Sevara Urinbayeva
2.53K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_hisobot_beradi

❗️Yuridik markazlar tomonidan sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatilishi natijasida xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar hujjatlarining nazorat qiluvchi organlar va sud idoralari tomonidan bekor qilinishi 99 foizga qisqardi.

Taqqoslash uchun, davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish adliya idoralariga o‘tkazulgunga qadar, xususan 2019—2021-yillarda 21 588 ta hujjatlar bekor qilingan.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hisobot_beradi

❗️“Hammasi bir joyda” tamoyilini hayotga tadbiq etish bo‘yicha ishlar davom ettirilib, davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari soni 335 taga yetkazildi.

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 134 taga, haydovchilik guvohnomasini almashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 26 taga hamda ID-karta rasmiylashtirish davlat xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega davlat xizmatlari markazlari soni 25 taga yetkazildi.

Kompozit davlat xizmatlari, ya'ni bitta ariza orqali bir nechta xizmatdan foydalanish imkoniyatini beruvchi davlat xizmatlarining turi 31 taga yetkazildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 13 mln 220 mingdan (12 foizga ko‘p) ortiq xizmatlar ko‘rsatildi, 88 mingdan ortiq yuridik shaxs va 130 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hisobot_beradi

❗️2023-yilda 5 799 840 ta (2022-yilga nisbatan 8 foizga ko‘p) notarial harakat amalga oshirildi.

Merosxo‘rlar doirasi aniqlab beruvchi shajara dasturi yaratildi. Bu esa o‘z navbatida meros ishlari yuritishni osonlashtirib, ehtimoliy merosxo‘rlar doirasini to‘liq aniqlash imkonini beradi.

Aholining malakali yuridik yordamga bo‘lgan huquqlarini ta'minlash maqsadida 804 nafar advokatga litsenziya berildi, natijada respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar soni 5 314 nafarga yetdi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hisobot_beradi #Ochiq_adliya

Bugun, 22-fevral kuni “Adliya vazirligi jamoatchilik oldida hisobot berdi” nomli media ivent o‘tkazildi.

Ushbu tadbir vazirlik tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, kelgusi rejalar, kutilayotgan yangi loyihalar to‘g‘risida OAVlari va jamoatchilikni xabardor qilish, media hamjamiyat bilan yaqin muloqot o‘rnatish maqsadida tashkil etildi.

Unda “Adliya hisoboti-2023” kitobi, “Adliya vazirligidan aholiga 100 maslahat” hamda “Adliya vazirligidan yoshlarga 100 maslahat” nomli huquqiy qo‘llanmalar taqdimot qilindi.

Tadbir davomida jurnalist va jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

👉Batafsil
#Adliyadan_yangilik

Адлия вазирлиги томонидан сунъий интеллект имкониятлари ёрдамида илк мултьфильм тайёрланди

Ўрмончи чол ва босқинчи броконьерлар.

Ўрмонда яшовчи дарахтлар оиласи билан мудҳиш воқеа содир бўлди. Браконерлар ўрмонга бостириб кириб, дарахтларни кесиб ташламоқчи бўлишди.

Яхшиямки, уларни ҳимоя қилувчи ўрмончи амаки ва қонун ҳимоячилари бор эди. Дарахт кушандалари қўлга олинди ва жавобгарликка тортилди.

Ушбу мультфильм Адлия вазирлиги томонидан сунъий интеллект имкониятлари ёрдамида тайёрланди.

Мультфильмни кўриш 👉 https://www.youtube.com/watch?v=yrwq9IOlZ-8&t=14s
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ОАВ_биз_ҳақимизда

Аҳоли давлат ҳисобидан юридик ёрдам олишдан фойдаланяптими?

Бугун, Адлия вазирлигида “Адлия вазирлиги жамоатчилик олдида ҳисобот берди” номли медиа тадбир ўтказилди. Унда вазир ўринбосари Алишер Каримов ҳамда ОАВ ходимлари иштирок этди.

Тадбирда ishonch.uz мухбирлари фаол қатнашди ва ўзларининг қизиқтирган саволларини берди.
#Adliya_xabari

Adliya vaziri mahalla aholisining muammolarini o‘rgandi

Adliya vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi ishchi guruh Angor tumanining “Gilambob” mahallasida uyma-uy yurgan holda qabul qilingan qonun hujjatalarining ijrosini amalda joyiga chiqqan holda o'rganildi.

O‘rganish davomida mahallani har tomonlama yanada rivojlantirish maqsadida fikr almashildi, xususan, aholining mahallada ishsizlikka barham berish, ushbu mahalladagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalangan holda o‘z-o‘zini band qilish, daromadlarini oshirish yuzasidan taklif va mulohazalari tinglandi.

Uyma-uy yurish jarayonida jami  840 ta xonadonda istiqomat qiluvchi
5 000 dan ortiq aholining muammolari o‘rganilib, 500 dan ortiq xonadonda istiqomat qiluvchi aholining turli sohalarda muammolari mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolarning 50 dan ortig‘i  joyida hal etilishi ta’minlandi.

Ishchi guruh tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
#Adliya_huquqiy_aksiya

Hech kim hujjatsiz qolmaydi: Quvonchbek 9 yoshida guvohnomaga ega bo‘ldi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Angor tumanining “Kattaqum” mahallasida yashovchi fuqaro Umida opaning 2015-yil tug‘ilgan 9 yoshli o‘g‘li Xolboyev Quvonchbekning tug‘ilishi rasmiylashtirilib, guvohnomasi shaxsan adliya vaziri A.Toshqulov tomonidan topshirildi.

Quvonchbek tibbiy yordamsiz tug‘ruqxonadan tashqarida (xonadonida) tug‘ilganligi sababli bugungi kunga qadar tug‘ilganlik haqida guvohnoma ololmagan.

Eslatma: Huquqiy aksiya doirasida fuqarolar bevosita tuman (shahar) adliya bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaatlarini qoldirishlari mumkin.