Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Гулларга ҳамиша гул ярашади🌸
Кўзларда ҳаёт ташвиши, қўлларда меҳнат қадоғи, юракларда борлиқ титроғи… Битта гул билан нигоҳлар порлайди, кўнгиллар ёришади, бутун олам мунаввар бўлади. Чунки гулларга ҳамиша гул ярашади!
Hudud24.uz мунис аёлларнинг гўзал чеҳраси, майин табассуми, ҳайрати, ҳаяжонини тасвирга олди.
Борлигингиз бахт, азиз аёллар! Байрамингиз муборак бўлсин!

#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari “Yuksalish" sanoat zonasidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Namangan shahridagi “Yuksalish” sanoat zonasida boʻlib, “Ko'ksaroy” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirkor bilan muloqotda ularni yanada jadal faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, har bir chiqarilgan qaror va farmonlar yangidan-yangi gʻoyalar ustida ishlashga turtki boʻlishi taʼkidlandi. Shuningdek, huquqiy jihatdan qanday yordam va maslahatlar kerak boʻlsa adliya vazirligi uning hududiy boshqarmasi tayyorligi maʼlum qilindi.
Shuningdek, sanoat zonadagi “Fazman” masʼuliyati cheklangan jamiyatida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan olib borilgan muloqotda, ishbilarmonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritib, aholi bandligini taʼminlagan ishbilarmonlarga berilayotgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Joylarda tadbirkorlar bilan oʻtkazilayotgan yuzma-yuz muloqotlarni tashkil etishdan koʻzlagan maqsad ularga huquqiy tushuntirishlar berish orqali mavjud muammolarni hal etishga koʻmaklashishdan iborat.

#Адлия_табриги
Адлия вазири А.Тошқуловнинг 8 март — халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан байрам табриги

Азиз аёллар!
Сизларни 8 март – Халқаро хотин-қизлар куни билан чин қалбдан самимий муборакбод этамиз.
Сизларга сиҳат-саломатлик, оилангизга тинчлик-хотиржамлик тилаймиз. Доимо эътибор ва эътирофда, азиз ва мукаррам бўлиб юринг! Байрамингиз муборак бўлсин!
Ҳурмат билан Адлия вазирлиги жамоаси

#Bu_muhim #Davlat_xizmatlari
🤔 Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilishni bilasizmi?
🚶🏻Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas.
✅ Buning uchun:
1️⃣ My.gov.uz saytiga kirish
2️⃣ "Shaxsiy kabinet"ga o‘tish
3️⃣"Fuqarolik" bo‘limini tanlash
4️⃣ “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish” tugmasini bosish kerak.
👨🏻💻Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.
🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barcha savollarga infografikada javob topasiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Адлия_ҳуқуқий_акция
''Ҳеч бир шахс ҳужжатсиз қолмайди'' ҳуқуқий акцияси доирасида 2024 йил 20 январдан 7 мартга қадар амалга оширилган ишлар билан танишинг!
''Ҳеч бир шахс ҳужжатсиз қолмайди'' ҳуқуқий акцияси доирасида 2024 йил 20 январдан 7 мартга қадар амалга оширилган ишлар билан танишинг!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_videodaydjest
📹 Ўтган ҳафта давомида Адлия тизимида қандай муҳим воқеалар, ўзгаришлар рўй берди?
Улар ҳақида ҳафталик дайжести
📹 Ўтган ҳафта давомида Адлия тизимида қандай муҳим воқеалар, ўзгаришлар рўй берди?
Улар ҳақида ҳафталик дайжести
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi: yangi sanitariya-gigiyena talablari belgilanmoqda
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi Oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0068-24-son SanQvaN) Adliya vazirligi tomonidan hisobga olindi.
Mazkur hujjat mulkchilik shaklidan qat’iy nazar qurilayotgan, qayta qurilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo korxonalarining joylashuvi, jihozlanishi va ularning sanitariya-gigiyenik holati, shuningdek xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu hujjat bilan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi ayrim talablar (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oziq-ovqat turlari ro‘yxatiga o‘zgartirshlar kiritish mumkin emasligi, savdo korxonasi qurilishi uchun yer tanlash Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishilgan bo‘lishi kabilar) bekor qilingan.
Yangi tahrirdagi hujjat bilan quyidagi sanitariya-gigiyena talablari belgilangan:
• savdo korxonalarini suv bilan ta’minlash uchun markazlashtirilgan maishiy va ichimlik suv ta’minotiga ulangan bo‘lishi, bunda markazlashtirilgan suv ta’minoti mavjud bo‘lmagan taqdirda, mustaqil suv ta’minoti tizimi qurilgan bo‘lishi;
• oziq-ovqat va ularning tarkibiy qismlari, shuningdek nooziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalarni (tozalash vositalari, moylash materiallari, yoqilg‘ilar) saqlash uchun alohida sharoit (quruq va tabiy yoki sun’iy ventilyatsiyasi mavjud xona) yaratilgan xonalar bo‘lishi;
• qadoqlash uchun ishlatiladigan bir marotabalik idishlar inson salomatligi uchun xavfsiz materiallardan (plastik, kartonli, qog‘oz) tayyorlangan va toza, quruq bo‘lishi.
Shu bilan birga, xavf-xatarni oldini olish maqsadida ishchi xodimlarda ochiq yaralar, tirnalgan, kesilgan yoki boshqa teri jarohati bo‘lganda, jarohatni plastir bilan berkitish lozimligi.
Shuningdek, xodimlar quyidagi hollarda qo‘llarni suyuq sovun bilan yuvishi va dezinfeksiya qilishi lozimligi:
• ish boshlashdan oldin;
• ishdagi har bir tanaffusdan keyin;
• bir jarayondan ikkinchisiga o‘tishda;
• ifloslangan narsalarga qo‘l orqali tegilgandan keyin;
• hojatdan oldin va keyin ikki marta;
• toza maxsus kiyim (poyabzal bilan birgalikda) kiyishdan va ish boshlashdan oldin.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

