimliklar tomonidan muayyan ijtimoiy soha yuzasidan, shu jumladan ma'muriy tartibdagi qarorlarga nisbatan shaxsga doir ma'lumotlarni oʻz ichiga olgan qarorlarni qabul qilish holatlari koʻp boʻlganligi sababli, tizimda yopiq tarzda qabul qilingan qarorlar soni oshmoqda. Batafsil👇
https://telegra.ph/bakiroo-telegram-ijtimoiy-tarmog%CA%BBida-elon-qilingan-Toshkent-shahar-hokimining-yashirilgan-qarorlari-yuzasidan-MUNOSABAT-06-25-2
#ОАВ_биз_ҳақимизда

Давлат хизматларини кўрсатишда Face-ID тизими қачон жорий қилинади?

Аҳоли ва тадбиркорлик субъектларига давлат хизматларини кўрсатиш соҳасида қўшимча қулайлик яратиш мақсадида янги имкониятлар жорий қилинади.
Давлатимиз раҳбарининг 2024 йил 24 майдаги “Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида”ги фармонига мувофиқ яна бир неча кундан кейин давлат хизматлари янгича усулда кўрсатила бошланади.

Яъни, 2024 йил 1 июлдан Mobile-ID тизимида фуқароларни идентификация қилиш уларнинг хоҳишига кўра ID-карта ва хорижга чиқиш биометрик паспортини давлат хизматлари марказлари орқали расмийлаштириш жараёнида композит шаклда амалга оширилади.

Батафсил👈🏻
Adliya vaziri “Eski To’da” mahalla fuqarolar yig’ini “Yettiligi” bilan uchrashdi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov tomonidan Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimidan iborat mahalla “yettiligi” bilan muloqot olib bordi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlashda, aholining mavjud muammolari hal etishda mahalla faollari bilan birgalikda, “Mahalla yettiligi”ning ham o’rni alohida ekani aytib o’tildi.

Shuningdek, mahallani ijtmoiy rivojlantirish, jinoyatchilikdan holi huduga aylantirish, aholini durmush darajasini yuksaltirishda “mahalla yettiligi” to’g’ri ish tashkil etishi maqsadga muvofiqligi aytib o’tildi.

Muloqotda shuningdek, mahalla aholisininig huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida mahalla "yetiligiga”ga kerakli tavsiyalar berildi
Чўмилиш жойларида хавфсизликни таъминлаш: муҳим 5 қоида

Сув ҳавзаларида чўмилиш мавсуми 15 майдан 15 сентябргача деб белгиланган. Чўмилиш мавсуми бошланиши билан турли бахтсиз ҳодиса ва ҳалокатлар тўғрисида хабарлар ҳам тарқалмоқда. Hudud24.uz қонунчиликка мувофиқ, бу давр мобайнида аҳоли хавфсизлигини таъминлаш учун давлат органлари томонидан кўрилиши шарт бўлган хавфсизлик чораларини эслатади.

Батафсил 👉 Ўқиш

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Chust tumani “Sarimsoqtepa” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashdi

Chust tumani “Sarimsoqtepa” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan o’tkazilgan uchrashuvda adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish qaratilgan farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Tuman adliya bo’limi boshlig’i tomonidan o’tkazilgan tadimotda uyma-uy o’rganishlar davomida aniqlangan mavjud muammo va masalalar, aniqlangan huquqiy muammolar, hal etilgan murojaatlar, adliya bo’limi ish yurituviga olingan murojaatlarning qonuniy ko’rib chiqilayotganligi bo’yicha amalga oshirilgan ishlarga to’xtaldi.

Shuningdek, adliya vaziri tomonidan mazkur farmonning aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammosiga yechim topib ularni huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
#Adliya_xabari

Ishtixonda xitoyliklar turar-joy quradi

Xitoylik XIAOYOU VANG hamda LINGYU CHEN ustav fondi 45 milliard boʻlgan “ JIA YOU ESTATE INVESTMENT” MChJ xorijiy korxonaga asos solishdi. Mazkur korxona Ishtixonda turar-joy binolarini qurish bilan shugʻullanadi. Mazkur xorijiy korxona Ishtixon tuman davlat xizmatlari markazida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Qabul_2024

📣 Тошкент давлат юридик университети ҳузуридаги Наманган ва Самарқанд вилоятлари юридик академик лицейларига қабул бошланди

Жорий йилнинг 20 июнь кунидан Тошкент давлат юридик университети ҳузуридаги Наманган ва Самарқанд вилоят академик лицейларига 2024/2025-ўқув йили учун умумий ўрта таълим мактабларининг 9-синф битирувчилари томонидан 👉https://litsey.uzbmb.uz портали орқали онлайн ҳужжат топшириш жараёни бошланди.

Тақдим этиладиган ҳужжатлар:

▪️Ариза;
▪️Шахсни тасдиқловчи ҳужжат (туғилганлик ҳақидаги гувоҳнома, паспорт ёки ID карта нусхаси);
▪️3.5х4.5 ўлчамдаги рангли расм (оқ фонда).

❗️Ҳужжатларни онлайн қабул қилиш 10 июлга қадар (шу куни ҳам соат 23:59 га қадар) давом этади.

Айни пайтда академик лицейда ўқишни истаган абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарига қулайлик яратиш, уларни қизиқтирган саволларга тезкор жавоб бериш мақсадида “Call-center” ташкил этилган. Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари телефон рақамлари орқали “Call-center” билан боғланиб, ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олиши мумкин.

📎Мурожаатлар учун:

▫️Тошкент давлат юридик университети ҳузуридаги Наманган вилоят академик лицейи +99869 233-07-20;
▫️Тошкент давлат юридик университети ҳузуридаги Самарқанд вилоят академик лицейи +99866 240-94-15.

Маълумот учун:“Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида”ги Президент Фармонига асосан Наманган ва Самарқанд вилоятлари юридик техникумлари негизида Тошкент давлат юридик университетининг академик лицейлари ташкил қилинди.
#Qabul_2024

📣 Тошкент давлат юридик университети ҳузуридаги Наманган ва Самарқанд вилоятлари юридик академик лицейларига бошланган қабул бўйича инфографика
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кибержиноят: Виртуал оламингизни 2 сонияда бузиб кириш мумкин(ми?)

«Объектив»нинг таҳлилий-ҳуқуқий нигоҳи бу гал киберҳужумлар ва улардан ҳимояланиш, хакерлар ва уларнинг турлари, Ўзбекистонда тўлов тизимларидаги муаммолар, фишинг, киберхавфсизлик ва психология, Bitcoin, Notcoin (онлайн пуллар) каби муҳим мавзуларга қаратилди.

Тўлиқ видео: 👉 https://youtu.be/p5kA614N_jo

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt