Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.69K subscribers
38K photos
3.41K videos
20 files
9.59K links
Download Telegram
🇺🇿 #Xabarlar #Yiğilish

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Administrasiyasining 2023-yil
15-apreldagi 20-sonli "Toshkent shahri tumanlarini har tomonlama rivojlantirish va islohotlar samaradorligini oshirish borasidagi vazifalar to'g'risida"gi farmoyishi ijrosi yuzasidan navbatdagi yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi bosh prokurori o'rinbosari Sh.Aminov, Iqtisodiyot va moliya vazirining o'rinbosari E.Rustamov, tuman hokimi E.Shukurov, shuningdek, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot vakillari ham ishtirok etishdi. Barcha mas'ullarga tumandagi mavjud muammo va kamchiliklarni hal etish, takliflarni ishlab chiqib, ijrosini ta'minlash bo'yicha qat'iy topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Yiğilish

🇺🇿Xabar berganimizdek, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o'rganish, mavjud muammolarni hal etish va belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash maqsadida tuzilgan ishchi guruhning navbatdagi yig'ilishi o'tkazilgan edi.

Yig'ilishdan so'ng, yo'nalishlar kesimida tumandagi mahalla hududlari o'rganildi. O'rganish chog‘ida aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli yechim va topshiriqlar berildi.

Ishchi guruh faoliyati hamda nazorat ishlari davom etmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Yiğilish

🇺🇿Davlat rahbarining joriy yil 11-apreldagi selektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash bo'yicha tuman hokimligi binosida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi bosh prokurori o'rinbosari Sh.Aminov, tuman hokimi E.Shukurov, shuningdek, administratsiya mas'ul xodimlari, oliy ta'lim rektorlari hamda shahar va tuman tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

💠Ma'lumotlarga ko'ra, tumandagi 778 nafar "qizil" toifadagi yoshlar bo'lib, ularning 203 tasi shahar boshqarma va oliy ta'lim rektorlariga hamda 575 tasi tuman tashkilot rahbarlariga biriktirilgan, shulardan 71 tasi vazirlik idoralariga to'g'ri keladi. Bugungi yig'ilishda vazirlik va idoralar, shahar boshqarma boshliqlari va oliy ta'lim muassasalari rektorlariga yoshlar bilan tizimli ishlash va muammolarni hal etish, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish bo'yicha tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Yiğilish

Erta tongdan tuman hokimligida respublika ishchi guruhi a'zolari, prokuratura, tuman tashkilot va bo'linma rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o'rganish va muammolarni bartaraf etishga doir o'tkazilgan mazkur yig'ilishda kunlik vazifa va topshiriqlar taqsimoti berildi.

Ayni damda ishchi guruh a'zolari tomonidan yo'nalishlar kesimida hududlar o'rganilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Yiğilish

Mahalla faollari uchun navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

👁Bugun Sergeli tumani hokimligi binosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining maslahatchisi B.Umurzakov tuman mahalla fuqarolari yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan "beshlik" tarkib bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv doirasida mas'ul rahbar tomonidan tumandagi 46 ta mahalla raislari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga mahalla “beshligi” hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ular oldidagi ustuvor vazifalar va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan huquqiy, uslubiy tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda faollar ham o'z taklif va murojaatlarini bildirishdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Yiğilish #Elektr

Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash hamda murojaatlarni o'z vaqtida hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan respublika ishchi guruhi a'zolari tomonidan navbatdagi yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishdan so'ng, tuman elektr tarmoqlari korxonasida tashkil etilgan navbatchilik shtabi faoliyati hamda murojaatlarni hal etish holatlari o'rganildi. Undan so'ng, Sergeli podstansiyadagi jarayonlar hamda elektr energiya ta'minoti bilan bog'liq rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, kun davomida V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodida joylashgan podstansiya va zavodda o'rnatilgan quyosh panellari ko'zdan kechirildi.

Umuman olganda, elektr energiya uzluksizligini ta'minlash - mavsumning eng dolzarb mavzularidan biridir. Shu sababli, bu soha bilan bog'liq barcha jarayonlar mutasaddilar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Yiğilish

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 2833-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar, Sergeli tumani IIO FMB saf maydonida bugun “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbiri yuzasidan  IIO, sud, prokuratura, Milliy gvardiya, FVB, MFY raislari va mahalla faollari ishtirokida yig'ilish o‘tkazildi.

Yig'ilishda tuman sektor rahbarlari so'zga chiqib, tumandagi umumiy holat muhokama qilindi. Shuningdek, IIO xodimlari tomonidan yo'riqnomada profilaktika kuni rejasiga ko'ra, sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi hamda sayyor sudlarning o'tkazilish joyi va vaqti, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot -tashviqot ishlarining amalga oshirilish rejalari belgilab olindi.

Keyingi lavhalarimizda batafsil hikoya qilinadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Yiğilish

Xabaringiz bor, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbiri yuzasidan yig'ilish o'tkazilgan edi.

🖋Yo'riqnomada belgilangan profilaktika kuni rejasiga ko'ra, sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi hamda sayyor sudlarning o'tkazilish joyi va vaqti, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot -tashviqot ishlari mahallalar kesimida amalga oshirildi.

Ushbu targ‘ibot ishlarining tumandagi barcha yo'nalishlar, mahallalar kesimida amalga oshirilishi davom etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Yiğilish

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 2833-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Sergeli tumani 1-sektor binosida “Jinoyatchilikka qarshi kurash” mavzusida tuman prokuraturasi, profilaktika inspektori, MFY raislari ishtirokida hisobot yig'ilishi o‘tkazildi.

Yig'ilishda sektor kesimi bo'yicha umumiy holat muhokama qilindi. Shuningdek, IIO xodimlari tomonidan yo'riqnomada profilaktika kuni rejasiga ko'ra, sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi hamda firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot -tashviqot ishlarining amalga oshirilish rejalari belgilab olindi.

Keyingi lavhalarimizda batafsil hikoya qilinadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM