Sevara Urinbayeva
2.53K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
Айрим давлат хизматлари бўйича онлайн ариза бериш ва почта хизмати орқали белгиланган манзилга етказиб бериш тизими жорий этилади

АОКАда Адлия вазирлиги раҳбарияти иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида давлат хизматлари ва ФҲДЁ соҳасидаги сўнгги янгиликлар, соҳада амалга оширилаётган ишлар ҳақида маълумот берилди:

⚡️ Жорий йилда тоифаларга ажратган ҳолда хизмат кўрсатиш йўлга қўйиладиган ДХМлар сонини
40 тага етказилади.

⚡️Шу билан бирга, ЯИДХП орқали никоҳ тузилганлик, никоҳдан ажралганлик ва ўлим ҳақидаги такрорий гувоҳномаларни олиш юзасидан онлайн ариза бериш ва почта хизмати орқали белгиланган манзилга етказиб бериш хизматлари жорий этилади.

⚡️Онлайн хизматлар улуши 30 фоизга оширилади.

⚡️Келгусида давлат хизматлари марказлари орқали кўрсатиладиган хизмат турларини 400 тага етказилади.

⚡️ “Лицензия” ахборот тизимида қўшимча 20 та давлат хизматини ишга туширилади.

⚡️10 та давлат хизматини композит ва проактив шаклда кўрсатишни йўлга қўйилади.

⚡️100 та давлат хизматини “3 қадам” тамойили асосида қайта кўриб чиқилади ва хизмат кўрсатиш жараёнлари соддалаштирилади (BPR).

⚡️Лицензиялаш ва рухсат бериш тусидаги ҳужжатлар камида 5 фоизга қисқартирилади.

⚡️Давлат органлари ва ташкилотлари томонидан аҳоли ва тадбиркорлик субъектларидан 10 турдаги маълумотлар (ҳужжатлар) талаб қилиниши бекор қилинади.

⚡️Тезлаштирилган тартибда ва почта хизмати орқали етказиб бериладиган хизматлар сони 10 тага оширилади.

✍️ Батафсил
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔊Hurmatli fuqarolar !

📌Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlarining ish samaradorligini oshirish, fuqarolarga xizmat koʻrsatishda yanada qulay sharoitlar yaratish, xizmat koʻrsatish jarayonida turli xil qonun buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha bir qancha choralar koʻrilmoqda.

🔅Xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatish natijasida fuqarolardan davlat boji va boshqa toʻlovlarni undirish jarayonida qonuniylikni taʼminlash maqsadida ariza beruvchining mobil raqamiga SMS yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

💸Mazkur SMS xabarda Sizdan undirilishi kerak boʻlgan summa koʻrsatiladi. Bu orqali toʻlovlarni undirish jarayonida qonun buzilishi holatlari oldi olinadi.

❗️Shu sababli, Sizdan ortiqcha toʻlov undirilgan yoki SMS xabar yuborilmagan hollarda 1148 "ishonch telefoni"ga qoʻngʻiroq qilishingiz soʻraladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Aholi_fikri

📣 Adliya vazirligi faoliyati yuzasidan o‘tkazilayotgan so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

So‘rovnoma natijalari Adliya vazirligi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

❗️So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkazilmoqda.

Fikringiz biz uchun muhim!

👉Ishtirok etish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Адлия вазирлигида Хитой халқ Республикаси Олий халқ суди раиси Чжань Цзюнь билан учрашув бўлиб ўтди

Жорий йилнинг 22 май куни Адлия вазири Акбар Ташкулов Хитой халқ Республикаси Олий халқ суди раиси Чжань Цзюн билан учрашди.

Айни пайтда Тошкент шаҳрида бўлиб ўтаётган Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар Олий судлари раисларининг XIX йиғилиши доирасида мамлакатимизга ташриф буюрган Ч.Цзюн, Адлия вазирлигида бўлиб ўтган учрашувда давлат ва жамият хаётининг турли жабҳаларида амалга оширилаётган ҳуқуқий ислоҳотлар билан яқиндан таништирилди.

Маълумот учун: хорижий делегация таркиби ХХРнинг Ўзбекистондаги элчиси жаноб Юй Цзюн, ХХР Олий халқ суди таркибий бўлинмалари, Жиангхи ва Цинхай провинциялари юқори халқ суди раислари ҳамда Ташқи ишлар вазирлиги вакилларидан иборат бўлди.

Хусусан томонлар Ўзбекистон ва Хитой ўртасидаги муносабатлар янги босқичга кўтарилганлиги, турли соҳаларда кенг қиррали алоқалар ривожланиб бораётганлиги ҳамда олий даражадаги ўзаро икки томонлама ташрифлар бунинг аниқ мисоли эканлигига урғу бериб ўтди.

Шанҳай ҳамкорлик ташкилоти доирасида ҳам икки давлат ўртасида кўп қиррали ва ўзаро манфаатли ҳамкорлик йўлга қўйилганлиги алоҳида таъкидланди.

Шунингдек ҳуқуқий ислоҳотлар, юридик хизмат ва суд экспертиза соҳаларини такомиллаштириш борасида олиб борилаётган ишлар юзасидан хорижий меҳмонлар билан баҳам кўрилди.

Ўз навбатида Ч.Цзюнь Ўзбекистонда суд-ҳуқуқ соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотларни ижобий баҳолаб, ушбу жараён мамлакатда одил судловга эришиш ва инсон ҳуқуқларини самарали таъминлаш учун хизмат қилишига ишонч билдирди.

Жаноб Ч.Цзюнь Ўзбекистоннинг суд экспертизасини ривожлантириш соҳасидаги тажрибасига яқиндан қизиқиш билдирди ҳамда Хитой халқ Республикасининг хусусий суд экспертиза ташкилотлари фаолиятига оид маълумотлар билан ўртоқлашди.

Шунингдек, томонлар медиация институтини янада ривожлантириш масалаларини атрофлича муҳокама қилишди ҳамда ушбу соҳада ўзаро тажриба алмашишга келишиб олдилар.
#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 22-may kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.

Malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.
Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 28 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 11 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:
Jurayev Muxiddin Tajidinovich;

Qashqadaryo viloyatidan:
Ibrohimov Bahrom Baxtiyor o‘g‘li;

Namangan viloyatidan:
Zaripov Ravshanbek Raxmanovich;

Samarqand viloyatidan:
Azizov Sherzod Ilxomovich;

Toshkent shahridan:
Gulomova Sevaraxon Abdusalomovna;
Gʻulomov Javohir Gʻiyos o‘g‘li;
Ishmanov Javoxir Nurmamad o‘g‘li;
Mirkasimova Madina Bonu Maxmud qizi;
Ortiqova Zarina Shuhrat qizi;
Shaydozimova Nasiba Kudaybergenovna;
Yuldoshev Nozimbek Ilxom-o‘g‘li;

Malaka imtihoni joriy yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.
#Adliya_tayinlov

Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Isayev Mirjon Zamirovich tayinlandi.

Mirjon Zamirovich 1983-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003-yil Toshkent davlat yuridik institutini (bakalavr), 2013-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2003-yilda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida, sud tizimida, Prezident Administratsiyasida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Mirjon Zamirovich Isayevni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!
#Adliya_tayinlov

Namangan viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ahmedov Dilmurod Toxirjonovich tayinlandi.

Ahmedov Dilmurod 1984-yilda Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2007-yil Namangan davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2007-yilda Namangan viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Dilmurod Toxirjonovich Ahmedovni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!
#Adliya_tayinlov

Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdullayev Ulugbek Ravshanbekovich tayinlandi.

Ulugbek Abdullayev 1985-yilda Samarqand viloyati, Bog'ishamol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yil Qoraqalpoq davlat universitetini (bakalavr), 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2010-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Ulug'bek Ravshanbekovich Abdullayevni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!
#Adliya_tayinlov

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zoxidov Djaxongir Erkinovich tayinlandi.

Djaxongir Zoxidov 1987-yilda Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2012-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Djaxongir Erkinovich Zoxidovni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!