Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.81K subscribers
37.9K photos
3.38K videos
20 files
9.53K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

📣Mamnuniyat bilan Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan (soat 10:00 dan) boshlab o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

Bunga ko‘ra,
1️⃣bosqich – fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17.07.2023 - 06.08.2023 davomida;
2️⃣bosqich – loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 06.08.2023 - 26.08.2023 davomida;
3️⃣bosqich – loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26.08.2023 - 15.09.2023 davomida o‘tkaziladi.

🔆Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda (mazkur mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).

🟣Jarayonda ishtirok etish shartlari bilan quyidagi video orqali tanishishingiz yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

РУС | ENG

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠«Tashabbusli budjet» uchun ovoz yig‘ishga majburlash - majburiy mehnat!

🔰 "Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga asosan (PQ-117, 10.04.2023 y) tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yig‘ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi

Sizning ovozingiz katta ahamiyatga ega!

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️💠"Tashabbusli budjet"ning 2023-yil 2-mavsumiga loyihalar kiritish bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi

🇺🇿 Mazkur mavsum doirasida respublika bo‘ylab 9 426 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq jami 49 464 ta loyihalar ilgari surildi.
Kelib tushgan loyihalar har bir tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan ishchi komissiyalar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda 20 kun davomida saralab olinadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, ovoz berish bosqichi joriy yilning 27-avgustidan boshlab o‘tkaziladi.

Ovoz berish jarayonlarida faol qatnashib, o‘zingizni qiziqtirgan loyihalarni qo'llab-quvvatlang!

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM