Sevara Urinbayeva
2.12K subscribers
9.99K photos
1.22K videos
23 files
4.54K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Mehnat_huquqi

Ayollarning mehnat huquqlari kafolatlari

Adliya vazirligi markaziy apparatida faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar uchun "Ayollarning mehnat huquqlari kafolatlari" mavzusida seminar trening o'tkazildi.

Yangi Mehnat kodeksida xotin-qizlar bilan mehnat shartnomasini tuzish, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg'ul bo'lgan ayollar bilan ish vaqti, dam olish vaqtini belgilash, ularni qo'shimcha kafolatlar bilan ta'minlash masalasidagi huquqlari va majburiyatlari haqida soha mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
👍6
Adliya vaziri Pop tumanidagi “mahalla beshligi” bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Namangan viloyatiga tashrifi davomida Pop tumanidagi "Abdulla Qahhor" mahallasida boʻlib, “mahalla beshligi” bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida aholi muammolarining huquqiy yechimi, sohaga oid qonun hujjatlarining ijrochilarga yetkazilishi ahvoli hamda mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Akbar Toshqulov yoshlar yetakchisi bilan suhbatlashganda yoshlar daftariga kiritilgan uyushmagan yoshlarning bo’sh vaqtini maqsadli o’tkazish va ularning bandligini ta’minlashda yoshlar tadbirkorligi uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahallaning xotin-qizlar bo’yicha maslahatchisi bilan muloqotda xotin qizlarning ijtimoiy hayotidagi huquqiy muammolari hamda zo’ravonliklardan himoya qilinganligining qonunchilikda belgilangan kafolatlari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.
👍3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Ҳурматли фуқаролар!

🔥💥Ис газидан заҳарланиш, ёнғинлар ва газ-ҳаво аралашмасининг чақнашидан огоҳ бўлинг!

Ўзингиз ва яқинларингиз ҳаётини хавф остига қўйманг.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
👍4
Adliya vaziri Namangandagi yirik korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Akbar Toshqulov Namangan viloyatidagi yirik korxonalardan biri bo’lgan “Chust textile” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxona xodimlari bilan muloqot qildi.

Ma’lumot uchun: Korxona 2007-yilda tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunda 3000dan ortiq fuqaro faoliyat yuritadi.

Adliya vaziri tadbirkor bilan faoliyatda eksport va brend olish sohalarini tartibga soluvchi hamda mehnat qonunchiligini qo’llash amaliyoti haqida suhbatlashdi.

 Shuningdek, tovarlarni eksport qilish bilan bog’liq qonunchilik va huquqni qo’llashdagi muammolar ko’rib chiqilishi bildirildi.
👍5🔥1👏1
#Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Menga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma o‘rniga tibbiyot muassasi tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma berildi. Bu tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan tenglashtiriladimi?

📌Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentyabrdagi 540-son qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-iyundan boshlab tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanishi belgilandi. Ya’ni tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kodli ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma bilan bir xil kuchga ega.

📎Fuqarolarga tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma ularning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.
👍5
#Diqqat_e’lon

📣Adliya vazirligi rahbarlik lavozimiga ishga taklif etadi!

🔹Media sohasida tajribaga egamisiz?
🔹Kreativ g‘oyalaringizni tasvirga ko‘chirishda qanchalik faolsiz?
🔹Montaj, suratga olish jarayonlarida o‘zingizni tasavvur qila olasizmi?

❗️Unda fursat va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang

Batafsil ➡️ bu yerda.
👍113
#kinofotofono #uzarxiv

‼️DIQQAT E‘LON‼️

📣📣 Hurmatli jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Joriy yilning 6-noyabr kuni, "RENESSANS" kino uyi binosida O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tashkil etilganligining 80 yilligi munosabati bilan tadbir bolib otadi.

📍Ushbu tadbirga barcha mustaqil jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif etamiz.

Vaqti: 6-noyabr, soat 10:00 da

🏢Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor kochasi 1-uy
🏢Mo‘ljal: O‘zbekiston Milliy arxivi ro‘parasi, "Ozbekfilm" kinostudiyasi yonida

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | Twitter
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣Adliya vazirligi rahbarlik lavozimiga ishga taklif etadi!

🔹Media sohasida tajribaga egamisiz?
🔹Kreativ g‘oyalaringizni tasvirga ko‘chirishda qanchalik faolsiz?
🔹Montaj, suratga olish jarayonlarida o‘zingizni tasavvur qila olasizmi?

❗️Unda fursat va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang

Batafsil ➡️ bu yerda.

@adliyangiliklari
6👎2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
👍2💯1
#Adliya_tanlov

DIQQAT! FOTOTANLOV📣

Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida:

"Davlat xizmatlari hamma uchun" mavzusida fototanlov e'lon qilamiz!

📸Nominatsiyalarga mos keladigan suratlaringizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizda joylashtiring va qimmatli sovg'alarni yutib o'ling!

💡Tanlov haqidagi barcha ma'lumotni https://ipsd.uz/reports/26 havolasi orqali bilib olishingiz mumkin
👍3
Болаларни зарарли ахборотлардан қандай ҳимоя қилиш керак? 5 та муҳим маълумот

Ҳозир ахборот тарқатувчи ва ахборот истеъмолчиси ўртасида муҳаррир, мусаҳҳиҳ, таҳририят каби воситалар йўқолган. Ҳар ким қонун доирасида исталган ахборотни излаш, олиш ва тарқатиш ҳуқуқига эга. Айни шароитда болалар онгини хавфли маълумотлардан асраш масаласи долзарб. Хўш, болаларни зарарли ахборотдан қандай ҳимоя қилиш керак? Ахборотнинг ёшга доир қандай таснифлари бор? Hudud24.uz муҳим тавсияларни беради.

Батафсил 👉 https://hudud24.uz/?p=24188

Каналга уланиш 👉 @hudud24official
👍3😁1
Гендер зўравонлигини бартараф этиш ва гендер тенглигини таъминлашга қаратилган идоралараро ҳамкорлик масалалари муҳокама этилмоқда

Тошкентда Actedнинг Ўзбекистондаги Филиали Адлия Вазирлиги билан ҳамкорликда Ўзбекистон Республикаси вазирликлари ходимлари ва давлат органларининг гендер масалалари ва хотин-қизлар масалалари бўйича мутахассислари, ҳамда фуқаролик жамияти ташкилотлари учун "Гендер зўравонлигини бартараф этиш ва гендер тенглигини таъминлаш бўйича идоралараро ҳамкорликда халқаро илғор тажрибалар" мавзусида тренинг ўз ишини бошлади.

Маълумот учун: Тренинг Франция тараққиёт агентлиги (ФТА) ва Швейцария ҳукумати томонидан молиялаштириладиган, “Марказий Осиёда/Ўзбекистонда зўравонлик хавфи остида бўлган ва зўравонликка учраган аёлларни қўллаб-қувватлашда фуқаролик жамияти салоҳиятини кучайтириш” лойиҳаси доирасида ўтказилмоқда.

Тренингда иштирокчилар аёлларга нисбатан зўравонлик ва оиладаги зўравонликнинг олдини олиш, шунингдек, зўравонликдан жабрланган аёлларни ҳимоя қилиш бўйича ўзаро тажриба алмашиш имконига эга бўлишмоқда.

Шунингдек, иштирокчилар Латвиядан келган халқаро тренер томонидан зўравонликдан жабрланган ва зўравонлик хавфи остида бўлган аёлларга зарур хизматларни кўрсатиш стандартлари бўйича илғор халқаро тажриба намуналарини ўрганиш имкониятига эга бўладилар.

Тренингда турли вазирлик ва давлат ташкилотларидан ҳамда нодавлат нотижорат ташкилотлари ва фуқаролик жамияти ташкилотлари вакиллари қатнашмоқда.

Мазкур семинар эртага ҳам ўз ишини давом эттиради.
👍4💯1