Biz – Giyohvandlikka qarshimiz!
Giyohvandlik -hozirgi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri –hisoblanadi.
Giyohvandlikning yetkazadigan zarari son-sanoqsiz. Unga mubtalo bo‘lgan kimsada avvalo o‘ziga va oilasiga nisbatan qiziqish qolmaydi.
Joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumani 301-umumtaʼlim maktabida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo'limi rahbari G.Xudayberganova, Tuman vrach-narkologi V.Davronov ishtirokida maktabning 9-11-sinf o'quvchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasb-hunarga jalb qilish maqsadida tumandagi «Madadkor» mahallasida "Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik" shiori ostida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbir tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Yarmarkada Toshkent shahridagi 12 ta tumandagi 24 mingta bo‘sh ish o‘rinlari bilan tuman bandlikka ko‘maklashish markazi hamda Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan 11-sonli Oilaviy poliklinika, "Barakat Alfa" MChJ, Sergeli tumani Obodonlashtirish boshqarmasi, "Uztex" MChJ, "Jetaur" avtosaloni, 10-sonli Oilaviy poliklinika kabi tashkilotlar jami 45 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
Natijada, 27 nafar xotin-qizga ishga joylashish va kasb-hunarga o‘qitish borasida yo‘llanmalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari mahalladagi ishlar bilan tanishdi
Sergeli tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari "Daryo bo‘yi" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati hamda 2025-yilda rejalashtirilgan ishlar bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi, kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar hamda ijtimoiy yordam mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" tadbiri samarali tashkil etilmoqda.
"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida Sergeli tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan Sergeli tumani aholisi o‘rtasi ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqotda xotin-qizlarga giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari haqida tushuntirish berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kommunal xizmat va BSK rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
Tuman hokimi o'rinbosari A.Ganiyev boshchiligida BSK rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda debitor qarzdorlik masalalari, BSKlarning ish faoliyati hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Yig‘ilish davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tuman yoshlari kamondan otish musobaqasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Bugun Toshkent shahrining barcha tumanlaridan saralangan 80 ga yaqin yoshlar o‘rtasida kamondan otish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada Sergeli tuman yoshlari ham faol ishtirok etib, yuqori mahorat va kuchli tayyorgarlik namoyish etdi. Natijada Sergeli tuman yoshlari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlandi. Bu kabi musobaqalar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy tayyorgarligi va kuch-g‘ayratini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergelida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi FHDYO bo‘limi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markaziga biriktirilgan mas’ul o‘qituvchilar bilan birgalikda 2025-yil yanvar oyida nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan navbatdagi yosh oila quruvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlarda Sergeli tumani FHDYO bo‘limi mudirasi D. radjabova, “Nuroniy” jamg‘armasi Sergeli tumani bo‘limi raisi S.Xanbabaev, tuman bosh otinoyisi M.Muxamedova, Abdulloh ibn zubayr jome masjidi imom noibi R.Asqaraliev, Sergeli tumani tibbiyot birlashmasi bosh ginekologi P.Koshkarova va psixolog G.Dusmuxamedova tomonidan yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma’naviy-ma’rifiy va diniy masalalarda darslar o‘tildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida yosh nikohlanuvchi shaxslarga baxtli va mustahkam oila barpo etish borasida reproduktiv salomatlik, ona va bolalikni muhofaza qilish, kitob o‘qish afzalliklari, o‘zaro hamda oila a’zolari o‘rtasidagi muomala va to‘g‘ri munosabat, ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan, oila qurish ostonasida turgan 24 juft yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida maktab o‘quvchilari davomatini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
Sergeli tumani bolalar masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga dars jarayonlariga qatnashmayotgan hamda muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar va ularning ota-onalariga voyaga yetmagan farzandlarini tarbiyalash hamda ularni majburiy ta’limga jalb qilish borasidagi majburiyatlari yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Yig‘ilish davomida ota-onalarga farzandlarining ta’lim jarayonida muntazam ishtirok etishining ahamiyati haqida batafsil tushuntirildi. Shuningdek, komissiya a’zolariga bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida bolalar huquqlarini himoya qilish, ta’lim sifati va davomatni ta’minlash masalalarida barcha mas’ul tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda ishlashi muhimligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM