Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.51K subscribers
41.6K photos
3.7K videos
20 files
10.7K links
Download Telegram
🇺🇿#Milliy_libos

Haftaning har jumasi "
Milliy liboslar kuni" etib belgilandi

Toshkent shahridagi barcha tuman hokimliklari hamda tashkilotlarda ushbu kunda xotin-qizlarning ish joylariga milliy liboslarda kelishi tavsiya etilmoqda.
Juma-milliy liboslar kunida mahallalarda, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ham xotin-qizlar o‘rtasida Milliy qadriyatlar kuni”, “Milliy liboslar kuni”ni uyushtirish, unda ko‘rik tanlov va musobaqalarni hamda milliy liboslar ko‘rgazmalarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb topildi.
Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshchiligida Abu Ali Ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida milliy qadriyatlar namoyishi o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchi qizlar tomonidan “kelin salom”, “alla”, “lapar”lar ijro etildi, milliy liboslar namoyish etildi.
Sergeli tumani hokim o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N.Jo‘rayeva tomonidan har bir xalqning o'ziga xos milliy qadriyati, urf-odati, an'anasi, tili, tarixi, madaniyati, ma'naviyati mavjudligi, xalqning milliy qadriyati millat uchun ahamiyatga ega bo'lgan etnik xususiyatlari va jihatlariga bevosita bog'liqligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Milliy_libos

Milliy kiyimlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’rifat soati o‘tkazildi

Bugun Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi xodimlari bilan hamkorlikda ma’rifat soati tashkil etildi. Tadbir davomida milliy kiyimlarni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Milliy_libos

Milliy libos - millat g'ururi!

Milliy liboslarimiz – bu nafaqat kiyim-kechak, balki ajdodlarimiz merosi, madaniyatimiz timsoli va iftixorimizdir. Har bir chakmoni, do'ppi yoki atlasu adrasdan tikilgan ko‘ylakda bobolarimizning ma’naviyati, an’analari va nafis zehni mujassam. Bugungi kunda milliy liboslarimiz nafaqat bayramlarda, balki kundalik hayotimizda ham o‘z o‘rnini topib bormoqda.

Tumandagi barcha korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarni, o'z madaniyatimizni qadrlash, uni kelajak avlodga yetkazish, millat sifatida yanada kuchli va barkamol bo'lishi yo'lida hamda milliy liboslarimizni faxr bilan kiyib, ulug‘ ajdodlarimizning an’analarini davom ettirishda birlashishga chorlaymiz!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM