Sevara Urinbayeva
2.51K subscribers
9.87K photos
1.17K videos
23 files
4.43K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#ziyo_ulash

Адлия вазирлиги ташаббуси билан #ziyo_ulash акцияси ҳудудларда давом этмоқда.

Бугун “14 февраль -Халқаро китоб ҳадя қилиш куни” муносабати билан 34 та маҳаллада ёшлар учун кутубхоналар ташкил этилди.

Кутубхоналарга 6,7 мингдан зиёд Президент асарлари, ўзбек ва жаҳон адабиёти дурдоналари, болалар ва ҳуқуқий адабиётлар, 26 та компьютер ва 451 та мебель жиҳозлари совға қилинди.

Шу билан бирга, 40 минг китобни ўзида жамлаган электрон кутубхонадан фойдаланиш имконияти яратилди.

Акциямизга Республика Маънавият ва маърифат маркази, Ёшлар ишлари агентлиги, Автомобил йўллари давлат қўмитаси ҳамда Нотариал палата ҳам қўшилди.

#ziyo_ulash акциясига старт берилгандан буён 100 та маҳаллада кутубхоналар ташкил қилиниб, 31 мингга яқин китоблар, 66 та компьютер ва 1100 дан ортиқ мебель жиҳозлари совға қилинди.

Келгусида акция доирасида яна 108 та маҳаллада кутубхоналар ташкил қилиш режалаштирилган.

Барча юртдошларимизни #ziyo_ulash акциясида иштирок этишга таклиф қиламиз!
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Andijon viloyati Xo'jaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabda ushbu tuman umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan huquqshunos pedagoglar hamda mazkur maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi va namunaviy huquq sinfi bilan tanishdi.

Adliya vaziri maktabning huquqshunoslik fanidan dars o‘tadigan pedagoglar bilan uchrashuvda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati va g‘oyalarini o‘quvchilarga sodda va zamonaviy metodlar asosida yetkazish, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarning qonuniy asoslarini tushuntirib berish, ularning ongiga inson huquqlari va qonun ustuvorligi g‘oyalarini singdirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Vazir maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvda ularning qiziqishlari, orzu-istaklari hamda rejalari, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va o‘zining tavsiya, maslahatlarini berdi.

Xizmat safari davomida adliya vaziri tashkil etilgan respublikamizning barcha maktablarida joriy etish rejalashtirilgan Konstitutsiya normalari, huquqqa oid fundamental bilimlar, yoshlarning asosiy huquqlarini ifoda etuvchi elektron hamda ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan namunaviy huquq sinfi bilan tanishdi.

Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tuman maktablarining huquqshunos pedagoglari uchun Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati, Davlat va huquq asoslari fanidan dars mashg’ulotlarini interaktiv usulda va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan master klass o’tkazildi.

Shu bilan birga, universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan maktab o‘quvchilari namunaviy dars mashg’uoti o’tildi.
#Ҳуқуқни_билиш_фойдали

⚡️Эр ва хотин иш ҳақи ёки даромадга эга бўлмаган тақдирда ҳам умумий мол-мулкка нисбатан тенг ҳуқуқли ҳисобланади

Қонунчиликка кўра, эр ва хотиндан бири уй-рўзғор ишларини юритиш, болаларни парвариш қилиш билан банд бўлган ёки бошқа сабабларга кўра мустақил иш ҳақи ва бошқа даромадга эга бўлмаган тақдирда ҳам эр ва хотин умумий мол-мулкка нисбатан тенг ҳуқуққа эга бўлади.

🔨 Шунингдек, қимматбаҳо буюмлар ва зебу-зийнатлардан бошқа шахсий фойдаланишдаги буюмлар (кийим-бош, пойабзал ва бошқа шу кабилар), гарчи никоҳ давомида эр ва хотиннинг умумий маблағи ҳисобига олинган бўлса ҳам, улардан фойдаланиб келган эр ва хотиннинг хусусий мулки ҳисобланади.
#Adliya_onlayn

Айни дамда Адлия вазирлигида коррупцияга қарши экспертиза тартиби ва амалиёти масалалари муҳокама қилинмоқда
Adliya vaziri andijonlik yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yilning 14-fevralida Adliya vaziri A.Toshqulov Andijon viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida "Vatanpavarlik va milliy qadriyat" mavzusida yuristprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, Adliya vaziri tomonidan #Ziyo_ulash aksiya doirasida talabalarga Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob to‘plamlari sovg'a qilindi.