#Adliya_onlayn
Айни вақтда Адлия вазирлигида “Ижро интизоми-самарадорлик омили” мавзусида ўқув-амалий семинар ўтказилмоқда.
Мазкур семинар Ҳисоб палатаси билан биргаликда ташкил этилди.
Семинарда республика ижро этувчи ҳокимият органлари, маҳаллий ҳокимликлар ҳамда хўжалик бирлашмаларининг раҳбарлари ва ижро интизомига масъул ходимлари жонли тарзда 200 га яқин ва видео конференц-алоқа тарзда 800 дан ортиқ ходимлар иштирок этишмоқда.

#Хотин_қизлар_ҳуқуқи
🔰 Қонунчиликка кўра, давлат хизмати соҳасида хотин-қизлар ва эркаклар учун тенг ҳуқуқ ҳамда имкониятларни таъминлаш орқали давлат бошқарувида турли жинсдаги шахсларнинг иштирок этиши учун шарт-шароитлар яратилиши кафолатланади.
⚠️ Давлат хизматидаги лавозимларни, шу жумладан раҳбарлик лавозимларини эгаллаш учун танловда хотин-қизлар ва эркакларнинг тенг равишда иштирок этиши таъминланиши керак.

Ижро интизоми-самарадорлик омили
Жорий йил 12 март куни Адлия вазирлиги, Қорақалпоғистон Республикаси Адлия вазирлиги, вилоятлар ва Тошкент шаҳар адлия бошқармалари биноларида “Ижро интизоми-самарадорлик омили” мавзусида ўқув-амалий семинар ўтказилди.
Мазкур семинар Адлия вазирлиги томонидан Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси, Вазирлар Маҳкамаси ва Ҳисоб палатаси билан биргаликда ташкил этилди.
Адлия вазири ўринбосари А.Каримов олиб борган семинарда республика ижро этувчи ҳокимият органлари, маҳаллий ҳокимликлар ҳамда хўжалик бирлашмаларининг раҳбарлари ва ижро интизомига масъул ходимлари жонли тарзда 200 га яқин ва видео конференц-алоқа тарзда 800 дан ортиқ ходимлар иштирок этишди.
Тадбирдан кўзланган асосий мақсад аввало шундай тизимли муаммоларни аниқлаш, уларни бевосита ижрочилар билан муҳокама қилиш ҳамда бартараф этиш бўйича аниқ таклифлар ишлаб чиқишдир.
Батафсил👈🏻