Sevara Urinbayeva
2.12K subscribers
9.99K photos
1.22K videos
23 files
4.54K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri o'rinbosari A.Karimov tumandagi “Merganteks” MCHJda bo’lib, ishchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish laboratoriyalari faoliyati, jamiyat tomonidan tayyorlanayotgan paxta-to'qimachilik mahsulotlarining eksporti hamda mavjud muammolarini o‘rgandi.

Vazir o‘rinbosari tomonidan tadbirkorlik subyektiga yaratilgan imkoniyatlar va qonunchilik hujjatlari bilan berilgan imtiyozlar haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berilib, korxonaning mavjud muammolari hamda takliflari bilan oʻrtoqlashib, ularni respublika, viloyat va tuman darajasida bartaraf etish mexanizmlarini tushuntirib oʻtildi.

Ma’lumot uchun: “Merganteks” MCHJ Olot va Qorako‘l tumanida istiqomat qilayotgan 350 nafardan ortiq fuqarolarni ish bilan ta’minlagan.
👍3
Sayyor qabullar xalq bilan muloqotning samarali yo'li

Аdliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev, boshqarma boshlig'i A.Ergashevning Arnasoy tumanidagi "Bobur" MFYda sayyor qabuli tashkil etildi. Tuman hokimi, sektor rahbarlari, profilaktika inspektori, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullar hamda davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida hudud aholisi bilan suhbatlashildi.

Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shu bilan birga hudud aholisi uchun sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
👍3👏1
#Adliya_brifing

📢 Bugun, 15-may kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tadi.

Mavzu: Adliya vazirligining 2024-yil 1-chorakdagi faoliyati sarhisobi

Vaqti: 12:00

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Prezident topshiriqlari hayotda va nazoratda

Adliya vaziri A.Toshqulov Farg‘ona shahrida joylashgan Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi binosini kapital taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-13-may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlisda berilgan topshiriqlari bo‘yicha 43-sonli yig‘ilish bayoni 135.1-bandida viloyatda aholi, ayniqsa, yoshlarni kutubxonalarga keng jalb etish, qamrov darajasini oshirish maqsadida, tabiiy ofat tufayli zararlangan Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi binosini kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish vazifasini bajarish belgilangan.

Jumladan, Adliya vaziri “Mirza Saodat” MChJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish hamda kutubxona fondida saqlanayotgan 350 mingdan ortiq kitoblarni saqlanishi va kelgusida kitobxonlarga yaratiladigan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
👍6🔥1
#Adliya_hisobot

2024-yil I chorakda
▫️Qaysi tashkilot bilan ish bitishi qiyin: davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ijro intizomi va qonun buzilishlar
👍2
#Adliya_teleloyiha

Адлия вазирлиги ва "Ўзбекистон" телеканали томонидан ўзаро ҳамкорликда йўлга қўйилган "ЮРИДИК КЛИНИКА" кўрсатуви эфирга узатилди.


Мавзу: Кадастр соҳасидаги қонунчилик янгиликлари

Саволларга Адлия вазирлиги ва Кадастр агентлиги масъуллари жавоб берди.

❗️ Жонли эфир вақтида фуқаролар  ўзини  қизиқтирган саволларга жавоб топиш имкониятига эга бўлишди

📹 https://www.youtube.com/watch?v=T9hC-4VWCSo
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Адлия вазирлигининг 2024 йил 1-чоракдаги фаолияти сарҳисоби

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган
брифингда Адлия вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Севара Ўринбоева маълум қилди.

Вазирликка 2024 йил 1-чорак бўйича келиб тушган жами 35 мингдан ортиқ мурожаатларнинг 76 фоизи қонуний ҳал этилди.

Фуқаро ва тадбиркорлар манфаатида киритилган таъсир чоралари натижасида 538 млрд. сўмдан ортиқ пул маблағи ундириб берилди.

Қонун бузилиши ҳолатларини бартараф этиш бўйича 3 179 та тақдимнома киритилди, 3 830 нафар шахслар маъмурий, 1 169 нафар шахслар интизомий жавобгарликка тортилди.

Давлат хизматлари марказлари томонидан аҳолига 4,3 млн.дан ортиқ хизматлар кўрсатилиб, хизмат кўрсатиш жараёни ва босқичлари соддалаштирилиши натижасида ўртача хизмат кўрсатиш вақти 7,5 дақиқани ташкил этмоқда.

🔵19 858 та юридик шахс давлат рўйхатидан ўтказилди;
🔵53 314 та ЯТТ давлат рўйхатидан ўтказилди;
🔵давлат хизматлари марказларида кўрсатиладиган давлат хизматлари турлари сони 355 тага етказилди.

Судларга 189 млрд. сўмга яқин 3 030 та даъволар (аризалар) киритилган.

📝 Батафсил
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#Adliya_xabari

Adliya
vaziri Farg‘ona davlat universitetida yoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Tashkulov Farg‘ona davlat universitetining Yuridik fakultetida hamda Farg‘ona yuridik texnikumida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Adliya vaziri dastlab Universitetda tashkil etilgan muzey bilan tanishdi. Shundan so‘ng talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida Adliya vaziri talabalarga ta'lim tizimidagi islohotlar, sohadagi dunyo tajribasi, ta'lim tizimida yoshlarga yaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, tadbirda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif, mulohazalar tinglandi, ular tomonidan berilgan savollarga Adliya vaziri batafsil javob berdi.

Tadbir so‘ngida faol yoshlarga Adliya vazirining sovg‘alari topshirildi.
👍5🔥1