Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.4K subscribers
42.5K photos
3.74K videos
20 files
10.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahar_tajribasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, Toshkent shahar tajribasini o'rganish maqsadida Navoiy viloyatidan kelgan delegatsiya a'zolari Sergeli tumaniga tashrif buyurishdi.

Delegatsiya a'zolari dastlab Sergeli tumani "Bunyodobod" mahallasidagi xotin qizlar faollari faolliyatining hamkor tashkilotlar bilan birgalikda olib borayotgan ish tajribalarini o'rganishdi.

So'ngra, tumandagi 61-son Oilaviy poliklinikaga yetib kelishdi.

Poliklinikadagi sharoitlar, ish tartibi, "Ayollar maslahat xonasi", shuningdek, yangi texnologiya va jihozlar bilan ishlash jarayonlarini kuzatishdi.

Bu kabi tajriba almashish dasturi viloyat va tumanlardagi xotin-qizlar faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
👍6