Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.91K subscribers
39K photos
3.51K videos
20 files
9.97K links
Download Telegram
🇺🇿#Xabarlar

Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi
!

11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan Sergeli tumanidagi 300-maktabda yuqori sinf o‘quvchi qizlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori M. Abjalova hamda Sergeli tumani hokimligi vakili Sh. Alieva ishtirok etdi.

Tadbirda IT sohasining imkoniyatlari, to‘g‘ri yo‘nalish tanlash, kitobxonlik, ilmga intilish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotiga nomzod o‘quvchilar va tajribali ustozlar e’tirof etildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumani hokimligida ta'lim tizimiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun tuman hokimi Elbek Shukurov boshchiligida ta'lim tizimiga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri hamda umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida o'tgan davrda erishilgan yutuqlar, ta'lim sifati, tajribalarning samarasi, mavjud muammolar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularning yechimlariga qaratilgan muhokamalar o‘tkazildi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Sergeli tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Avaz Mamajonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan samimiy qutlanib, unga ezgu tilaklar bildirildi.

Yig‘ilishda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga shu kunga qadar 68-maktab direktori lavozimida faoliyat yuritgan Nuriddin Jabborov tayinlanganligi e’lon qilindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

6-maktabda “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Sergeli tumani "Nuroniylar jamg‘armasi" tomonidan 6-maktabda "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.
Tadbirda turli avlod vakillari ishtirok etib, yoshlarga o‘z hayotiy tajribalari, bilim va maslahatlarini ulashdi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Bunday tadbirlar avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, tajriba almashish va milliy qadriyatlarni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida sayyor qabul oldidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi


Bugun Sergeli tumani hokimligi binosida ommaviy sayyor qabul oldidan majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini samarali hal etish bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Umar Sapayevich Ismailov va Toshkent shahar Xalq qabulxonasi rahbari Tohir Oxunovich Mullajonov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda aholining turli yo‘nalishlardagi murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va tezkorlik bilan hal etish mexanizmlari muhokama qilindi. Har bir soha bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi va masalalarga tizimli yondashish kelishib olindi.

Ushbu yondashuv fuqarolar murojaatlarini tartibli ravishda ko‘rib chiqish va tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Keyingi lavhalarda sayyor qabul tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov "Sport a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

2025-yilgi "5 tashabbus olimpiadasi" ning ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov mamlakatda sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida ommalashtirish va ularga munosib sharoit yaratish borasidagi xizmatlari uchun "Sport a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Elbek Shukurov yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda ularga sharoit yaratish, qo‘llab-quvvatlash va sport infratuzilmasini rivojlantirishda lider rahbar sifatida faoliyat olib bormoqda.
Shu sababli, tuman bo‘ylab yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etilib, yuqori natijalarga erishilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

"Dilkash suhbatlar va yangi loyihalar: 2025-yilgi ilk suhbat"

Bugun Sergeli tuman "Nogironlar jamiyati" tomonidan ushbu loyihaning 5-yilligi uchun ilk soni tashkil etildi. Tadbirga yig'ilgan, dilidan turli mavzularda suhbat qilgan va konkurs jarayonlarini bir jamoa bo'lib bajarish uchun har doimgidek ijodkor mehmon-qahramonlar taklif etildi.

Kuni kecha nishonlangan "Xalqaro radio ijodkorlar" kasb bayrami munosabati bilan "Mahalla" radio kanali muharriri, Informatsion xabarlar dasturi va "Muqaddas maskan" dasturlari muallifi F. Mamirova, "Darg'alar" radio eshittirishining muallifi, ko'p qirrali jurnalist S. Xusanova hamda Yoshlar radio kanalining "Yoningdaman" eshittirish muallifi, jurnalist U. Xasanova loyihamizda ishtirok etdilar.

Dasturning fayzli o'tishida, doimo mazkur jamiyat bilan hamkorlik qilib, qulay imkoniyat yaratib beruvchi hamkorlarga jamiyat a'zolari minnatdorchilik bildiradi. Uchrashuvda barcha ishtirokchilar bilan samimiy suhbat olib borildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi”


“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlangan haftalikda Sergeli tumanida istiqomat qilayotgan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkent shahridagi filiali talabasi A.Abdugaffarovaning faoliyati va erishgan yutuqlaridan lavha.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar: Jamiyat rivojiga hissa qo‘shgan ayollar bilan uchrashuv


“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan Sergeli tumanidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi va Toshkent kasb-hunar va tibbiyot texnikumida Toshkent farmasevtika institutining farmakognoziya kafedrasi dotsenti, “Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyasi bo‘yicha “Yil ayoli” milliy tanlovining Toshkent shahar bosqichi ishtirokchisi Sh.Xalilova o‘z shogirdlari bilan birgalikda texnikum o‘quvchi qizlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish sohasidagi imkoniyatlar va shart-sharoitlar, dorivor va ziravor o‘simliklar turlari hamda ularni to‘g‘ri foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni ilm olish va yetuk kadr bo‘lib yetishishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida gapirildi. Uchrashuvda bo‘sh vaqtni unumli foydalanish, o‘z ustida ishlash, ko‘p kitob o‘qish, aniq maqsadlar qo‘yish va ularga erishish uchun kurashish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Sh.Xalilova, shuningdek, kiyinish madaniyati, salomatlikni saqlash, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik va erta turmush qurish va erta xomiladorlikdan saqlanish kabi masalalar bo‘yicha yosh qizlarga muhim maslahatlar berdi. Uchrashuvning maqsadi yoshlarni ilmga, salomatlikka va jamiyatda yetuk shaxs sifatida rivojlanishga chaqirish edi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumani yosh sportchisi Salimov Behruz xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Sergeli tumani 68-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-“B” sinf o‘quvchisi Salimov Behruz 2025-yil 9-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Fujairah shahrida bo‘lib o‘tgan “Fujairah Open” xalqaro musobaqasida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu yutuq nafaqat maktab jamoasi, balki butun O‘zbekiston uchun katta g‘urur va iftixordir. Behruzning bu muvaffaqiyati uning tinimsiz mehnati, sabr-qanoati va yuksak mahoratining natijasidir.

Salimov Behruzni ushbu ulkan g‘alaba bilan tabriklab, unga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.
Ushbu yutuq yosh avlod uchun ham katta ilhom manbai bo‘lib, ularni sportga va yuksak marralar sari intilishga undaydi.


✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati

Toshkent shahar, Sergeli tumani 68-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu davra suhbatining asosiy maqsadi – zamonaviy jamiyatda ayollarning ilm-fan va madaniyat sohasidagi o‘rnini yuksaltirish, yosh avlodni ilm olishga va intellektual rivojlanishga undashdan iborat bo‘ldi.

Tadbirga Toshkent shahar Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrining iste’dodli aktrisasi Masuda Otajonova taklif etildi. U o‘z hayot yo‘li, san’at va madaniyat sohasidagi faoliyati haqida o’quvchilar bilan qiziqarli suhbat qurdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash masalasi muhokama qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshqarma boshlig'i o'rinbosari A.G'aniyev, Davlat soliq qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari J.Muhammaddo'stov, Sergeli tumani hokimi birinchi o'rinbosari A.Jumaboyev va tuman iqtisodiy majmuasi tarkibiga kiruvchi tashkilot rahbarlari hamda mas’ullar ishtirokida muhokama tashkil etildi.

Unda Sergeli tumani bo‘yicha yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, xufiyona aylanmalar ko‘lamini keskin qisqartirish orqali 2025-yilda budjetga jalb qilinishi kutilayotgan qo‘shimcha manbalarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga ustuvor vazifalar yetkazildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Sessiya

Sergeli tumani hokimligida kuni kecha Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashining oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

📌 Chaqiriqda Sergeli tuman davlat soliq inspeksiyasining 2024-yil 12-oylik faoliyati to‘g‘risida hisoboti; Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Sergeli tumani bo‘linmasi, tuman Madaniyat bo'limining 2024-yildagi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar Sergeli tuman bo‘limi 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobotlar va boshqa tashkiliy masalalar ko’rib chiqildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Bugun poytaxtimizda ob-havo biroz o'zgaradi. Kunning asosiy qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechga borib havo sovib, yog‘ayotgan yomg‘ir asta-sekin qorga aylanishi mumkin. Ertalab esa shaharning ayrim hududlarida tuman tushishi ehtimoli bor, bu esa ko‘rinuvchanlikni pasaytirishi mumkin.

Shamol sharqiy yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamolning kuchayishi kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi 9-11 daraja atrofida iliq bo‘lib, kechasi esa harorat pasayib, nisbatan salqin ob-havo hukm surishi kutilmoqda.

💕Ob-havo qanday bo'lishidan qat'iy nazar, sizni xush kayfiyat tark etmasin! Kuningiz omadli o'tsin!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM