Sergeli tumanida qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Sergeli tuman hokimligi majlislar zalida 2024-2025-yillar qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish, energetika, kommunal va ijtimoiy soha obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sektor rahbarlari, tegishli idoralar mas’ullari va kommunal xizmat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ijtimoiy obyektlarning isitish tizimlarini mavsumga tayyorlash, elektr va issiqlik ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Mas’ullarga favqulodda vaziyatlarda tezkor choralar ko‘rish uchun shtablar faoliyatini kuchaytirish va barcha xizmatlarni shay holatga keltirish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish: Sergeli tumanida amalga oshirilgan ishlar
2024-yil 7-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatda xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu qaror ijrosi doirasida Sergeli tumanida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, «Jo‘nariq» mahallasida tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan S. Umrzoqova hamda «Yuqori Darxon» mahallasida qandolatchilik bilan shug‘ullanayotgan M. Sharipovaning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganilib, ularga zarur ko‘mak va maslahatlar berildi. Ushbu faoliyatlar nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, balki hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham xizmat qilmoqda.
Shuningdek, tumandagi boshqa xotin-qizlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularga ko‘mak berish maqsadida turli seminarlar, moliyaviy ko‘mak dasturlari hamda malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. Bunday sa’y-harakatlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanidagi maktablarda ta’lim sifati va kitobxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazilmoqda
Bugun Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 7-sonli va 351-sonli umumta’lim maktablari hamkorligida ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarning bilim va ma’naviy kamolotini boyitishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida mehmonlar maktab hayoti, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ular maktab ma’muriyati, pedagoglar jamoasi va o‘quvchilar bilan muloqot qilib, kitobxonlik madaniyatini oshirishning ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Tashrif chog‘ida “Bilganlarimizning cheki bor, bilmaganlarimizning cheki yo‘q. Bilmagan narsalarimizni o‘qib o‘rganishimiz va o‘zaro tajriba almashishimiz kerak” degan fikrlar ustozlar va o‘quvchilar bilan ochiq muloqotda alohida ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida “Yangi O‘zbekiston – islom tamadduni va ilm-ma’rifat” mavzusida anjuman o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-noyabrdagi “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risidagi 196-sonli bayoni ijrosi doirasida, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining Sergeli tumani bo‘limi hamda Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti hamkorligida yirik ilmiy anjuman tashkil etildi.
“Yangi O‘zbekiston – islom tamadduni va ilm-ma’rifat” mavzusida o‘tkazilgan ushbu tadbirda tumandagi olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda Misrdan tashrif buyurgan yetakchi professor-olim Muhammad Mahmud ishtirok etdilar. Anjuman davomida islom tamadduni, ilm-ma’rifatning rivojlanishidagi o‘zbek olimlarining o‘rni va yangi O‘zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi taraqqiyoti keng muhokama qilindi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan universitet talabalari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanib, ularning ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga rag‘batlantirildi. Anjuman mahalliy va xalqaro miqyosdagi ilm-fan rivojiga xizmat qiluvchi muhim qadam sifatida baholandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kuz_qish
Sergeli tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik muhokama qilindi
Sergeli tumanida hokim Elbek Shukurov boshchiligida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident administratsiyasi mas'ul xodimi, tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimligi vakillari, shuningdek, tuman "Suv ta'minoti" MCHJ, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududgazta'minot" AJ tuman bo'limi rahbarlari va Boshqaruv servis kompaniyalari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Issiqlik tizimlarini barqaror ishlashini ta’minlash, gaz, suv va elektr ta’minoti uzluksizligini nazorat qilish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida barcha xizmatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hurmatli
Qubay-tepa MFY
Oltin Vodiy MFY
Yuqori Darxon MFY
Jo'nariq MFY
No'g'oyqo'rg'on MFYfuqarolari!
💡Sergeli tumanida mazkur mahallalarda Elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelganligi sababli, bugun 14-dekabr kuni vaqti-vaqti bilan tarmoqda uzilishlar bo'lishini ma'lum qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
"Xonobod-tepa"da sayyor qabul va tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Sayyor qabul davomida 20 dan ortiq fuqaroning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ushbu murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, tadbir doirasida 35 nafar fuqaro tibbiy koʻrikdan o‘tkazilib, ularga bepul dori-darmonlar yetkazib berildi. Bu tadbir fuqarolarning sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini samarali hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Zamonaviy yoshlar – taraqqiyot drayveri”: ilm-fan va innovatsiyalarga bag‘ishlangan uchrashuv
2024-yil 28-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 196-son bayoni ijrosi doirasida Sergeli tumanidagi 284-maktabda "Zamonaviy yoshlar – taraqqiyot drayveri" mavzusida ilm-fan va innovatsiyalarga bag‘ishlangan muhokama uchrashuvlari tashkil etildi. Tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sergeli tumani bo‘limi, tuman Yoshlar ishlari agentligi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlarning jamiyatdagi faolligi haqida so‘z yuritilib, yoshlarning bilim va iste’dodlarini rivojlantirishga oid muhim fikrlar bildirildi. Faol ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlar kitoblar bilan taqdirlanib, ularning ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiluvchi sovg‘alar topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiya davomida bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, Sergeli tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi tomonidan tumandagi qarovsiz qolgan hududni zahiraga olish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, Sergeli tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limining 2024-yilning 11 oylik faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Bundan tashqari, sessiya kun tartibida boshqa tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqilib, ularning ijrosi yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi.
Mazkur chaqiriqda deputatlar tomonidan muhokama qilingan masalalar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qor_tozlash_ishlari_davom_etmoqda
#BSK
#Mahalla
Tumanda qorli ob-havoda obodonlashtirish va xavfsizlik ishlari samarali tashkil etilmoqda
Tuman hokimligi fuqarolardan qishki mavsumda ehtiyotkorlikni oshirish hamda ijtimoiy tartib-qoidalarni rioya qilishni so‘raydi.
___
Районный хокимият призывает граждан быть осторожными в зимний период и соблюдать общественный порядок.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil yarmarkalari: Sifat nazorati va xavfsizlik kafolati
Yangi yil bayrami arafasida savdo yarmarkalari xaridorlar bilan gavjum. Bayram dasturxoni uchun savdoga qo‘yilgan oziq-ovqat mahsulotlarining xilma-xilligi va savdo rastalarining bayramona bezaklari har qanday xaridorning e’tiborini o‘ziga tortadi. Shu bilan birga, mahsulotlarni xarid qilishda ularning sifat kafolatlariga alohida e’tibor qaratish zarur.
Sergeli tumanida yangi yil bayrami arafasida tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalarida mahsulotlarning yorliqlari, saqlanish muddatlari va sifat kafolatlari sinchiklab nazorat qilinmoqda. Bayram kunlarini betalofat va osoyishta o‘tishini ta’minlash, aholi orasida ovqatdan zaharlanish va botulizm kasalliklarini oldini olish maqsadida savdolardagi oziq-ovqat mahsulotlarining iste’molga yaroqliligi bo‘yicha nazorat kuchaytirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun tuman hokimi Elbek Shukurov, administratsiya mas’ul xodimi, sektor rahbarlari boshchiligida Boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari va kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari rahbarlari ishtirokida tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha mavjud muammolar ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi. Mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Tumandagi aholi va infratuzilma ob’ektlarining qishki mavsumiga tayyorgarligini to‘liq ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya
Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha seminar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni ijrosini samarali tashkil etish va korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari hamda mahalla xotin-qizlar faollariga seminar o‘tkazildi.
Seminarda ishtirokchilarga korrupsiyani oldini olish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuvlarini bartaraf etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilib, ushbu huquqbuzarliklar sodir etilganda jazolanish muqarrarligi haqida ogohlantirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanining yoshlar yetakchilari e’tirof etildi!
🎉 Tumanimizda faoliyat yuritayotgan ikki nafar yoshlar yetakchisi "Toshkent yoshlarni sevadi" oyligi doirasida munosib taqdirlanib, chet elga sayohat hamda dam olish maskaniga yo'llanmaga ega bo‘ldi.
Tumanimiz yoshlar yetakchilarining muvaffaqiyatlari bilan barchani tabriklaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hurmatli
Sadoqat MFY
Eshonbuloq MFY
Sultonobod MFY
Xonobod MFY
Xonobod-tepa MFY
Nomdanak MFY
Ko'hna Qumariq MFY
Xontepa MFY
Izzatli MFY
Ziyolilar MFY
Keng makon MFY
Eski Jaloyir MFY fuqarolari!
💡Sergeli tumanida mazkur mahallalarda Elektr tarmoqlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 20-dekabr kuni soat 19:00 ga qadar uzilishlar bo'lishini ma'lum qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Bek va Lola" Multfilmi: Bolalar tarbiyasida yangi loyihalar amalda
2024-yil 5-noyabr kuni Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi rahbari O.Hasanov boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishning ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent shahar Sergeli tumani Ma'naviyat va Ma'rifat markazi tashabbusi bilan tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun "Bek va Lola" nomli milliy animatsion multfilmi namoyish etildi.
Mazkur multfilm milliy qadriyatlar asosida yaratilgan bo'lib, bolajonlarning ma'naviy tarbiyasini yuksaltirish, odob-axloq qoidalarini o'rgatish va ta'lim berishga qaratilgan. Shu munosabat bilan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ertalab badantarbiya mashg'ulotlari oldidan va kun davomida "O'zbek alifbosini o'rganamiz" nomli qismlar muntazam namoyish etilishi yo'lga qo'yildi.
Bu tashabbus bolajonlar tarbiyasini milliy ruhda rivojlantirish va ularning qiziqishlarini oshirishga qaratilgan samarali tadbir bo'ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limining yillik hisoboti
Sergeli tumanida oila va xotin-qizlar bo‘limining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan yillik hisoboti bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O'zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, adliya bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tijorat banklari, FHDYO bo‘limi vakillari, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, otinoyilar, imom-xatiblar hamda "Oqila ayollar" harakati a’zolari ishtirok etdi.
Tadbirda 2025-yilda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi rejalar kelishib olindi. Shu bilan birga, Daryo bo‘yi, Sug‘diyona, Xonobodtepa, Madadkor va Yuqori Darxon mahallalarining xotin-qizlar faollari o‘z tajribalari bo‘yicha taqdimot qildi.
Yig‘ilish yakunida tuman hokim o‘rinbosari va oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2025-yil uchun amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan murojaatnoma o‘qib eshittirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergelida mahallalarni rivojlantirishga oid yillik ishlar muhokama qilindi
Sergeli tumani Mahallani qoʻllab-quvvatlash Kengashi raisi Elbek Shukurov boshchiligida sektor rahbarlari, tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirokida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, aholi muammolarini hal qilish, ishsizlik va kambagʻallikni kamaytirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, migratsiyani nazorat qilish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan ishlashda erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar ham ko‘rib chiqildi.
Mahallani qoʻllab-quvvatlash Kengashi raisi Elbek Shukurov bu boradagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish, muammolarni imkon qadar mahalla darajasida hal qilish va aholining farovonligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.
Yig‘ilish yakunida 2025-yilga qaratilgan rejalar muhokama qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar zimmasiga tegishli topshiriqlar yuklatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM