#Adliya_xabari
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Toshkent viloyatidagi safarining navbatdagi manzili “Angren” erkin iqtisodiy zonasi bo‘ldi. Mazkur iqtisodiy zonada tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining asosiy qismi ishlab chiqarish va tadbirkorlik ulushiga to‘g‘ri kelayotganligi, hududlarda tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalar tarkibida zamonaviy korxonalarni ishga tushirilishi yurtimizning iqtisodiy salohiyati va sarmoyaviy jozibadorligini yana-da oshirishga xizmat qilayotganligi borasida so‘z bordi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari investorlar uchun keng ko‘lamli soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalar berilganligi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy asos yaratilganligini taʼkidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarning qator savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

Sevara Urinbayeva
#Adliya_xabari Манфаатлар тўқнашуви тўғрисида хабар бермаганлик учун жавобгарлик белгиланди Бугун, Адлия вазирлиги Коррупцияга қарши курашиш агентлиги билан ҳамкорликда "Манфатлар тўқнашуви тўғрисида"ги Қонуннинг мазмун-моҳияти, янгиликлари ва аҳамиятини…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Манфатлар тўқнашуви тўғрисида"ги Қонун юзасидан ташкил этилган матбуот анжуманидан видеолавҳа
Ташкилотчилар: Адлия вазирлиги ва Коррупцияга қарши курашиш агентлиги
Матбуот анжуманида иштирок барча журналистлар, ОАВ вакилларига миннатдорчилик билдирамиз🌹

#Сўраган_эдингиз
🔰 Эр ва хотиннинг никоҳ давомида орттирган мол-мулклари уларнинг биргаликдаги умумий мулки ҳисобланади. Шунга кўра, нотариуслар томонидан битимни тасдиқлашда автомашина эгасининг турмуш ўртоғининг розилиги талаб этилади.
📁 Қуйидаги ҳолларда эса битимни тасдиқлаш учун эр ёки хотиннинг розилиги талаб қилинмайди:
🔹никоҳ қайд этилгунга қадар сотиб олинган;
🔹мерос тариқасида ёки ҳадя шартномаси бўйича олинган;
🔹никоҳ давомида сотиб олинган автомототранспорт воситаси никоҳ шартномасига асосан тақсимлаб олинган бўлса;
🔹эр-хотин ўртасидаги мулкни бўлиш тўғрисидаги суд ҳужжати ёхуд нотариал тартибда расмийлаштирилган келишув мавжуд бўлса.

Adliya vaziri Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi o‘n birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi
Joriy yilning 6 iyun kuni, adliya vaziri A.Toshqulov onlayn tarzda o‘tkazilgan ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Vazir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan adliya va huquq sohasidagi islohotlar hamda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik istiqbollari borasida nutq so‘zladi.
Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Xitoy, Belarus adliya vazirlari hamda ShHT bosh kotibi o‘rinbosari ma’ruza bilan ishtirok etdilar.
ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi majlisida a’zo davlatlar Adliya vazirliklari faoliyatidagi yangi o‘zgarishlar hamda ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirliklarining yuridik xizmat va sud-ekspertiza faoliyatiga doir ekspertlar ishchi guruhlarining 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejalari tasdiqlandi. Shuningdek, ShHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi yigʻilishini tashkillashtiruvchi davlatni hamda sanasini belgilandi.
Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tomonlarning umumiy kelishuvlarini aks ettiruvchi qoʻshma bayonot imzolandi.

2024 йил 8 июнь - шанба куни республика бўйича ишлайдиган нотариуслар рўйхати:
🌐 e-notarius.uz сайтига киринг ва ўзингизга қулай вақтда, сиз истаган нотариус қабулига ёзилинг.
Батафсил:👉https://telegra.ph/palata-06-07-9

Amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Angren shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va FHDY bo‘limlari ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, yurtimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinayotganligi, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.
Adliya organlari ko‘proq aholi orasida bo‘lib, fuqarolarga proaktiv va kompozit xizmatlar, yangi joriy etilayotgan xizmatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berilishi kerakligi taʼkidlandi.
Sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muloqotda bo‘lib, xodimlarning fikr-mulohazalari, takliflari o'rganildi.

Forwarded from hudud24.uz | Расмий канал
Ходимни таътилдан чақириб олиш тартиби: муҳим 7 саволга жавоб
Ишда турли ҳолат-вазият кузатилиши табиий. Аммо йилда бир бора дам олишни режалаб турган ходим учун кутилмаганда «ишга қайтиш» ҳақида сўз очилса, қандай йўл тутиш жоиз? Умуман, ходимни таътилдан чақириб олиш мумкинми? Ходим бунга розилик билдирмасачи? Таътил пули нима бўлади? Ўзи, таътил борасида кимларга қандай имтиёз бор? hudud24.uz қуйидаги мақола орқали шулар ҳақида маълумот беради.
Батафсил 👉 Ўқиш
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

2024 йил 9 июнь - якшанба куни республика бўйича ишлайдиган нотариуслар рўйхати:
🌐 e-notarius.uz сайтига киринг ва ўзингизга қулай вақтда, сиз истаган нотариус қабулига ёзилинг.
Батафсил:👉https://telegra.ph/palata-06-07-10
🌐 e-notarius.uz сайтига киринг ва ўзингизга қулай вақтда, сиз истаган нотариус қабулига ёзилинг.
Батафсил:👉https://telegra.ph/palata-06-07-10
Forwarded from hudud24.uz | Расмий канал
Қўшимча таътил кимларга берилади? Муҳим 5 саволга жавоб
Битта ташкилотда кўп стажга эга бўлган ходимларга, ноқулай иқлим шароитларида ишлаётганларга асосий таътилдан ташқари қўшимча таътиллар ҳам берилади. Таътилларнинг барчаси қўшилганида 56 календарь кундан ошиб кетмаслиги керак. Hudud24.uz шу каби муҳим маълумотларни тақдим этади.
Батафсил 👉 Ўқиш
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Битта ташкилотда кўп стажга эга бўлган ходимларга, ноқулай иқлим шароитларида ишлаётганларга асосий таътилдан ташқари қўшимча таътиллар ҳам берилади. Таътилларнинг барчаси қўшилганида 56 календарь кундан ошиб кетмаслиги керак. Hudud24.uz шу каби муҳим маълумотларни тақдим этади.
Батафсил 👉 Ўқиш
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Адлия_табриги
9-июнь — Халқаро архивлар куни!
Барчангизни бутун дунёда архив жамоатчилиги томонидан кенг нишонланадиган 9-июнь — “Халқаро архивлар куни” билан самимий табриклаймиз.
Мамлакатимиз ижтимоий-иқтисодий ривожланиши йўлидаги шарафли ва фидокорона фаолиятингизда ҳамиша муваффақият ёр бўлсин!
Ҳурмат билан Адлия вазирлиги жамоаси