Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.8K subscribers
37.9K photos
3.4K videos
20 files
9.56K links
Download Telegram
ТАДБИРКОРЛАРГА ТУШУНТИРИШЛАР БЕРИБ ЎТИЛДИ
Президентимизнинг 2019 йил 24 августдаги давлат хўжалик бошқаруви ҳамда маҳаллий ижроия ҳокимияти органларининг ишлаб чиқаришни маҳаллийлаштириш ва саноат тармоқларида кооперация алоқаларини жадаллаштиришнинг янги тизимини жорий этиш бўйича масъулиятини янада ошириш тўғрисидаги ПҚ-4426-сонли қарорида келтирилган вазифаларни тўлиқ амалга ошириш бўйича Сергели туман ҳокимининг биринчи ўринбосари Ҳ.Яркулов ва иқтисодиёт бўлим бошлиғи Р.Абдунабиевлар тумандаги "MODERN METALL" МЧЖ, "BEYAZ TRADE CROUP" МЧЖ, "MEGA MEBIKO" МЧЖ, "TECHNO SIRIUS" МЧЖлар фаолияти билан танишди.
Тумандаги саноат маҳсулотларини ишлаб чиқаришни маҳаллийлаштириш бўйича ягона тизим яратиш, тармоқ ва ҳудудларда ишлаб чиқаришни маҳаллийлаштириш жараёнларини жадаллаштириш, ишлаб чиқаришни қувватларидан тўлиқ ва самарали фойдаланиш орқали бутловчи буюмлар, эҳтиёт қисмлар ва материалларни ишлаб чиқаришни ўзлаштириш ҳамда саноатда кооперация алоқаларини кенгайтириш ва импорт ҳажмини оптималлаштириш мақсадида тадбиркорларга https://cooperation.uz сайтига ўз фаолиятлари ва маҳсулотлари ҳақидаги маълумотларни киритиш бўйича жойига чиқиб тушинтириш ишлари олиб борилди.
Сергели туман ҳокимлиги Матбуот хизмати
#tadbirkorlar
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти доирасида уларни давлатимизнинг юксак мукофотлари билан тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.

В рамках открытого диалога Президента Республики Узбекистан с предпринимателями состоялась церемония вручения им высоких государственных наград.

#Mirziyoyev #muloqot #tadbirkorlar #mukofot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Bayram_tabrigi #Tadbirkorlar_kuni

👁20-avgust yurtimizda Tadbirkorlar kuni!

Sergeli tumani hokim o'rinbosarining tadbirkorlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi.

HURMATLI TADBIRKORLAR!

Sergeli tuman hokimligi barchangizni kasb bayramingiz bilan muborakbod etadi! Ma'lumki Davlatimiz rahbari tomonidan sizlarning faoliyatingizni tubdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, yangidan yangi shart-sharoitlar yaratilmoqda. Yurtimiz kelajagi yuksalishida, xalqimizning farovonligi va ravnaqida sizning hissangiz beqiyosdir!

Kelgusi ishlaringizda yaratilgan imtiyozlardan foydalanib, qonun ustuvorligini ta'minlagan holda yanada rivojlanishingizga hamda faoliyatingiz davomida muvaffaqiyatlarga erishishingizga tilakdoshmiz!!!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Tadbirkorlar_kuni

G‘oya – Mehnat – Natija!

Mana shu uchta so‘z “tadbirkorlik”ning asl mohiyatini ifodalab beradi.

👁20-avgust – Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Bayram_tabrigi #Tadbirkorlar_kuni

🎆20-avgust yurtimizda Tadbirkorlar kuni!

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tadbirkorlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi.

HURMATLI TADBIRKORLAR!

Sergeli tuman hokimligi barchangizni kasb bayramingiz bilan muborakbod etadi!
Ma'lumki, davlatimiz rahbari tomonidan sizlarning faoliyatingizni tubdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, yangidan yangi shart-sharoitlar yaratilmoqda. Yurtimiz kelajagi yuksalishida, xalqimizning farovonligi va ravnaqida sizning hissangiz beqiyosdir!
Kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish, hammaga teng bo‘lgan biznes muhitini va zarur infratuzilma yaratish bo‘yicha boshlagan islohotlar qat’iy davom ettirilishi, davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish iqtisodiyotni isloh etishning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolishi, fuqarolar baxtli va to‘kin hayot kechirishiga ishoradir.

Tadbirkorlik to'g'risidagi qonun loyihasining qabul qilinishi esa tadbirkorlarning mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasiga e’tiborni qaratish va baholash, katta yutuqlarga erishgan, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal etishda faol ishtirok etayotgan ishbilarmonlarni aniqlash, ularni taqdirlash, aholini, ayniqsa, yoshlarni biznesga keng jalb qilishga xizmat qiladi. 20-avgust mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilinishi barobarida, Yangi O‘zbekistonning barpo etilishida tadbirkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini yanada yuksaltirish, jamiyatimizda tadbirkorlikni ommalashtirish hamda insofli tadbirkorlikni tizimli rag‘batlantirish imkonini beradi.

Zero, yurtimizda tadbirkor ko‘paysa xalq ham, davlat ham boy bo‘ladi, yangi-yangi ish o‘rinlari yaratiladi, jamiyat rivojlanadi, yurt taraqqiy etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM