Sevara Urinbayeva
2.54K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_hisobot

2024-yil I chorakda
▫️Qaysi tashkilot bilan ish bitishi qiyin: davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ijro intizomi va qonun buzilishlar
#Adliya_teleloyiha

Адлия вазирлиги ва "Ўзбекистон" телеканали томонидан ўзаро ҳамкорликда йўлга қўйилган "ЮРИДИК КЛИНИКА" кўрсатуви эфирга узатилди.


Мавзу: Кадастр соҳасидаги қонунчилик янгиликлари

Саволларга Адлия вазирлиги ва Кадастр агентлиги масъуллари жавоб берди.

❗️ Жонли эфир вақтида фуқаролар  ўзини  қизиқтирган саволларга жавоб топиш имкониятига эга бўлишди

📹 https://www.youtube.com/watch?v=T9hC-4VWCSo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Адлия вазирлигининг 2024 йил 1-чоракдаги фаолияти сарҳисоби

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган
брифингда Адлия вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Севара Ўринбоева маълум қилди.

Вазирликка 2024 йил 1-чорак бўйича келиб тушган жами 35 мингдан ортиқ мурожаатларнинг 76 фоизи қонуний ҳал этилди.

Фуқаро ва тадбиркорлар манфаатида киритилган таъсир чоралари натижасида 538 млрд. сўмдан ортиқ пул маблағи ундириб берилди.

Қонун бузилиши ҳолатларини бартараф этиш бўйича 3 179 та тақдимнома киритилди, 3 830 нафар шахслар маъмурий, 1 169 нафар шахслар интизомий жавобгарликка тортилди.

Давлат хизматлари марказлари томонидан аҳолига 4,3 млн.дан ортиқ хизматлар кўрсатилиб, хизмат кўрсатиш жараёни ва босқичлари соддалаштирилиши натижасида ўртача хизмат кўрсатиш вақти 7,5 дақиқани ташкил этмоқда.

🔵19 858 та юридик шахс давлат рўйхатидан ўтказилди;
🔵53 314 та ЯТТ давлат рўйхатидан ўтказилди;
🔵давлат хизматлари марказларида кўрсатиладиган давлат хизматлари турлари сони 355 тага етказилди.

Судларга 189 млрд. сўмга яқин 3 030 та даъволар (аризалар) киритилган.

📝 Батафсил
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya
vaziri Farg‘ona davlat universitetida yoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Tashkulov Farg‘ona davlat universitetining Yuridik fakultetida hamda Farg‘ona yuridik texnikumida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Adliya vaziri dastlab Universitetda tashkil etilgan muzey bilan tanishdi. Shundan so‘ng talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida Adliya vaziri talabalarga ta'lim tizimidagi islohotlar, sohadagi dunyo tajribasi, ta'lim tizimida yoshlarga yaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, tadbirda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif, mulohazalar tinglandi, ular tomonidan berilgan savollarga Adliya vaziri batafsil javob berdi.

Tadbir so‘ngida faol yoshlarga Adliya vazirining sovg‘alari topshirildi.
#Адлия_хабари

Оила қуриш тартиби ва унинг аҳамияти 👪👫


15 май Халқаро оила👪 куни муносабати билан Онлайн мулоқот лойиҳамизнинг навбатдаги сони бўлиб ўтади.

▶️Адлия вазирлигининг Фейсбукдаги «Адлия билан мулоқот/ Диалог с юстицией» (https://www.facebook.com/groups/adliya/) гуруҳида 2024 йил 15 май куни соат 16:00 да "Оила қуриш тартиби ва унинг аҳамияти" мавзусида “Onlayn” мулоқот ўтказилади.

Мулоқот давомида Адлия вазирлиги масъуллари, ФҲДЁ ходимлари томонидан сизларни қизиқтирган масалаларга оид саволларга жавоб берилади.

Мавзу бўйича ўзингизни қизиқтирган саволларни Адлия вазирлигининг @adliyaga_savolbot электрон манзили орқали йўллашингиз ёки мулоқот чоғида онлайн эфир кетаётган жойни ўзида ёзиб қолдиришингиз мумкин.
Adliya vaziri "Mahalla yettiligi" bilan uchrashdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona tumanining “Xonqiz” mahalla fuqarolari yigʻinida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Adliya vaziri tomonidan MFY xodimlariga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambag‘allikdan chiqishini ta’minlash uchun maqsadli va manzilli yo‘naltirilishi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligi ta'kidlandi.

MFY xodimlari sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

Uchrashuv so‘ngida Adliya vaziri MFY binosida adliya organlari tashabbusi bilan tashkil etilgan 1,5 mingdan ortiq turli adabiyotlar va 40 mingdan ortiq elektron kutubxona fondiga ega bo’lgan kutubxona bilan tanishdi.
Adliya otalig‘iga olingan yoshlarning bandligini taʼminlashda Farg‘ona tajribasi samara bermoqda. O‘nlab oilalar daromadga kirdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Farg‘ona viloyatida adliya otalig‘iga olingan yoshlarning ish bilan taʼminlanishi, sharoitlari va bandligi bilan tanishdi.
Farg‘ona tumani "Qo‘rg‘ontepa" MFY, “Kurash” ko‘chasida istiqomat qiluvchi nogironligi bor fuqarolar Doniyor Qo‘shmatov hamda Maftuna Tirkashboyevalar adliya otalig‘iga olingan yoshlardan.

Joriy yil boshida adliya tizimi vakillarining mahallabay o‘rganishlari davomida ularning oilaviy sharoitlari ko‘zdan kechirilib, qo‘shimcha daromad manbasi sifatida issiqxona qurib berishga ko‘maklashilgan edi. Ayni kunlarda ularning ana shu issiqxonalarida poliz mahsulotlari g‘arq pishgan.

Vazir adliyadan amaliy ko‘mak olgan yoshlarning oilalari va daromad manbalarini ko‘zdan kechirdi.

Aytish mumkinki, shu davrga qadar Farg‘onada otaliqqa olingan yoshlarning 120 nafariga o‘z daromad manbalarini topishda amaliy, moddiy va huquqiy ko‘mak berilgan.